Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘z kosasi
74-rasm. O‘ng ko‘z kosasi.
Old tomondan ko‘rinishi: 1–ko‘z kosasining ustki yorig‘i; 2–ko‘ruv nervi kanali; 3–ko‘z kosasining ustki qirrasi; 4–ko‘z kosasining yuqorigi devori; 5–ko‘z kosasi usti teshigi; 6–galvirsimon suyakning ko‘z kosa- si plastinkasi; 7–ko‘z yoshi suyagi; 8–ko‘z yoshi xaltasining chuqurchasi; 9–ustki jag‘ suyagining peshona osig‘i; 10–ko‘z kosasining ostki egati; 11–ko‘z kosasi ning ostki kanali; 12–ko‘z kosasi ostki qirrasi; 13–ko‘z kosasining ostki yori g‘i; 14–yonoq suyagi; 15–lateral devori; 16–katta qanotning ko‘z kosasi yuzasi. va qattiq tanglaydan hosil bo‘ladi. Bu qismda o‘rta va ko‘ndalang tanglay chok lari, kurak tish lari sohasidagi kanal, katta va kichik tanglay kanallari joylashgan. Kalla asosining o‘rta qismi qattiq tanglayning orqa chekkasi- dan katta teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi. Bu so- hada oval, o‘tkir qirrali, yirtiq teshik, pastki jag‘ chuqurchasi, bo‘g‘im do‘mboq chasi, uyqu kanalining tashqi teshigi, mushak- nay kanali, bo‘yinturuq chuqurchasi va teshigi, halqum do‘mboq- chasi, bigizsimon o‘siqcha, bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik, tash qi eshituv yo‘lagi joylash gan. Kalla tashqi asosining orqa qismi katta teshikning oldingi chekkasidan yuqorigi ensa chizig‘igacha boradi. Unda ensa suya- gining do‘ngi, do‘ng chuqurchasi va teshigi, til osti nervi kana- li, so‘rg‘ichsimon o‘simta, so‘rg‘ichsimon o‘yma, ensa arteriyasi egati, ensa suyagining tashqi do‘ngligi, ensaning yuqorigi va past- ki bo‘yin chiziqlari joylashgan. Kallaning old tomondan qaraganda ko‘z kosasi, burun bo‘sh- lig‘i ko‘rinadi. Ko‘z kosasi (orbita) bir juft bo‘lib, unda ko‘ruv a’zosi joyla- shadi. U to‘rt tomonli piramida shaklida (74-rasm). Uning asosi tashqariga va oldinga qaragan bo‘lib, ko‘z kosasiga kirish teshigi- ni hosil qiladi. Uchi orqaga va ichkariga yo‘nalgan, undan ko‘ruv nervi kanali o‘tadi. Ko‘z kosasining to‘rtta: ustki, pastki, medial va lateral devori bor. Ustki devori gorizontal joylashgan bo‘lib, biroz qavariq va silliq. Uni peshona suyagining ko‘z kosasi qismi va ponasimon suyakning kichik qanotlari hosil qiladi. Bu devor bilan lateral de- vor о‘rtasida ko‘z yoshi bezining chuqurchasi joylashgan. Ustki 137 devorning medial chekkasida g‘altak chuqurchasi, uning yonida ko‘pincha, g‘altak o‘simtasi uchraydi. Medial devori sagittal joylashgan. Uni ustki jag‘ suyagining pe shona o‘sig‘i, ko‘z yoshi suyagi, g‘alvirsimon suyakning ko‘z plastinkasi, ponasimon suyak tanasi va peshona suyagining ko‘z kosasi qismi hosil qiladi. Bu devorning oldingi qismida ko‘z yoshi xaltasining chuqurchasi joylashgan. Pastga tomon bu chuqurcha burun-ko‘z yoshi kanaliga o‘tadi va pastki burun yo‘liga ochila- di. Ko‘z yoshi xaltasining chuqurchasidan orqaroqda medial de- vorning yuqori qismida ikkita: oldingi va orqa g‘alvirsimon teshik Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling