Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   422
Bog'liq
True

Kurak-o‘mrov bo‘g‘imi (articulatio acromioclavicularis) akro-
mionning bo‘g‘im yuzasi bilan o‘mrov suyagi akromion bo‘g‘im 
yuza si o‘rtasida hosil bo‘ladi. U yassi bo‘g‘imlar turkumiga ki-
rib harakati che 
garalangan. Bo‘g‘im xaltasini ustidan akro-
mion-o‘mrov boylami mus tahkamlab turadi. Bundan tashqari bu 
bo‘g‘imni mustahkam 
lash da bo‘g‘imdan tashqarida joylashgan 
tumshuqsimon-o‘mrov boylami ham ishtirok etadi. Bu bo‘g‘imda 
boylamlar mustahkam bo‘lgani uchun harakati chegaralangan 
bo‘lib uch o‘q atrofida sodir bo‘ladi.
Qo‘lning erkin qismi suyaklarining birlashuvi
Yelka bo‘g‘imi (articulatio humeri) (44-rasm) yelka suya-
gi boshchasi va kurak suyagining bo‘g‘im chuqurchasi o‘rtasida 
hosil bo‘ladi. Yelka suyagining sharsimon bo‘g‘im yuzasi kurak 
suyagining bo‘g‘im chuqurchasiga mos kelmagani tufayli uning 
atrofini qo‘shimcha tog‘ay halqa lab
o‘raydi. Bu bo‘g‘im la-
bi kurakning bo‘ g‘im yuzasini chuqurlashtirib, yelka suyagining 
boshiga moslaydi. Bo‘g‘im xaltasi yupqa va keng bo‘lib, harakat 
vaqtida burmalar hosil qiladi. Uning yuqori qismi tum shuqsimon 
o‘simtadan boshlanib yelka suyagining anatomik bo‘ynining 


93
yuqo ri qismiga yopishgan tumshuqsimon-yelka boylami hisobiga 
qalinlashgan bo‘ladi.
Yelka bo‘g‘imining xaltasi o‘z atrofida joylashgan mushaklar 
payi tolasi hisobiga qalinlashadi. 
Yelka bo‘g‘imining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bo‘g‘im 
xaltasining ichida yelka ikki boshli mushagining uzun boshi payi 
o‘tadi. Bu bo‘g‘imni mustahkamlashda uning atrofida joylash-
gan yelka kamari mushaklari ishtirok etadi. Yelka bo‘g‘imi shakl 
jihatidan sharsimon bo‘g‘im turkumiga kiradi. Uning boylamla-
ri kam va bo‘g‘im xaltasi keng bo‘lgani uchun harakati erkin 
bo‘lib, uch o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Sagittal o‘q atrofida qo‘lni 
tanaga yaqinlashtirish va uzoq lashtirish; frontal o‘q atrofida bu-
kish va yozish; vertikal o‘q atrofida yelkani bilak va panja bilan 
birgalikda ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, aylanma 
harakat qilish mumkin.
Tirsak bo‘g‘imi (articulatio cubiti, 45-, 46-rasm) murakkab 
bo‘ g‘im hisoblanadi. Uning hosil bo‘lishida uchta suyak: yelka 
suyagining pastki uchi, bilak va tirsak suyaklarining yuqori uchi 
ishtirok etadi.
Bu bo‘g‘imda bitta umumiy bo‘g‘im xaltasi ichida uchta alohi-
da: yelka-tirsak, yelka-bilak va proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imla-
ri joylash gan bo‘ladi.
Yelka-tirsak bo‘g‘imi
yelka suyagi g‘altagi bilan tirsak suya-
gi g‘altak o‘ymasi o‘rtasida hosil bo‘ladi. Shakl jihatidan g‘altak-
simon bo‘g‘im hisoblanadi. Ammo g‘altakning o‘rtasidagi o‘yma-
cha bir tomonga qiyshayib turgani uchun bo‘g‘im yuzasi vintsi-
mon shaklni oladi. Bu bo‘ g‘imda harakat bir o‘q atrofida bo‘lib, 
tirsakni bukish va yozish mumkin.
Yelka-bilak bo‘g‘imi
yelka suyagi bosh-
chasi bilan bilak suyagi bosh chasidagi bo‘g‘im 
chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi. U shakl 
jihatidan sharsimon bo‘g‘im hisoblanadi. Bu 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling