Andijon 2016 Aka-uka Lyular (Xitoy xalq ertagi)


Download 152.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.12.2017
Hajmi152.56 Kb.
#22046

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Andijon - 2016 



Aka-uka Lyular (Xitoy xalq ertagi) 

 

Qadim-qadim  zamonlarda  dengiz  bo'yida  Lyu 



ismli beshta aka-uka yashagan ekan. Aka-ukalar 

bir-birlariga 

shunchalar 

o'xshash 

ekan-ki, 

gohida ularni hatto onalari ham ajratolmay qolar 

ekan. Aka-ukalarning o'zlariga xos qobiliyatlari 

bor ekan. Lyu Birinchi dengizni bir tomchi ham 

qoldirmay  sipqorib  yubora  olar  ekan.  U  kerak 

bo'lsa dengiz suvini yana awalgi holiga qaytarar 

ekan.  Lyu  Ikkinchi  olovdan  zarracha  cho'chimas  ekan.  Lyu  Uchinchi 

oyoqlarini  istagan  joyga  yetkaza  olarkan.  Lyu  To'rtinchining  a'zoi-badani 

temirdan ham qattiq ekan. Kenjatoy Lyu Beshinchi bo'lsa, jami parranda-yu 

darrandalaming tilini bilar ekan. 

Kunlardan  bir  kuni  aka-ukalar  yashayotgan  joyga  bos-qinchi  bir 

hukmdor kelibdi. U o'rmon chetida poda boqib yurgan cho'pon bolani ko'rib 

qolibdi. Cho'pon  Lyu  Beshinchi  ekan.  O'sha paytda uning  yonginasida  tog" 

kiyigi  uxlab  yotgan  ekan.  Hukmdor kamon  bilan kiyikni  otmoqchi  bo'Iibdi. 

Buni  sezgan  Lyu:  —  «Kiyikjon,  o'zing-ni  chtiyot  qil!»  —  deb  qichqirib 

jonivomi xavfdan ogoh qilibdi. Kiyik shu zahoti o'rmonga kirib yashirinibdi. 

Lyu Beshinchining bu ishidan g'azablangan hukmdor uni och yo'lbars yotgan 

qafasga  tashlashlarini  buyuribdi.  Hukmdorning  xizmatkorlari  Lyuni qafasga 

tashlabdilar.  Hayvon-lar  tilini  biladigan  bolakay  yo'lbars  bilan  tezda  til 

topishibdi.  Yo'lbars  unga  tirnoqcha  ham  ozor  bermabdi.  Bu  holdan 

g'azablangan  hukmdor  Lyu  Beshinchining  boshini  kesishga  farmon  beribdi. 

Bu farmon ertasi kuni tongda ijro etiladigan bo'Iibdi. Tutqinlikda yotgan Lyu 

Beshinchining  oldiga  yarim  tunda  akasi  —  Lyu  To'rtinchi  kelibdi.  U  hech 

kimga sezdirmay ukasini qafasdan chiqarib yuboribdi. Qorovullar aka-ukalar 

bir-birlariga  nihoyatda  o'xshash  bo'lganliklari  uchun  hech  narsaning  farqiga 

borishmabdi. 

         Erta tongda Lyu To'rtinchining boshini tanasi-dan judo qilish uchun uni 

shahardagi eng katta maydonga olib kelibdilar. Jallodning og'ir, o'tkir qilichi 

Lyuning  temirdek  qattiq  bo'yniga  zarb  bilan  tushibdi-yu,  parcha-parcha 

bo'lib sinib ketibdi. Bundan hukmdorning rosa jahli chiqib, maxbusni baland 

cho'qqidan  yerga  tashlashga  amr  etibdi.  Yarim  kecha  —  hamma  uxlagan 

paytda  qamoqxonaga  Lyu  Uchinchi  kirib  kelibdi-da,  ukasini  ozodlikka 

chiqarib yuboribdi. Tongda jallodlar Lyu Uchinchini cho'qqidan pastga tash-

lashibdi.  Lyuning  biron  yeri  lat  yemay  yerga  soppa-sog'  tushibdi. 

Achchiqlanganidan  hukmdorning  yuzi  ko'karib  ketibdi.  U  qasoskor  Lyuni 

endi  o'tda  kuydirmoqchi  bo'Iibdi.  Lyu  Uchinchiningo'rnini  olovdan 

qo'rqmaydigan  Lyu  Ikkinchi  egallabdi.  Lyu  Ikkinchini  o'tga  tashlabdilar. 


G'o'lalar yonib tugabdi hamki, Lyu Ikkinchi kuymas emish. Hukmdor o'ylab-

o'ylab  Lyu  Ikkinchini  dengizga  cho'ktir-moqchi  bo'Iibdi.  Har  galgidek  bu 

safar ham qorovullar payqamaydigan voqea sodir bo'Iibdi. Lyu Ikkinchining 

o'rniga Lyu Birinchi borib, uni qamoqdan chiqarib yuboribdi. 

Ertasi  kuni  hukmdor  amaldorlari  bilan  uni  kemaga  olib  chiqibdilar. 

Kema  dengizning  o'rtasiga  suzib  borgach,  Lyu  Birinchining  bo'yniga  og'ir 

tosh bog'-lashib, uni dengizning eng chuqur joyiga irg'itib yuboribdilar. Lyu 

Birinchi dengizga tushgan zahoti suvni icha boshlabdi. Hash-pash deguncha 

dengizning tubi ko'rinib qolibdi. 

Hukmdor  va  uning  mulozimlari  o'tirgan  kema  balchiqqa  botibdi.  Lyu 

Birinchi  bo'yniga  bog'langan  og'ir  toshni  yechibdi-da,  qirg'oqqa  chiqibdi. 

So'ng dengiz suvini yana o'z joyiga qaytarishga tushibdi. 

Johil  hukmdor  va  uning  ayonlari  shu  tariqa  dengiz  ostida  qolib 

ketishibdi.  Xalq  bosqinchi  hukmdordan  qutulganidan  behad  shodlanib, 

yengilmas aka-ukalarni olqishlabdi. 

 

Qizcha va uyqu 



 

Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan,  uzoq 

o‘tmishdamas,  yaqin  zamonda  bir  qizcha 

bo‘lgan  ekan.  Uning  xayollari  ham  o‘ziga 

o‘xshamagan  g‘aroyib  ekan.  Qizchaning  bu 

dunyoda  yakkayu  yagona  yaqini  –  uning 

dadasi ekan. 

Dadasi  uzun  oqshomlar  unga  har  kuni  ertak 

va  rivoyatlar  aytib  berar,  qizcha  esa:  “Yana  aytib  bering”,  –  deb 

tinglayverishni  xush  ko‘rarkan.  Dadasining  ertaklari  hech  tugamagani  kabi 

qizchaning  yuragi  ham  ertakka  to‘ymas  ekan.  Ertaklari  cho‘zilgandan-

cho‘zilar,  qizcha  esa  hech  uxlay  demaskan.  “Uxla!”,  –  deyilgan  xitobga 

“Uyqum  kelmayapti”,  –  deb  xarxasha  qilishdan  charchamas  ekan.  Ana 

shunday  sirli  oqshomlarning birida  tuyqus uyquning qanday  bo‘lishi  haqida 

o‘ylay boshlabdi. 

–  Dada,  dadajon,  uyqu  qanday  odam?  U  yosh  shahzodami,  yo  oppoq 

soqollari  uzun,  oq  yaktak  kiyib  olib,  salla  o‘ragan  chol-bobomi?  –  deb 

so‘rabdi qizcha. 

– Mana shu chiroyli ko‘zchalaringni yumsang, uning qanday ekanligini 

ko‘rib-bilib olasan, – debdi otasi. 

Qizcha  otasining  javobidan  qanoatlanmabdi,  uni  yana  savolga  tutibdi: 

        –  Uyqu  bobo  qayerdan  keladi:  mashinadanmi,  uchar  otdanmi  yoki 

piyoda? 


Qizcha  hali  savollariga  javob  olib  ulgurmasdan,  yana  bir  necha  savolni 

qalashtirib tashlabdi: 

–  Agar  u  piyoda  keladigan  bo‘lsa,  yer  yuzida  qancha  bolalar  bor, 

hammasining yotog‘iga bir kechada kirishga ulgurmaydi-ku?! Uning chiroyli 

etikchasi  bo‘lsa  kerak-a,  agar  kelsa,  albatta  so‘rab  olardim,  –  deya  qizcha 

shirin xayollarga berilibdi. 

Qizcha har kecha shunday, uyqu boboni kutarkan, ertalab uyg‘ongach, 

uni ko‘rolmay uxlab qolganiga qattiq o‘kinarkan. Qizining tobora kam uyqu 

bo‘lib 

borayotganini 



ko‘rgan 

dadasi 


bir 

kuni 


shunday 

debdi: 


–  Qizim,  agar  shunday  –  quloqsizlarcha  Uyqu  boboni  kutib,  uxlamay 

yotaversang,  u  sendan  qattiq  xafa  bo‘ladi.  Chunki  u  o‘zini  poylayotgan 

bolalarni  xush  ko‘rmaydi.  Xafa  bo‘lgach  bizning  uyga  umuman  kelmay 

qo‘yadi. 

–  Kelmay  qo‘ysa,  nima  bo‘ladi?  –  xavotirlanib  so‘rabdi  qizcha. 

          –  Kelmasa,  sochlaring,  bo‘ying  ham  o‘smaydi.  A’lo  baholar 

ololmaysan.  Hatto  quyosh,  Oy,  Yulduzlar  ham  sendan  arazlab  qoladi. 

Chunki ular Uyqu bobo bilan juda qadrdon-da. 

Oradan  kunlar,  oylar  va  hatto  yillar  o‘tibdi.  Qizcha  biron  marta  ham 

Uyqu  boboni  uchratmabdi.  Uning  sehrli  etikchasini  olish  haqidagi  shirin 

xayollari  esa  aslo  tark  etmaydi.  Qizcha  haliyam  Uyqu  boboni  ko‘rish 

orzularidan voz kechmay yashayotgan ekan. 

 

Donishmand cho‘pon 



O‘tgan  zamonda  bir  podsho  bo‘lgan  ekan.  U 

hamma  narsadan  ham  otni  yaxshi  ko‘rar  ekan. 

Kunlardan  bir  kun,  podsho  otxonaga  kirib  qarasa, 

otlari  ancha  oriqlab  qolgan  emish.  Podsho 

otboqarini chaqirib: 

—  Otlar  nima  uchun  oriqlab  qoldi?  —  deb 

so‘rabdi.  Otboqar  podshoning  g‘azabidan  qo‘rqib: 

      —  E  janobi  oliylari,  otlaringiz  bir  necha 

kundan  buyon  yem-beda  yemay,  zo‘r  berib  kishnaydilar.  Shahardan 

chetroqda  boshqa  otlar  bo‘lsa  kerak.  O‘sha  otlarning  ovoziga  bular  beda 

yemasdan qo‘ygan bo‘lsalar kerak, deb o‘ylayman, — debdi 

      Podsho o‘ng qo‘l vazirini chaqirib: 

       — E dono vazir, navkarlar bilan shahar tashqarisiga chiq, boshqa otlarni 

kishnab  otlarimning  tinchligini  buzmaydigan  qilib  kel!  —  debdi.  Vazir 

podshoga ta’zim qilib: 

      — E, podshohim, farmoningiz bekamu ko‘st o‘z yerida qaror topgay, — 

deb  navkarlari  bilan  shahardan  tashqariga  chiqib  ketibdi,  yurib-yurib, 


shahardan  yigirma-o‘ttiz  chaqirim  narida  bo‘lgan  bir  toqqa  yetibdi.  Toqqa 

chiqib  ko‘rsalar,  bir  cho‘pon  yilqilarini  o‘tloqqa  qo‘yib,  o‘zi  bir  katta 

xarsang  toshning  ustida  cho‘zilib  yotgan  emish.  Vazir  cho‘ponning  oldiga 

borib: 


      —  E,  ahmoq  cho‘pon,  hamma  yilqilaringni  o‘tloqqa  qo‘yib  yuborib, 

kishnatib,  ularning  ovoziga  mast  bo‘lib  yotibsan.  Shaharda  bo‘lsa  sening 

otlaringning  kishnashini  eshitib,  podshoning  otlari  beda  yemay  ozib 

qolmoqda.  Men  senga  tezda  otlaringning  og‘izlarini  bog‘lab  qo‘yishni 

buyuraman.  Agarda  buyrug‘imdan  bo‘yin  tovlar  ekansan  o‘zingni  jallodga, 

otlaringni podshoga tortiq qilaman, — debdi. 

           Cho‘pon hayron  bo‘lib,  noiloj  vazirning  aytganlarini  qilishga  majbur 

bo‘libdi,  yilqilarning  og‘izlarini  latta  bilan  bog‘labdi.  Keyin  otlarini  bu 

falokatdan  qutqazish  yo‘lini  o‘ylab,  u  bir  qarorga  kelibdi.  Yaylovda  yurgan 

bir  katta  tuyani  va  soqoli  ikki  qarich  keladigan  bir  takani  ushlab  kelib, 

dadasidan qolgan bir eski kamon bilan o‘qlarini olib, shaharga qarab ravona 

bo‘libdi. Cho‘pon shahar qal’asidan ichkariga kirib, rastaga boribdi. Rastada 

nog‘ora  chalib  o‘tirganlarning  nog‘orasini  otib  yora  beribdi.  Nog‘orachilar 

cho‘ponning  bu  ishidan  sarosimaga  tushibdilar,  o‘rdaga  borib  cho‘ponning 

ustidan  arz  qilibdilar.  Podsho  o‘z  yonidagi  vaziriga  cho‘ponni  ushlab, 

huzuriga  keltirishni  buyuribdi.  Vazir  navkarlar  bilan  shahar  bozoriga  borib 

qarasa, tuyaga minib, bir takani o‘ngarib olgan bir cho‘pon yigit duch kelgan 

nog‘orani  kamon  bilan  otib  yorayotgan  emish.  Vazir  navkarlariga: 

           —  Bu  beboshni  ushlanglar!  —  deb  buyuribdi.  Navkarlar  cho‘ponni 

tuyadan  tushirib,  qo‘lini  orqasiga  bog‘lab,  tuyasi  bilan  takasini  yetaklab, 

podsho huzuriga olib kelibdilar Podsho cho‘pondan: 

       —  Sen  kimsan,  nima  uchun  shahar  nog‘orachilarining  og‘oralarini 

otayotibsan? — deb so‘rabdi. 

    Cho‘pon: 

     — Men shahar yaqinidagi tog‘da yashovchi xalqdan elchi bo‘lib keldim, - 

debdi 


      Podsho  cho‘ponning  ustidagi  eski  choponiga,  oyog‘idagi  yirtiq 

chorig‘iga tikilib, elchiligiga ishonmabdi: 

  

—  Elchilik  qilishga  sendan  boshqa  tuzukroq  odam  yo‘q  ekanmi?  — 



debdi. Cho‘pon hayron bo‘lib, podshodan so‘rabdi: 

—  Sizga  qanday  tuzukroq  odam  kerak?  Men  ham  oyoq-qo‘lli 

odamman-ku, — debdi. Podsho g‘azablanib: 

— Men sendan kiyimi yangiroq, bo‘yi balandroq, soqoli uzunroq odam 

yo‘q  edimi,  deb  so‘rayapman,  —  debdi.  Cho‘pon  javob  berib: 

         —  Sizga  bo‘yi  baland,  kiyimi  yangirog‘i  kerak  bo‘lsa,  mana  mening 

tuyam, u yaqinda tullagan, bo‘yi ham baland. Agarda soqoli uzunrog‘i kerak 

bo‘lsa, mana mening takam, naq soqoli ikki qarich. Agar sizga aqlliroq odam 



kerak  bo‘lsa,  mana  mening  o‘zim.  Menga  har  qancha  savolingiz  bo‘lsa 

beravering, — debdi. 

Podsho cho‘ponning bu javobidan keyin: 

«—  Hay  mayli,  bo‘lmasa  sen  elchi  ekansan,  nima  uchun  shahardagi 

nog‘oralarni yorib tashlading? — deb so‘rabdi. 

Cho‘pon: 

          — Shaharingizda har kuni nog‘ora chalinadi. Nog‘ora ovoziga bizning 

yaylovdagi yilqilarimiz hurkib, tek turmay qo‘ydilar. Nog‘oralarning ovozini 

o‘chirsam  zora  yilqilarim  tek  tursalar,  deb  ko‘ringan  nog‘oralarni  yora 

berdim, — debdi. 

Podsho cho‘ponning javobidan kulib: 

— Shahardan yigirma-o‘ttiz chaqirim uzoqda bo‘lgan otlarning nog‘ora 

ovoziga tek turmasliklari hech aqlga to‘g‘ri keladimi? Bu bo‘lmagan gap, — 

debdi. Cho‘pon ham podshodan: 

—  Shahardan  yigirma-o‘ttiz  chaqirim  narida  bo‘lgan  otlarning 

kishnashiga  shahardagi  otlarning  beda  yemasdan  oriqlashlari  hech  aqlga 

to‘g‘ri keladimi? — debdi. 

Podshoning  o‘ng  qo‘l  vaziriga  bergan  buyrug‘i  esiga  tushibdi.  Bu 

cho‘ponni so‘z bilan yenga olmasligiga aqli yetib, cho‘ponga: 

— Tila tilagingni! — debdi. Cho‘pon: 

—  Agar  loyiq  ko‘rsangiz,  menga  shu  shahardan  besh  ho‘kiz  terisidek 

yer bersangiz, — debdi. 

Podsho cho‘ponning tilagini nazariga ilmay, munshisiga qarab: 

—  Bu  cho‘ponning  nomiga  mening  tarafimdan  «besh  ho‘kiz  terisidek 

yer berilsin», deb vasiqa qilib ber! — debdi. 

Munshi  vasiqa  yozib  muhrlatib  beribdi.  Cho‘pon  vasiqani  olib  uyga 

qaytibdi. 

       Cho‘pon  o‘zi  singari  uch-to‘rtta  do‘stini  yig‘ib,  ularga  bo‘lgan  voqeani 

aytib berib, so‘ngra: 

—  Endi  men  bir  ish  qilaman,  hamma  hayron  qoladi,  —  debdi. 

Cho‘ponning o‘rtoqlari: 

—  Qanday  ish  qilmoqchisan?  —  deb  so‘rabdilar.  Cho‘pon: 

 

        — Hammamiz bir bo‘lib, beshta ho‘kiz topishimiz kerak. So‘ngra men 



sizlarga  qiladigan  ishimni  aytaman,  —  debdi.  Cho‘ponlar  bittadan  ho‘kiz 

olib kelibdilar. Beshta ho‘kizni so‘yishibdi. Terilarni bir chekkasidan kanop 

ip qalinligida qilib qirqibdilar. Teri iplar tayyor bo‘lgandan keyin, iplar bilan 

birga bir qancha qoziqchalar  olib  shahar qal’asiga kelishibdi.  Qal’a bo‘ylab 

qoziqlarni  qoqib  qoziqlarga  teri  iplari  bog‘lab,  shaharni  aylantirib 

chiqibdilar.  Besh  ho‘kiz  terisidan  qilingan  ip  shaharni  aylantirib  chiqishga 

yetibdi-yu, shu bilan tamom bo‘libdi. 


Cho‘pon  o‘rtoqlari  bilan  shu  ishlarni  qilib  bo‘lgandan  keyin  qo‘liga 

podsho  tomonidan  berilgan  vasiqani  olib,  podsho  oldiga  boribdi.  Cho‘pon 

ta’zimni bajo keltirgach, podshoga qarab: 

— Ey podsho, o‘z farmoningizdan qaytmaysizmi? — debdi. Podsho: 

—  Muhrim bo‘lsa  qaytmayman,  — debdi.  Cho‘pon  qo‘lidagi  vasiqani 

ko‘rsatib: 

—  Mana  shu  vosiqaga  binoan  shu  shahar  butun  xalqi  bilan  meniki 

bo‘ldi, — debdi. 

Podsho hayron bo‘lib: 

—  Bu  so‘zni  qanday  asos  bilan  aytasan?  —  debdi.  Cho‘pon  javob 

berib: 

— Agar mening asosimni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz men 



bilan shahar tashqarisiga chiqing, — debdi. 

Podsho cho‘ponning so‘zini qabul qilib, butun amaldorlari bilan shahar 

qal’asiga chiqibdi. Podsho cho‘ponga. 

— Qani, asosingni ko‘rsat? — debdi. 

Cho‘pon podshoni boshlab shahar qal’asini aylantirib, teridan qilingan 

iplarni ko‘rsatib, shaharni aylanib chiqqanlaridan so‘ng, o‘rtoqlariga hamma 

teri  iplarni  yig‘ishtirib  chiqishni  buyuribdi.  O‘rtoqlari  iplarni  yig‘ishtirib 

kelgandan  so‘ng,  cho‘pon  har  bir  ho‘kiz  terisining  rangiga  qarab  boshqa-

boshqa  qilib  ajratib,  teri  iplarni  qirqilib  olingan  joylariga  qo‘yib,  har  bir 

ho‘kiz terisini o‘z holiga keltirib podshoga ko‘rsatibdi. Podsho cho‘ponning 

aqliga qoyil qolib, o‘zining bergan vasiqasini qaytarib olishga amaldorlardan 

uyalib, cho‘ponga: 

—  Bor,  senga  shu  shaharni  berdim,  —  deb  o‘zi  shahardan  cho‘l 

tomonga  chiqib  ketibdi.  Podsho  amaldorlari  o‘sha  yerda  cho‘ponga 

podsholik  tojini  kiydirib,  karnay-surnaylar  chaldirib,  o‘rdaga  kelishibdi. 

Shunday  qilib  cho‘pon  shaharga  podsho  bo‘libdi.  Yordamlashgan  to‘rtta 

cho‘ponni  o‘ziga  yordamchi  qilib,  ularni  yaramas  amaldorlar  o‘rniga 

tayinlabdi. Zindonda yotgan begunoh kambag‘allarni ozod qilibdi. O‘zi odil 

podsho bo‘lib, murod-maqsadiga yetibdi. 

Mushukning tushi 

Eshikni 

tashqaridan 

bir-ikki 

qirtillatib 

qo‘ygach,  xonaga  lapshaygan  bir  Sichqon 

kirib  keldi.  “Iya!”  deb  yubordi  Mushuk. 

 –  Oqsoqol  sizmisiz?  –  deya  chiyilladi 

Sichqon. 

– 

Sizga 


arzim 

bor. 


 – Arzing bo‘lsa, sal beriroq kelib gapirgin-da, 

–  uni  tappa  bosishga  shaylanib  ming‘illadi 

Mushuk.  Keyin  Sichqonning:  “Qo‘shnim 

bilan  janjallashib  qoluvdik”,  degan  so‘zini 



eshitib shashtidan qaytdi. 

–  Nima,  u  seni  nohaq  do‘pposladimi?  –  yalanib  so‘radi  Mushuk.  – 

Qani, o‘sha zo‘ravonni buyoqqa chaqirib kel-chi. 

– Do‘pposlagani yo’g‘-u, ko‘pchilikning ichida meni bekordan bekorga 

haqorat qildi, – yig‘lamsirab dardini aytdi Sichqon. 

–  Ie,  hali  guvohlar  ham  bor  degin?  –  sevinib  ketdi  Mushuk.  –  O‘zing 

bilasan,  hamma  ishda  haqiqat  bo‘lgani  yaxshi.  Masalani  adolatli  hal  qilish 

uchun 


o‘sha 

guvohlarni 

ham 

olib 


kelishing 

kerak 


bo‘ladi. 

  

Oradan  hech  qancha  vaqt  o‘tmay,  nodon  shikoyatchi  to‘rt-beshta 



sichqonni  ergashtirganicha  “oqsoqol”ning  huzuriga  kirib  keldi.  Mushuk 

muloyimlik  bilan  ularni  o‘tirishga  taklif  qilib,  asta  eshik  tomonga  o‘tdi. 

So‘ng  kutilmaganda,  shosha-pisha  eshikka  tamba  urib,  laqmalarni  xona 

ichiga qamab oldi... 

Agar u uyg‘onib ketmaganida, rosa-a mazza qilgan bo‘lardi-da. 

 

Tulkiboy 



 

Bir  kuni  tulkiboy  changalzorda  ovqat  qidirib 

yurib,  bir  angishvona  topib  olibdi.  Tulkiboy 

yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi. 

Kampirni ko‘rib: 

—  Ona,  senga  shu  angishvonani  ertagacha 

qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb 

chiqib  ketibdi.  O’zi  eshikning  tirqishidan 

kampirning  angishvonani  qaerga  qo‘yganini  ko‘rib  olibdi.  Tulkiboy  kampir 

uxlagandan keyin sekin uyga kirib angishvonani qo‘ygan joyidan olib chiqib 

ketibdi.  Ertasi  kampir  shoshib-pishib  qatlama  pishirib  turganda,  Tulkiboy 

kirib kelibdi. 

Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan angishvonani bering, — debdi. 

Kampir  yugurib  uyga  kirib,  angishvonani  qo‘ygan  joyidan  topa 

olmabdi. 

— Tulkiboy, angishvonang qo‘ygan joyimda yo‘q, yo‘qolib qolibdi, —

debdi. 

Tulkiboy: 



 Topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi. 

Kampir: 


—  Yo‘qolgan  narsani  qaerdan  topib  beraman,  o‘rniga  qirq  qatlama 

beraman, — debdi. 

Tulkiboy  «xo‘p»  deb,  qirqta  qatlamani  olib  tashqariga  chiqqanidan 

keyin: 


«Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama» deb jo‘nabdi. Yo‘lda 

ketayotsa, bir oq echki boqib yurgan kampirni ko‘ribdi. Tulkiboy kampirga: 

—  Ona,  shu  qirqta  qatlamani  ertagacha  omonat  olib  qo‘ying.  Ertalab 

kelib olaman, — debdi. 

Kampir  qirqta  qatlamani  uyiga  olib  kirib  ko‘rpaning  qatiga  bekitib 

qo‘yibdi  Tulkiboy  yana  eshik  tirqishidan  mo‘ralab  turib  qatlama  qo‘yilgan 

joyni ko‘rib olibdi. Kampir kechasi uxlaganda kelib, sekin kampirning uyiga 

kirib qirqta qatlamani bitta ham qoldirmay yeb ketibdi. 

Ertasi ertalab kelib: 

— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan qirq qatlamani olib bering, — 

debdi.Kampir  uyiga  kirib  ko‘rpasining  qatini  qarasa,  bitta  ham  qatlama 

qolmabdi. Kampir: 

—  Tulkiboy,  qo‘ygan  joyimdan  qatlamalaring  yo‘qolib  qolibdi,  — 

debdi. 


Tulkiboy: 

—  Topib  berasiz,  topib  bermaganingizga  qo‘ymayman,  —  debdi. 

Kampir tulkiboydan qo‘rqib: 

— Bisotimda bir donagina oq echkim bor, qirq qatlamang o‘rniga shuni 

berayin, — debdi. 

Tulkiboy oq echkini yetaklab, xursand bo‘lib: 

«Bir  angishvona,  bir  angishvonaga  qirq  qatlama,  qirq  qatlamaga  oq 

echki» deb jo‘nabdi. 

Tulkiboy  oq  echkini  yetaklab  ketayotsa,  bir  nor  tuya  boqib  yurgan 

cholni ko‘ribdi. Tulkiboy cholga yaqin kelib: 

—  Ota,  ertagacha  mana  shu  echkini  sizga  omonat  qoldirib  ketaman, 

ertaga kelib olaman, — debdi. 

Chol «xo‘p» deb echkini hovlisiga olib kirib bog‘lab qo‘yibdi. Kechasi 

chol  uxlaganida  tulkiboy  kelib,  oq  echkini  yeb,  terisini  qoldirib  ketibdi. 

Ertasi tulkiboy cholning oldiga kelib: 

— Ota, kecha qoldirib ketgan omonat oq echkini bering, — debdi. Chol 

tulkiga: 

—  Kechasi  echkini  bo‘ri  yeb,  terisini  qoldirib  ketibdi,  —  debdi. 

         Tulkiboy: 

—  Echkini  topib  berasiz,  topib  bermaganingizga  qo‘ymayman,  — 

debdi. 

Chol: 


— Bisotimda birgina nor tuyam bor, oq echkining o‘rniga beraman, — 

debdi. 


Tulkiboy  nor  tuyani  yetaklab:  «Bir  angishvona,  bir  angishvonaga  qirq 

qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya» deb, xursand bo‘lib 

jo‘nabdi. 


Tulkiboy  nor  tuyani  yetaklab  yurib,  qizi  bilan  ip  yigirib  o‘tirgan 

kampirga uchrabdi. Tulkiboy: 

— Ona, mana shu nor tuyani ertagacha sizga omonat qoldirib ketaman, 

erta bilan kelib olaman, — debdi. 

Kampir  nor  tuyani  hovlisiga  olib  kirib  bog‘lab  qo‘yibdi.  Kechasi 

kampir  uxlaganda,  tulkiboy  nor  tuyani  hovlidan  olib  chiqib,  bir 

changanlzorga olib borib qo‘yibdi, ertasi kampirning oldiga kelib: 

—  Ona,  kechagi  qo‘yib  ketgan  omonat  nor  tuyani  bering,  —  debdi. 

Kampir qarasa, nor tuya bog‘langan joyida yo‘q, axtarib topa olmabdi. 

Tulkiboy: 

—  Topib  berasiz,  topib  bermaganingizga  qo‘ymayman,  —  debdi. 

Kampir tulkidan qo‘rqib: 

—  Nor  tuyang  o‘rniga  berishga  hech  qanday  molim  yo‘q.  Birgina 

oydin qizim bor, ona-bola ip yigirib kun kechiramiz, — debdi. 

Tulkiboy: 

—  Nor  tuyam  o‘rniga  shu  oydin qizingizni bering. Bermasangiz,  ona-

bola ikkovingizni ham yeb ketaman, — debdi. 

Kampir nochor, noiloj, yolg‘izgina oydin qizini tulkiboyga beribdi. 

Tulkiboy  oydin  qizni  olib  xursand  bo‘lib  kampirga  qarab:  «Bir 

angishvona,  bir  angishvonaga  qirq  qatlama,  qirq  qatlamaga  oq  echki,  oq 

echkiga  nor  tuya,  nor  tuyaga  oydin  qiz»  deb,  oydin  qizni  qopga  solib, 

qopning  og‘zini  bo‘g‘ib,  orqasiga  ko‘tarib  jo‘nabdi.  Bir  to‘qaydan  o‘tib 

ketayotsa,  uzoqdan  itini  yetaklab  kelayotgan  bir  ovchi  ko‘rinibdi.  Tulkiboy 

orqasidagi  qopni  yerga  qo‘yib,  o‘zi  bekinibdi.  Ovchi  kelib  qopni  ochib 

qarasa,  ichida  bir  qiz  o‘tirgan  ekan.  Ovchi  qopdan  qizni  chiqarib  olib,  qiz 

o‘rniga  itini  qopga  solib  og‘zini  bo‘g‘ib  boylab  qo‘yibdi.  Ovchi  ketgandan 

keyin  tulkiboy  kelib  «ovchidan  qutilib  qoldim»  deb  suyunib,  qopni  orqalab 

jo‘nabdi  Yo‘lda  ketayotsa,  qopning  ichidan  ovoz  chiqibdi.  Tulkiboy: 

«Yig‘lama  oydin  qiz,  yig‘lama,  hozir  uyga  yetamiz»  deb,  qadamini  ildam 

tashlab  uyga  yetib  kelibdi.  Qopning  ichidan  yana  ovoz  kelibdi.  Tulkiboy: 

«Oydin  qiz,  qopning  ichida  zerikkanga  o‘xshaysan.  «Bir  angishvona,  bir 

angishvonaga  qirq  qatlama,  qirq  qatlamaga  oq  echki,  oq  echkiga  nor  tuya, 

nor  tuyaga  oydin  qiz  chiq!»  deb  qopning  og‘zini  ochibdi.  Qopning  ichidan 

quloqlarini  shalpaytirib  ovchining  iti  chiqibdi.  Oydin  qiz  chiqishini  kutgan 

tulkiboy  ovchi  itning  haybatini  ko‘rib  qochib  ketibdi.  It  tulkining  ketidan 

quvlab  ketibdi.  Tulki  o‘zini  bir  shudgor  tomonga  olibdi.  Tulki  yugurib 

ketayotib  quyon  tutish  uchun  qo‘yilgan  qopqonga  tushib  qolibdi. 

Qopqonning egasi kelib tulkining terisini shilib olibdi. 

 

 


chko`z qushcha (Tayland ertagi) 

 

Bir 



zamonlarda 

jarangdor 

ovozli 

kichkina  qushcha  bo`lgan  ekan.  Uning  nomi 



“Bu  meniki”  ekan,  chunki  u  har  safar  qir-adir 

va 


daryolar 

ustidan 


uchib 

o`tayotib: 

 – Bu meniki, bu meniki! – deya chirqillarkan. 

 Bir  kuni  qushcha  osmonda  uchib  borayotib 

mevasi  g`arq  pishib  yotgan  bir  daraxtga  ko`zi 

tushibdi.  Daraxtning  mevasi  shunchalik  ko`p 

ekanki, qushcha ularni bir o`zi bir yilda ham yeb bitira olmasligi aniq ekan. 

Buning ustiga daraxtning yon atrofida birorta ham qush zoti ko`rinmas ekan. 

  

Qushcha  o`zining  bunday  topilmasidan  behad  xursand  bo`lib,  o`sha 



daraxt shoxiga kelib qo`nibdi. 

U  shoxdan-shoxga  sakrab,  mevalarni  cho`qib  yeya  boshlabdi  va  tez 

orada  qorni  to`yib  qolibdi.  Biroq  bu  daraxtni  boshqa  qushlar  ham  ko`rib 

qolib,  uning  mazali  mevalarini  yeb  tugatishlaridan  juda  xavotirlanibdi. 

Qushcha qo`rquvga chiday olmay, ovozining boricha: 

– Bu meniki, bu meniki, bu meniki! – deya chirqillabdi. 

Qushcha  shunchalik  qattiq  chirqillabdiki,  uning  ovozini  tevarak 

atrofdagi  qushlarning  hammasi  eshitibdi.  Ular  biror  hodisa  yuz 

bermadimikin  degan  xayolda  zum  o`tmay  o`sha  yerga  uchib  kelishibdi. 

Qushlar bu yerda ajoyib, mazali mevalar g`arq pishib yotganini ko`rishibdiyu 

yoprilib mevalarga o`zlarini urishibdi. Birpasda hamma mevalarni cho`qilab 

yeb tugatishibdi-da, yana qaytib uchib ketishibdi. 

Mittigina  ochko`z  qushcha  ship-shiydam  bo`lgan  daraxt  atrofida  chir 

aylangancha:  

–  Bu  meniki,  bu  meniki!  –  deb  chirqillab  qolaveribdi.  Aytishlaricha,  mitti 

qushcha daraxt atrofida hali ham aylanib yurganmish. 

 

Tipratikan va Quyon 



Quyoshli 

kunlarning 

birida 

Tipratikanboy  o‘z  uyi  oldida  qo‘shiq  aytib 



o‘ynab  yurardi.  O‘ynab-o‘ynab  uning 

xayoliga  bir  fikr  kelibdi:  “Bir  dalamdan 

xabar olib kelay-chi, sabzilarim ham pishib 

qolgandir”. 

Shunday 

qilib 


Tipratikanboy 

yo‘lga 


tushibdi. Yo‘lda Quyonvoyga duch kelibdi. 

Tipratikan 

qo‘lini 


ko‘ksiga 

qo‘yib: 


– Assalomu alaykum, Quyonvoy. Yaxshi yuribsizmi? – debdi. 

Quyonvoy 

juda 

mag‘rur 


va 

gerdaygan 

ekan. 

U salomlashish o‘rniga boshini qimirlatib qo‘yibdi, xolos. 



– Ha, ertalabdan dalada nima qilib yuribsan? 

– Bir aylanib kelay degandim, – javob beribdi Tipratikanboy. 

– Aylanib kelay degandim? Bu kalta oyoqlaringda qayoqqa ham bora 

olarding? – mazax qilibdi uni Quyonvoy. 

Bu  gapdan  Tipratikanboy  hafa  bo‘libdi.  U  haqiqatan  kalta  oyoqlari 

haqida gapirishlarini yoqtirmas ekan-da. 

– Nima, sen oyoqlarim tez yuguradi, deb o‘ylaysanmi?     

– Albatta, – debdi Quyonboy. 

– Men bilan bir poyga o‘ynamaysanmi? – debdi Tipratikanboy. 

–  Sen  bilan  poyga?  Shu  qiyshiq  oyoqlaringda  mendan  o‘zib 

ketmoqchimisan? 

– Mana ko‘rasan, o‘zib ketaman, – debdi Tipratikanboy ishonch bilan. 

– Bo‘pti poyga o‘ynaymiz, – rozi bo‘libdi quyonboy. 

– Shoshmay tur, men uyga borib, choy-poy ichib, yarim soatdan keyin 

qaytaman. O‘shanda yuguramiz, bo‘ptimi? 

– Kelishdik. 

Tipratikanboy uyiga ketayotib: 

“Albatta, Quyonboy mendan tez yuguradi, ammo men uni hiyla bilan 

yutishim 

mumkin”, 

deb 

o‘ylabdi. 



Uyiga kelgan Tipratikanboy: 

– Onasi, men bilan dalaga borishingga to‘g‘ri kelib qoldi, – debdi. 

– Nima  bo‘ldi? 

–  Quyonvoy  bilan  kim  tez  yugurishi  haqida  bahslashib  qoldik.  Uni 

yutishimda menga sening yordaming kerak. 

– Aqldan ozdingizmi? – debdi Tipratikanoy. 

– Quyon sizdan tez yuguradi-ku? 

– Men uni bir hiyla ishlatib yutaman, qani ketdik. 

Yo‘l-yo‘lakay  Tipratikanboy  Tipratikanoyga  o‘z  rejasini  tushuntirib 

ketibdi: 

–  Biz  mana  bu  tepalikdan,  anavi  uzoqdagi  daraxtgacha  yuguramiz. 

Sen  daraxtning  ortiga  berkinib  olgin.  Quyonvoy  yaqinlashgach  berkingan 

joyingdan chiqib: “Men shu yerdaman” deb aytgin. Tushundingmi? 

– Tushundim, – debdi Tipratikanoy. 

Shunday 

qilib, 


Tipratikanoy 

daraxt 


oldiga 

ketibdi. 

Tipratikanboy esa Quyonvoy turgan tepalik yoniga kelibdi. 

– Xo‘sh, boshlaysizmi? – so‘rabdi kulimsirab Quyonvoy. 

– Boshlaymiz, – javob beribdi Tipratikanboy. 


Ular tepalik yoniga borib turishibdi. 

– Bir, ikki, uch! – baqiribdi Quyonboy. 

Ular  uzoqdan  ko‘rinib  turgan  daraxt  tomon    chopib  ketishibdi. 

Tipratikanboy besh-olti qadam yurib to‘xtabdi va tepalik yoniga qaytib kelib 

o‘tiribdi. 

Quyonboy  esa  uni  ko‘rmay,  daraxt  tomon  chopib  boribdi.  Uni 

Tipratikanoy: 

– Men shu yerdaman, – deb kutib olibdi. 

Tipratikanoy  Tipratikanboyga  juda  o‘xshagani  uchun  Quyonvoy 

tanimabdi va Tipratikanboyning o‘zidan o‘zib ketganiga hayron bo‘libdi. 

– Endi orqaga yuguramiz, –  debdi u. – Bir, ikki, uch! 

Quyonvoy  avvalgidan  ham  tezroq  yuguribdi.  Tipratikanoy  esa  daraxt 

oldida qolibdi. 

Quyonvoy 

tepalik 

oldiga 


rosa 

charchab 

yetib 

kelibdi. 



Tipratikanboy: 

– Men shu yerdaman, – deb uni kutib olibdi. 

Quyonvoy yana-da ajablanibdi. 

– Yana yuguramiz! 

Mayli xohlasang yana yuguramiz, – debdi Tipratikanboy. 

Shunday qilib Quyonvoy qayta-qayta u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u 

yoqqa  yuguraveribdi.  Har  safar  Tipratikanboy  undan  oldin  kelgan  bo‘lib 

chiqaveribdi. 

– Men shu yerdaman! 

Holdan  tolgan  Quyonvoy  yana  yugurib ketibdi.  Ammo,  yarim  yo‘lga 

yetganda holdan toyib yiqilibdi. 

– Bo‘ldi! – debdi u. – Boshqa yugura olmayman. 

–  Ko‘rdingmi,  –  kimning  oyoqlari  chaqqon  ekan,  –  debdi 

Tipratikanboy. 

Shu  kundan  boshlab  Quyonvoy  hech  kimning  ustidan  kulmaydigan 

bo‘libdi. 

Bo‘ri nega terisidan ajradi? 

 

Bir  falokat  yuz  berib  hayvonlar  shohi 



yo‘lbars  og‘ir  kasalga  chalinib  qolibdi.  U  o‘z 

g‘orida 


yotib, 

shunaqangi 

og‘irarkanki, 

o‘rmonning  narigi  chetida  yashaydigan  quyon 

qo‘rqqqanidan 

shalpangquloqlarini 

panjalari 

bilan yopib, qayerga qochishini bilmay qolarkan. 

O‘rmondagi  jonivorlarning  o‘z  hukmdorlariga 

dori  izlab,  yelib-yugurishlaridan  biron  naf 

chiqmabdi.  Yo‘lbarsning  ahvoli  kundan-kunga 


og‘irlashaveribdi.  Shunda  bosh  vaziri  bo‘lmish  bo‘ri  hukmdor  bilan 

vidolashish fursati yetganini e’lon qilibdi. Yo‘lbars yashaydigan g‘ordan kun 

bo‘yi  hayvonlar  oyog‘i  uzilmabdi.  Har  biri  ta’zim  bajo  qilib,  uning  tezroq 

shifo 


topishini 

tilarkanlar. 

Oqshomga  borib,  shoh  huzuriga  bitta  hayvondan  bo‘lak  hamma  kelib-

ketgani ma’lum bo‘libdi. Shoh ziyoratiga birgina sariq tulki kelmagan ekan. 

U  doim  bo‘rining  ustidan  kulib,  bosh  vazirimiz  eng  jaydari  itga  o‘xshaydi, 

deb  yurgani  sababli  bo‘ri  unga  ichida  kek  saqlab  yurar  ekan.  Tulkining 

kelmaganini aniqlagan bo‘ri g‘orga kirib: 

–  Ey  buyuk  shohim,  qo‘l  ostingizdagi  hayvonlarning  barchasi 

oyog‘ingizga  bosh  urib,  sizga  sihat  va  salomatlik  tilashdi.  Faqat  birgina 

hayvon o‘z burchini unutdi va huzuringizga kelishdan bosh tortdi. 

– Kim ekan u? –  o‘kirdi yo‘lbars. – Kimligini ayt! 

– Ey adolatli shohim, bu tulkidir. Ha, u o‘limga loyiq! 

–  To‘g‘ri.  Uni  topgin-da,  tilka-tilka  qilib  tashla,  vassalom! 

Suyunib ketgan bo‘ri  g‘ordan  otilib  chiqibdi-da,  tulki  yashaydigan tomonga 

qarab ketibdi.  Tulki esa bu paytda g‘orga bekinib olib, u haqda bo‘ri nimalar 

deganini  eshitib  yotgan  ekan.  Bo‘ri  ko‘zdan  g‘oyib  bo‘lgach,  tulki  g‘orga 

kirib, betob shohga odob bilan salom beribdi. 

–  Seni  kim  kiritdi  bu  yoqqa?  –   qichqiribdi  yo‘lbars.  –  Sen  meni 

ziyorat qilmaslikka qanday jur’at etding? 

 Tulki mayin ovozda so‘zlabdi: 

–  Cho‘ringiz  ne  sababdan  kechikkanini  eshiting,  ey  ulug‘  shoh.  

Barcha  jonivorlar  allaqachonoq  huzuringizga  kelib,  sizni  ziyorat  qilib 

ketishibdi.  Ammo  ularning  birontasi   sizga  shifobaxsh  dori  keltirmabdi  va 

sizning  mushkulingizni  oson  qilish  haqida  o‘ylab  ham  ko‘rmabdi. 

–  Bu  gaping  rost,  –  debdi  yo‘lbars.  –  Ularning  birontasi  bu  haqda  g‘ing 

deyishmadi. Tulki davom etibdi: 

– Hol-ahvol  so‘rash  qiyin  ish  emas,  ammo  bundan  hali  hech  kim 

tuzalib ketmagan. Men kecha-yu kunduz o‘ylab, sizni sog‘aytirish yo‘llarini 

izladim.  Ko‘plab  mamlakatlarga  bordim,  mashhur  tabiblarga  uchradim-da, 

kasalingizni daf qiladigan dorini topdim. Shu sababli huzuringizga kechikib 

qoldim, ulug‘ shoh. 

Bu 


so‘zlarni 

eshitgan 

hukumdor 

suyunganidan 

hayqiribdi: 

         –  Bo‘ri hukmni bajarishga ulgurolmagani qanday yaxshi bo‘libdi. Qani 

tezroq  dorini ber,  agar  undan naf  topsam,  seni bosh  vazir  etib  tayinlayman. 

  Tulki shunday debdi: 

– Mashhur  hind  tabibiga  duch  kelgunimcha  o‘nlab  yurtlarni  kezdim. 

Undan mening  hukmdorim,  tog‘lar  va  o‘rmonlar  shohi  sog‘lom  va  baxtiyor 

bo‘lmog‘i  uchun nima  qilmog‘i  lozimligini  so‘radim.  Taniqli  tabib  shunday 

dedi: 


–  Yo‘lbars  o‘n  kun  davomida  kechasi  uxlaganda  bo‘rining  terisini 

yopinib yotsin. Shunda yana sog‘ayib ketadi, – dedi. 

Tulki  shu  so‘zlarni  aytarkan,  shohga  ta’zim  bajo  keltiribdida,  g‘orni 

tark  etibdi.  Yo‘lbars  esa  shu  zahotiyoq  bo‘rini  topib,  terisini  shilib  olishni 

buyuribdi. Bo‘ri terisiga o‘ranib olgan o‘rmonlar shohi tuzalib, ketishini kuta 

boshlabdi.  Tulki  esa  bu  orada   ko‘ch-ko‘ronini  yig‘ishtiribdi-da,  boshqa 

o‘rmonga ko‘chib ketibdi. 

 Yo‘lbars  o‘n  kecha-yu  o‘n  kunduz  bo‘ri  terisini  yopinib  yotibdi, 

ammo ahvoli o‘nglanmabdi. U tulkining laqillatib ketganini anglaganda kech 

bo‘lgan  edi.  O‘rmonni  qancha  kezishmasin,  tulkini  topisha  olmabdi. 

 Bo‘ri  esa  qilmishiga  yarasha  jazosini  olibdi;  ha,  har  kim  o‘zi  qo‘ygan 

tuzoqqa tushadi. 

Sehrli tush 

 

Qadim  zamonda  bir  chol  bilan  kampir  



bo‘lgan ekan. Ular o‘tin sotib kun kechirishar 

ekan.  Bir  kuni  chol  o‘tin  tergani  borib,  buloq 

bo‘yida uxlab qolibdi. Tushida birov “Tur, ana 

uni  ol”,  debdi.  Qarasa,  buloq  ichida  bir  supra 

aylanib turgan ekan. 

– Uni nima qilaman? – debdi. 

–  “Ochil  supram”,  deb  aytgin,  –  degan  ovoz  kelibdi.  Chol:  “Ochil 

supram”  degan  ekan,  supra  ochilib  unda  noz-u  ne’matlar  paydo  bo‘libdi. 

Chol suprani do‘stining uyiga olib borib debdi. 

–  “Ochil  supram” uyingda turib  tursin. Birozdan  so‘ng  olib  ketaman. 

Ammo, uning sehrini ishga solishga urinmaginDo‘sti barcha shartlariga rozi 

bo‘lib,  chol  bilan  xayrlashibdi.  Shosha-pisha  uyiga  kirib,  suprani  ochibdi. 

Birozdan so‘ng  Chol kelib: 

–  “Ochil  supram”ni  olib  chiq, –  debdi.  Do‘stining  unga  xasadi  kelib, 

supnani  boshqasiga  almashtirib  qo‘ygan  ekan.  Bundan  bexabar  chol  uyiga 

borib,  kampirga  maqtanibdi.  “Ochil  supram!”  desa,  hech  narsa  chiqmabdi. 

Cholning jahli chiqib: 

–  E,  kampir,  tezda  non  yopib  ber.  Yana  safarga  otlanaman  –  debdi. 

Chol  issiqqina  nonlarni  beliga  bog‘lab,  yo‘lga  tushibdi.  U  yana  buloq 

bo‘yida  uxlab  qolibdi.  Tushida  birov:  “Tur,  ana  uni  ol”,  debdi.  Qarasa,  bir 

gaz aylanib turganmish. 

– Uni nima qilaman? – debdi. 

–  Olib,  “Gazla,  gazim”  desang,  shoyi,  atlas  gazlab  beradi. 

Chol  uni  olib,  yana  do‘stining  uyiga  boribdi.  Do‘sti  uni  turli  noz-ne’matlar 

bilan  mehmon  qilibdi.  Chol  gazni  berib:  “Gazla  gazim”  deb  aytmagin  deb, 


uyquga ketibdi. O‘rtog‘i uyda toza gazlatibdi va uyini gazmollarga to‘ldirib 

olibdi. Chol o‘rnidan turib: 

–  Gazni  ber,  –  debdi.  O‘rtog‘i  o‘rniga  boshqa  gaz  beribdi.  Chol 

kampirning oldiga kelib: “Gazla, gazim” desa, hech narsa gazlamabdi. Chol 

g‘azablanib: 

– Yana non yopib ber, – debdi. 

Chol  nonni  beliga  bog‘lab,  buloq   bo‘yiga  yo‘l  olibdi.  Avvalgidek 

yana  buloq  bo‘yida  uxlab  qolibdi.  Tushida  birov:  “Tur,  ana  uni  ol”,  debdi. 

Qarasa, bir tovoq aylanib turganmish. 

– Quruq tovoqni nima qilaman? – desa, –“Pishdi palov” deb aytgin, – 

debdi  ovoz.  Chol  tovoqni  olib  “Pishdi palov”  desa,  ustida  go‘shti  bilan  osh 

pishibdi.  Chol  palovni  yeb,  qornini  to‘yg‘azib,  do‘stining  uyiga  yo‘l  olibdi. 

Do‘sti  suyunib  katta  ziyofat  qilibdi.  Chol  “Pishdi  palov”  demagin,  deb 

atyinlabdi.  O‘rtog‘i  tovoqni  uyga  olib  kirib  ketibdi.  Bola-chaqasini  rosa 

to‘yg‘azibdi.  Erta  bilan  turib  chol:  “  Tovog‘imni  olib  chiqib  ber”,  desa 

boshqa tovoq olib chiqib beribdi. Chol kampirning oldiga boribdi. Tovoqqa 

“Pishdi  palov”  desa,  hech  narsa  chiqmabdi.  Chol  g‘azablanibdi.  Kampir 

ikkisi urishibdi. 

Kampir: 

–  Bir  to‘p  o‘tin  keltirganingizda,  ovqatimiz  pishardi.  Har  kuni  quruq 

kelaverasizmi? – debdi. 

–  E,  kampir,  bugun  barcha  sirlarni  bilaman,  –  debdi  chol. 

Kampir  yana  non  yopib  beribdi.  Chol  buloq  boshiga  borib  uxlab  qolibdi. 

Tushida  birov:  “Tur,  ana  uni  ol”  debdi.  Qarasa,  bir  qovoq  aylanib 

turganmish. 

–  Quruq  qovoqni  nima  qilaman?  –  desa,  –  “Chiq  qovoqdan”,  deb  aytgin,  – 

debdi. Chol “Chiq qovoqdan desa, bir narsa chiqib haligi cholni urib, hamma 

yog‘ini ko‘kartiribdi. 

“Kir  qovoqqa”  degandan  keyin  qovoqqa  kiribdi.  Chol  qovoqni 

qo‘ltiqlab do‘stining uyiga boribdi. Do‘sti avvalgidan ham yaxshiroq ziyofat 

qilibdi.  Chol  do‘stiga:  “Chiq  qovoqdan,  deb  aytmagin  ”,  –  debdi.  O‘zi  esa 

uxlab qolibdi. Do‘sti uyiga olib kirib, bolalari bilan qovoqni o‘rtaga qo‘yib, 

“Chiq  qovoqdan”  deb  yuboribdi.  Qovoqdan  to‘qmoq,  gurziga  o‘xshash 

narsalar chiqib barini ura ketibdi. 

–  Do‘stim,  bizni  qutqar,  barcha  narsalaringni  qartarib  beraman,  – 

debdi.  Chol  “Kir  qovoqqa”,  debdi.  To‘qmoqlar  ko‘zdan  g‘oyib  bo‘libdi. 

Chol shu kundan boshlab do‘stining kim ekanligini bilib olibdi. 

 

 



 

TULKI BILAN ECHKI 

 

Kunlarning 



birida 

ayyor 


tulki  yo‘lda  ketayotib  bir  qarg‘ani 

ko‘rib  qoldi.  Uning  qorni  juda  och 

edi.  Bir  hamla  bilan  qarg‘ani  tutib 

olmoqchi  bo‘lib  unga  o‘zini  otdi. 

Qarg‘a  turgan  joyda  chuqur  quduq 

bor  edi.  Nogаhon,  tulki  o‘sha 

quduqqa tushib ketdi. Suv kam edi, 

u  cho‘kib  ketmadi,  balandligi  bois 

u  yerdan  chiqib  ham  keta  olmadi. 

Barcha harakatlari bekor ketgan tulki endi nima qilish kerakligi haqida bosh 

qotira boshladi. Ittifoqo, o‘sha yo‘ldan bir echki o‘tib qoldi. U quduq bo‘yiga 

kelib qaradi va u yerda tulkini ko‘rdi: 

– E, tulki, u yerda nima qilib o‘tiribsan? 

–  Dam  olib  o‘tiribman, – javob  berdi  tulki.  –  Tepa  juda issiq, bu  yer 

salqingina ekan! Muzdek suv ichishni xohlaysanmi? 

Echki ham juda chanqab turgan edi. 

– Muzdek suv deysanmi? – so‘radi echki. 

– O! Qanday mazza! – javob berdi tulki. – Хohlasang, yonimga tush. 

Bu yerda ikkimizga ham joy yetarli. 

Echki quduqqa sakrab tushdi va dedi: 

–  Eh,  sen.  Salqingina  joyda  mazza  qilib  o‘tirgan  ekansan-da! 

Tulki esa bir sakrab echkining beliga, keyin yana bir sakrab quduqdan chiqib 

oldi. 

        Echki  quduqda  ochlikdan  o‘lib  ketishi  mumkin  edi.  Agar  u  shohlari 



yordamida bu yerdan chiqib olmaganida. 

 

 



ORZIGUL NEGA YIG`LADI? 

 

Bog`chadan  qaytayotgan  Orzigul  yo`l  chetidagi 



maysalar  orasida  yer  bag`irlab  yotgan  chuchmo`mani 

ko`rib, to`xtab qoldi. 

–  Yura  qolsang-chi,  uyga  kech  qolyapmiz,  – 

dedi opasi. 

– Mana bu gul o`rnidan turolmay yig`lyapti-ku,  

– deb joyidan jilmadi Orzigul. 



– Qani, men ham ko`raychi, – deb opasi uning oldiga keldi va dedi: – 

Voy, bu gulni kimdir oyog`i bilan bosib ketibdi. Endi uni uzib olish kerak. 

– Yo`q-yo`q... Uzib olmang, uning joni og`riydi. 

– Kech bo`lib qoldi, oyim xavotir oladi, yur ketdik, yur, – singlisining 

qo`lidan tortqiladi opasi. 

– Gulim-chi? 

– Uni uzib olaqol, uyga borib guldonga solib qo`yasan. 

– Shunda yana ko`karadimi? 

– Albatta. 

Orzigul  qo`lidagi  chuchmo`mani  opasi  aytgandek  qildi.  To 

uxlaguncha  ham  ikki-uch  marta  kelib,  gulidan  xabar  olib  ketdi. 

Ammo  ertalab  turib  guldon  yoniga  keldi-yu,  yig`lab  yubordi.  Chunki 

chuchmo`ma boshini egib, so`lib yotardi. 

Yoniga yugurib kelgan opasiga qarab nuqul, “Nega aldadingiz, nega?”  

– derdi piqillab. 

Gulga  ko`zi  tushgan  opasi  birdaniga  gap  nimada  ekanligini  angladi. 

Singlisini mahkam bag`riga bosarkan, gulni payhon qilib ketgan kimsani ich-

ichidan yomon ko`rib ketdi. 

 

MITTI UCHOQCHA 



 

Baland  tog`lar  tomonda  mittigina  aeroplan-

uchoqcha  bo`lgan  ekan.  U  qishin-yozin  dalalarga 

o`g`it  separ,  tog`  atrofidagi  hududlarga  geologlarni, 

o`rmonchilarni  olib  borib-olib  kelar,  tog`  yo`llari 

berkilib  qolgan  qorli-bo`ronli  kunlarda  odamlarga 

yuklarni ham tashib berar ekan. Yangi-yangi turdagi 

mashinalar  yaratilib,  tog`lar  bag`rida  keng  va  ravon 

yo`llar  ko`paygani  sayin  uchoqchaga  ehtiyoj  kamayib,  odamlar  uni  unuta 

boshlashibdi. 

U  ko`kka  parvoz  qilmay  qo`yibdi.  Osmondan  katta-katta  uchoqlar 

qanot kerib uchib o`tishsa, mittivoyning ularga havasi kelarkan. 

–  Eh,  oddiy  zambilg`altak  bo`lib  qolsam  ham  mayli  edi.  Hech 

bo`lmaganda  bog`lardagi  xazonlarni,  ko`cha-ko`ydagi  chiqindilarni  tashib 

turgan bo`lardim yoki oddiy ketmon, tesha bo`lsam ham yomon bo`lmasdi, – 

o`ylabdi u. 

Bir  kuni  tog`li  qishloqlardan  birida  kichkina  bolakay  betob  bo`lib 

qolibdi.  Yo`l  va  so`qmoqlarni  qor  bosibdi.  Mashina  va  traktorlar  qishloqqa 

ko`tarila  olimas  ekan.  Ot-ulovlar  muzlagan  tik  so`qmoqlardan  yurolmabdi. 

Shahardan yetib kelgan shifo¬korlar tashvishga tushib: 



–  Bunday  balanddagi  tog`li  qishloqqa  uchoqdan  boshqa  narsa  bilan 

borib  bo`lmaydi.  Kichik  qishloqchadagi  kaftdek  ochiq  maydonga  katta 

uchoqlar  qo`nolmaydi.  Mittigina  aeroplancha  “lip”  etib  havoga  ko`tarilib, 

“zip”  etib  maydon  sahniga  osongina  qo`nardi.  Betob  bolakayga  tez  tibbiy 

yordam ko`rsatib, zarur bo`lsa, aeroplanchada shifoxonaga olib ketar edik, – 

deyishibdi. 

Shunda odamlarning yodiga dastyor uchoqcha tushibdi. 

Shifokorlar  uchoqqa  o`tirib,  tog`lar  tepasidagi  baland  qishloqqa 

ko`tarilishibdi  va  bolakayga  darhol  tibbiy  yordam  ko`rsatishibdi. 

 

Yo`lingiz tushib, azim tog`lar etagiga borib qolsangiz, balandlarga bir qarab 



qo`ying.  Shunda  qanotlari  quyosh  nurlarida  yarqirab  uchayotgan  

uchoqchaga  ko`zingiz  tushadi.  U  kumush  qanotlarini  silkitib,  sizga  olis 

cho`qqilar uzra salom yo`llaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 152.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling