Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
- Bu sahifa navigatsiya:
- (10-rasm).
Orqa
muskullariga trapetsiyasimon muskul, orqaning keng muskuli, rombsimon muskullar,
kurakni yuqoriga ko‘taruvchi muskul, orqaning yuqori va pastki tishsimon, umurtqa pog‘onasini tiklov- chi muskullar kiradi (9-rasm). Bo‘yin muskullari bo‘yinning old va yon tomonida, kalla bi- lan gavda o‘rtasida joylashgan. Bo‘yinning orqa tomoni – ensa qismida joylashgan muskullar orqa muskullariga mansub, shuning uchun ular orqa muskullari bilan birga o‘rganiladi. Bo‘yin muskul- lari uzun bo‘lib, orqadagi muskullar bilan chaynash muskullarining antagonisti hisoblanadi. Bo‘yin muskullari yuza, bo‘yinning old to- monida joylash gan, yon tomonida joylashgan va chuqur muskul- larga bo‘linadi. Bo‘yinning yuza muskullari ter osti va to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskullaridan iborat (10-rasm). Bo‘yinning yon tomonida joylashgan muskullar 2 guruhga: til osti suyagi ustida joylashgan muskullar va til osti suyagi tagida joylashgan muskullar- ga bo‘linadi. Bu mus kullar boshlanish va birikish joyiga qarab nom- lanadi. Til osti suyagi ustidagi muskullarga 2 qorinli muskul, til osti pastki jag‘ muskuli, til osti bigizsimon o‘simtasi orasidagi muskul va til osti engak mus kullari kiradi. Til osti suyagi tagidagi muskul- lar to‘sh-til osti muskuli, kurak-til osti muskuli, to‘sh-qalqonsimon muskuli va qalqonsimon til osti muskullaridan iborat. Til osti suyagi ustida va tagida joylash gan muskullar qisqarganda hiqildoq harakat- lanadi, yutish, so‘rish va so‘zlash funksiyalari bajariladi. Bo‘yinning yon tomonida narvonsimon muskullar joylashgan. Bu muskul bo‘yin umurtqalarining yon o‘simtalaridan ketma-ket- likda boshlanib, birinchi va ikkinchi qovurg‘alarga birikadi, qisqa- rganda bo‘yin bukiladi va nafas olishda qatnashadi. Bo‘yinning chuqur muskullari bo‘yin umurtqalari tanasiga yopishgan. Ularga boshning, bo‘yinning uzun muskullari va boshning oldingi, chetki to‘g‘ri mus kullari kiradi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling