Anatomiyadan amaliy
Taqim - boldir kanali (Canalis poplitea cruralis)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Taqim - boldir kanali (Canalis poplitea cruralis). Bu kanal asosan boldirning orqa tomonidagi boldir mushagi bilan chuqur mushaklar orasida hosil bo’lib, uning 4 ta devori va 3 ta teshigi tafovut qilinadi. Devorlari: oldindan - katta boldir orqa mushagi, orqadan - kambalasimon mushagi tashkaridan - bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak va orqadan - barmoqlarni bukuvchi uzun mushak.
Kanalga olib kiruvchi teshik orqadan, kambalasimon mushakni payli yoyi, oldindan - taqim osti mushaklari oralarida hosil bo’ladi. Bu teshikka tizza osti chuqurchasidan katta boldir nervi bilan taqim arteriyasi kirib keladi va undan taqim venasi chiqadi. Bu erda taqim arteriyasi oldingi va orqa katta boldir arteriyalariga bo’linadi. Orqa katta boldir arteriyasi kanalda qoladi. Oldingisi suyaklararo pardani teshib, boldirning oldingi yuzasiga o’tadi. Shunday qilib, arteriya chiqqan suyaklararo pardadagi teshik kanalning oldingi teshigi hisoblanadi. Ikkinchi (pastki) teshigi Axill payi bilan katta boldir orqa mushagi orasida bo’lib, undan katta boldir orqa qon tomirlari bilan katta boldir nervi chiqib, medial to’piqning orqasiga o’tadi. Kanalning yuqori yarmida nervdan tashqarida ikkinchi, yana bitta arteriya - kichik boldir arteriyasi (a. peronea) yotadi. U katta boldir orqa arteriyasidan chiqib, tashqi tomonga - bosh barmoqni bukuvchi uzun mushakning orqasiga o’tadi va shu mushak bilan kichik boldir suyagining orasida - kichik boldir kanalida (canalis musculoperoneus inferior) yotadi. So’ngra orqa mushaklararo to’siqni teshib, tashqi fassial g’ilofga o’tadi. Boldirning orqa yuzasidagi barcha mushaklar katta boldir nervi bilan innervatsiyalanadi. U jarohatlansa, oyoq panjasi yozilgan holatda (yozuvchi antagonist mushaklarning tortishishi natijasida) bo’ladi va kasal butun oyoq panjasini bosa olmasdan, faqat tovoniga bosadi. Bunday hodisaga tovon panja (pes calcaneus) deyiladi. Boldir orqa sohasining chuqur yog’ to’qima qavatlari, tizza osti yog’ to’qimalari bilan, medial to’piqning kanali orqali - oyoq panjasining chuqur yog’ to’qimalari bilan va taqim-boldir kanalining oldingi teshigi orqali - boldirning oldingi sohasidagi yog’ to’qimalari bilan aloqa qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling