Anatomiya 2014. indd
-rasm. O‘ng tirsak bo‘g‘imi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
45-rasm. O‘ng tirsak bo‘g‘imi.
Old tomondan ko‘rinishi: 1–bo‘g‘im xaltasi; 2–tirsak suyagi tomondagi kollateral boylam; 3–qiyshiq xorda; 4–tirsak suyagi; 5–bilak suyagi; 6–yelka ikki boshli mushagining payi; 7–bilak suyagining halqasimon boylami; 8–bilak suyagi tomondagi kollateral boylam; 9–yelka suyagi. 94 bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atrofida bo‘ladi. Frontal o‘q atrofi- da bukish va yozish, vertikal o‘q atrofida ichkariga va tashqari- ga burish mumkin. Proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi bilak suyagi boshchasining bo‘g‘im gir aylanasi bilan tirsak suyagining bilak kemtigi o‘rtasi- da hosil bo‘ladi. U shakl jihatidan silindrsimon bo‘g‘imlar guru- higa kiradi. Tirsak bo‘g‘imining xaltasi umumiy, keng va erkin bo‘ladi. U yelka suyagining do‘ng usti do‘mboqchalarini tashqarida qoldirib o‘rasa, bilak suyagini boshchasi va tirsak suyagini tirsak o‘simtasi qirrasidan o‘raydi. Bo‘g‘im xaltasi tashqi tomondan uchta: tirsak suyagi tomondagi kollateral, bilak suyagi tomondagi kollateral va bilak suyagining halqasimon boylamlari bilan mustahkamlanadi. Tirsak bo‘g‘imida asosiy harakat frontal o‘q atrofida bo‘lib, bi- lakni bukish va yozishda yelka-tirsak hamda yelka-bilak bo‘g‘imla- ri ishtirok etadi. Bilak suyagining bo‘ylama o‘qi proksimal bilak- tirsak bo‘g‘imida bilakni ichkariga va tashqariga burishda ishti- rok etadi. Bilak suyaklari o‘zaro uzluksiz va uzlukli birlashmalar hosil qilib birlashadi (46-rasm). Uzluksiz birlashma bilak va tirsak su yak larining suyaklararo qirralari o‘rtasida tortilgan suyaklararo pardadan iborat bo‘lib, suyaklar diafizini birlashtirib turadi. Bu pardaning ust ki va past- ki qismlarida qon tomirlar o‘tadigan teshiklar bor. Bilak suyaklari o‘rtasidagi uz lukli birlashmalarga proksimal va distal bilak-tirsak bo‘g‘imlari kiradi. Proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi tirsak bo‘g‘imi tar- kibida joylashadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling