Anatomiya 2014. indd
hosil bo‘la- di. Pastga tomon ikkala plastinka o‘zaro qanotsimon kemtik
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 65-rasm. O‘ng chakka suyagi. Tashqi yuzasi
hosil bo‘la-
di. Pastga tomon ikkala plastinka o‘zaro qanotsimon kemtik bi- lan ajralgan. Qanotsimon o‘simtaning medial plastinkasi nisbatan ingichka va uzunroq bo‘lib, uchida ilmoqsimon o‘simtasi bor. Chakka suyagi (os temporale) bir juft bo‘lib (65-, 66-rasm), murakkab tuzilgan. U kallaning yon devori va asosini hosil qilish- da ish tirok etadi, ichida eshituv va muvozanat a’zosi joylashgan. Chakka suyagi ensa, tepa suyakka qaragan va ponasimon suyak- ka qaragan qirralar vositasida qo‘shni suyaklar bilan birlashadi. U old tomondan ponasimon, yuqoridan tepa va orqadan ensa suyaklari o‘rtasida joylashib, pastki jag‘ suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Chakka suyagi to‘rt: palla, nog‘ora, piramida yoki toshsi- mon qism va so‘rg‘ichsimon o‘simtadan iborat. Bular o‘zaro biri- kib tashqi eshituv yo‘lagini hosil qiladi. Chakka suyagining palla qismi tashqariga qavargan plastinka bo‘lib, yuqori chekkasi tepa suyagi va ponasimon suyakning kat- ta qanoti bilan tangasimon chok hosil qilib birikadi. Uning tash- qi yuza si silliq bo‘lib, chakka chuqurchasining hosil bo‘lishida 65-rasm. O‘ng chakka suyagi. Tashqi yuzasi: 1–tepa suyagiga qaragan qirra; 2–tan- ga qismi; 3–ponasimon suyakka qa- ragan qirra; 4–yonoq o‘simtasi; 5–bo‘g‘im do‘mboqchasi; 6–pastki jag‘ chuqurchasi; 7–toshsimon-palla yorig‘i; 8–toshsimon-nog‘ora yorig‘i; 9–nog‘ora qismi; 10–bigizsimon o‘si- qcha; 11–tashqi eshituv yo‘lagi; 12–so‘rg‘ichsimon o‘simta; 13–nog‘ora-so‘rg‘ichsimon yorig‘i; 14–so‘rg‘ichsimon o‘simta kemtigi;15–so‘rg‘ichsimon o‘simta teshigi; 16–yo‘l ustidagi o‘tkir o‘siqcha; 17–tepa suyak kemtigi; 18–o‘rta chakka arteriyasining egati. 124 ish tirok etadi. Bu yuzada verti- kal yo‘nalgan o‘rta chakka arte- riyasi egati bor. Pallaning tashqi yuza sidan tashqi eshituv yo‘lagi- dan yuqori va oldiroqdan y onoq o‘sim tasi chiqadi. U oldinga to- mon yo‘nalib, yonoq suyagi o‘sim tasi bilan birikadi va yonoq ravog‘ini hosil qiladi. Bu o‘simta asosida pastki jag‘ suyagi do‘ngli o‘siqchasi bilan birlashadigan pastki jag‘ chuqurchasi joylash- gan. Uni old tomondan bo‘g‘im do‘mboq chasi chegaralab turadi. Pallaning miyaga qaragan yuza- sida barmoqsimon botmalar va miya qattiq pardasi o‘rta arte- riyasi egati joylashgan. Chakka suyagining nog‘ora qismi uncha katta bo‘lmagan, tar- novsimon egilgan plastinka bo‘lib, tashqi eshituv teshigini old, orqa va past tomondan o‘rab turadi. Bu teshik tashqi eshituv yo‘lagiga da- vom etib nog‘ora bo‘shlig‘igacha boradi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining la- teral devorini hosil qilgan nog‘ora qismi orqa tomonda nog‘ora- so‘rg‘ichsimon yori g‘i vositasi- da so‘rg‘ichsimon o‘simta bilan qo‘shiladi. Eshituv yo‘lini old tomonida nog‘ora qismi nog‘ora- palla yorig‘ini hosil qilib palla bilan, tosh-nog‘ora yori g‘i vositasi- da tosh qismi bilan birikadi. Chakka suyagining piramidasi uch qirrali piramida shaklida bo‘lib, suyak moddasining qattiqligi uchun tosh qismi deb ata- ladi. Uning ichida eshituv-muvozanat a’zosi joylashgan. Bu qism kallada gorizontal yotadi, asosi orqaga va lateral tomonga qara- gan bo‘lib, so‘rg‘ichsimon o‘simtaga o‘tib ketadi. Piramidaning uchi erkin, oldinga va medial tomonga qaragan. Unda uchta yu- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling