Anavar obidjon ustozlar e’tirofida reja a


ANVAR OBIDJON TANLANGAN SHE’RLAR


Download 1.91 Mb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1411403
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ANAVAR OBIDJON

ANVAR OBIDJON TANLANGAN SHE’RLAR

Kipriging nega nam. . .

 

Qaysidir

Betayin devona

Aljirab zahrini sochdimi,

Kuymanib biron sho‘r peshona

Senga dil hasratin ochdimi,

Kipriging nega nam,

Jonginam?

 

Qoldingmi do‘stlarsiz dildirab,

O‘chdimi isingan gulxaning,

Chaqindek yoki bir yiltirab,

Aldatib ketdimi sevganing,

Kipriging nega nam,

Jonginam?

 


Ko‘rib yo to‘zg‘igan gullarni,
Hislaring keldimi junbushga,
Varaqlab yo «O‘tkan kunlar»ni,
Azador bo‘ldingmi kumushga,
Kipriging nega nam,
Jonginam?
Yo hazin boqdimi suratdan
Bosqinchi yenggan yurt askari,
Xayolan bo‘ldingmi bevatan,
To‘ldirib tutqunlar saflarin,
Kipriging nega nam,
Jonginam?
Emasmiz shunchaki tirik jon,
Eng oliy ong mavjud odamda
Va bizda bor ekan to vijdon,
Yig‘lash-chun sabab ko‘p olamda. . .
Kipriging nega nam,
Jonginam?
1979

ANVAR OBIDJON TANLANGAN SHE’RLAR

Qodiriyni eslab

 

Ruhingizga sig‘inganim choq,

His qilaman o‘zimni ruhsiz.

Do‘st qalbida tiriksiz,

Biroq —

G‘anim uchun olamda yo‘qsiz.

 

Arvohingiz baxtli otadek

Yurtga boqsin

Bugun shod bo‘lib.

Yurtda minglab Anvar, Otabek

Ulg‘aymoqda temirzot bo‘lib.

 


So‘ngach,
Yana chaqnaydi chaqmoq,
Fazo borki, yog‘du hamnafas.
Omon bo‘lsa el, ona tuproq,
Siz oxirgi Abdulla emas.
Zotan
Mangu Zamin va Hayot,
Abadiydir Nur va Haqiqat.
Abadiydir Qalb va E’tiqod,
Abadiydir Vatan va Millat!
1982

ANVAR OBIDJON TANLANGAN SHE’RLAR

Qaytish

 

So‘lg‘in g‘uncha edim men,

Sizni ko‘rib ochildim.


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling