Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash


Harakat a'zolari haqida ma'lumotga ega bo'lish


Download 32.4 Kb.
bet4/16
Sana26.12.2021
Hajmi32.4 Kb.
#183115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
анатомия

Harakat a'zolari haqida ma'lumotga ega bo'lish

Tana shaklini  ushlab turuvchi  skelit, bog’lovchi  to’qimalar  tuzilmasida bog’langan suyaksimon va tog’ay elementlardan shakllanadi. Uning qismlari skelet muskullari yordamida  harakatlantiriladi yoki mahsus holat  va vaziyatda ushlab turiladi. Keng qamrovli harakatlanish tizimi atamasi o’z ichiga sklet va muskullarni oladi. Passiv harakatlanish tizimi skletlar  va ularning  birlashmalaridan iborat bo’lsa , active harakatlanish tizimi o’z ichiga Poyalar va ularning qo’shimcha tuzilmalarini (poya g’iloflari,kesmasimon suyaklar)oladi O’zlarining ushlab turish vazifasidan tashqari, skelet elementlari va ularning  birlashmalari muskullarga harakat davomida tayanch sifatida hizmat qiladi sklet elementlari, birlashmalari va muskullari birgalikda harakatlanish organlarini hosil qiladi .  Shu bilan birga sklet elementlari organlar sistemasini himoya qilish vazifasini ham bajaradi (bosh suyagi,umurtqa kanali, ko’krak qafasi).

Suyaklar.Suyak skleti suyaklarning turli tuzilmalari va shakilaridan iborat.Katta yoshli odamda sklet  200 ta alohida suyaklardan tashkil topgan Ular tig’ay, tolali va synovial birlashmalar orqali bog’langan. Har bir suyak, tog’ay birlashma  yuzalar va joylar qayi yumshoq paylar birikkan, birlashtiruvchi to’qima g’ilofi bilan o’ralgan xuddi paypoq kabi.

Har bir suyak shakli genetic yo’l bilan aniqlanadi lekin uning tuzilishi unga qoyiladigan mehanik talabning kengligi va turiga bog’liq. Tashqi ko’rinishga ko’ra suyaklar uzun, qisqa, tekis, va qiyshiq suyaklarga ajratiladi. Uzun suyaklarga misol tariqasida  (naysimon suyaklar) bir-biridan erkin bilak  to’piqdan tashqari suyaklar olinadi.Uzun suyaklar har bir yakunida diofiz va epifizdaniborat bo’ladi.O’sish mobaynida har bir dioepifiz va shunga mansub epifiz epifizsimon to’g’aylar yordamida ajratiladi. Qisqa suyaklar  kubsimon shakldagi suyaklar bilak va to’piq suyaklarni o’z ichiga oladi.

Uzun suyaklarning ichida sariq ilik saqlanadi. Ba`zi suyaklarning ichi kovak bo’lib,   bu   ularnnng pishiqligini va Yengilligini ta`minlaydi. Buni oddiy qilib tushuntirish uchun ikkita bir xil qog’oz olib, birining ichi bo’sh, ikkinchisining ichi zich qilib o’raladn va yuk yordamila ularning pishiqligi sinab ko’riladi. Bunda, albatta, zich qilib  o’ralgan qog’oz  pishiq ekanligi ma`lum bo’ladi. Suyaklarnin ustki qismi pishiq biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan suyak ustligi bilan qoplangan bo’lib, undan suyaklarga qon tomirlari va nervlar o’tadi.  Bular  suyaklarning oziqlanishida va o’sishida katta ahamiyatga ega.

Suyakning ximiyaviy tarkibi. Suyak organik va anorganik moddalardan tuzilgan. Anorganik moddalarga:   kaltsiy, fosfor,   magniyli va boshqa mineral tuzlar kiradi. Suyak anorganik      moddasining   95%ni  kaltsiyli tuzlar tashkil qiladi.  Suyak tarkibida ossein va osseomukoid  degan   organik   modda   bo’lib, ular tufayli suyak elastiklik xususiyatiga ega. Quritilgan   va  yog’sizlantirilgansuyaklarning 70%ni  mineral   tuzlar,   30%ni  organik moddalar tashkil qiladi.  Organik va anorganik moddalar aralashmasi  suyakning   pishiqligini ta`minlaydi.   Suyakning   pishiqligi   misning qattiqligiga   yaqin.  Masalan, ko’ndalang qoyilgan son suyagi 1200 kg, tik boldir suyagi 1650 kg yuk ko’taradi. Suyak tarkibida    ximiyaviy moddalar  borligini kuzatish uchun ingichka suyak 10—15% li sulfat kislotaga tushirilsa, tuzlar erib ketib, organik qism qoladi. Bunday suyak rezina kabi  elastik bo’lib qoladi. Agar suyak kuydirilsa, organik moddasi yonib, anorganik qismi qoladi. Bunday suyak mo’rt bo’ladi. Yosh organizmning suyaklarida organik moddalar ko’p bo’ladi, yosh oshgan sari anorganik moddalar ortib, organik moddalar kamayib boradi.

Skeletda xilma-xil funktsiya bajaradigan: uzun naysimon suyaklar, kalta suyaklar, yassi suyaklar va aralash suyaklar bo’ladi.


Download 32.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling