Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Katta boldir suyagining (tibia, 51-rasm) tanasi va ikki uchi tafovut qilinadi. Uning yuqori (proksimal) uchi kengaygan bo‘lib, medial va lateral do‘nglik 51-rasm. O‘ng katta va kichik boldir suyaklari: 1–do‘nglararo tepalik; 2–katta boldir suyagining medial do‘ngligi; 3–katta boldir suyagining g‘adir-buduri; 4–katta boldir suyagi; 5–oldingi qirra; 6–medial to‘piq; 7–pastki bo‘g‘im yuzasi; 8–lateral to‘piq; 9–suyaklararo qirra; 10–kichik boldir suyagi; 11–kichik boldir suyagining boshchasi; 12–kichik boldir suyagi boshchasining uchi; 13–katta boldir suyagining lateral do‘ngligi. 102 bor. Bu do‘ngliklarning ustki tomonida son suyagini pastki uchi bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi botiqroq yuqorigi bo‘g‘im yuzasi joy- lashgan. Katta boldir suyagining do‘ngliklarining bo‘g‘im yuza- si o‘zaro do‘nglararo tepalik bilan ajralgan. Bu tepalik do‘nglar orasidagi medial va lateral do‘mboq chalarga bo‘linadi. Do‘ngla- raro tepalikning oldida do‘nglar orasidagi oldingi maydon, orqa- sida esa do‘nglar orasidagi orqa maydon bor. Tash qi do‘nglikning lateral tomonida biroz orqaroqda kichik boldir suyagi birlasha- digan kichik boldir bo‘g‘im yuzasi joylashgan. Katta boldir suya- gining tanasi uch qirrali. Oldingi qirrasi o‘tkir bo‘lib, teri ostida bilinib turadi. U yuqori tomonda kengayib, sonning to‘rt boshli mushagi birikadigan katta boldir suyagi g‘adir-budurini hosil qi- ladi. Medial qirra biroz to‘mtoq. Lateral qirra kichik boldir suya- giga qaragani uchun suyaklararo qirra deyiladi. Katta boldir suya- gini uchta yuza si tafovut qilinadi. Medial yuzasi silliq, bevosita teri ostida joy lashgan. Lateral yuza va orqa yuzasi mushaklar bi- lan qoplan gan. Orqa yuzasida lateral do‘nglikning orqa chekka- sidan pastga va ichkariga qiya yo‘nalgan kambalasimon mushak chizig‘i o‘tib, un dan shu nomli mushak bosh lanadi. Bu chiziqdan pastroqda oziqlantiruvchi teshik bor. Katta boldir suyagining pastki (distal) uchi kengaygan va to‘rt burchak shaklda. Katta boldir suyagi pastki uchini lateral tomoni- da kichik boldir suyagi bilan birlashishi uchun kichik boldir kem- tigi; medial tomonida ichki to‘piq bo‘lib, uning orqasida orqa kat- ta boldir mushagi payi o‘tadigan to‘piq egati bor. Medial to‘piqni tashqi tomonida medial to‘piq bo‘g‘im yuzasi joylashgan, u bur- chak hosil qilib pastki bo‘g‘im yuzasiga o‘tadi. Bu yuzalar oshiq suyak bilan bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling