1-rasm. “Uz-TongHong KO” q/k ning boshqaruv tuzulmasi:
“Uz-TongHong Ko” q/k ning boshqaruv strukturasiga nazar tashlasak, uning boshqaruv boʻg‘inida jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishi turadi. Ular korxona aktsiyalarining haqiqiy egalari hisoblanadilar va oʻziga tegishli mulkka egalik qiladi. Ular quyi ikki boʻg‘in orqali boshqaruvni olib boradilar. Ular jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasidir. Bu ikki tomon bir-birining ishini toʻldirib boradi. Jamiyat kuzatuv kengashi uzluksiz ravishda xoʻjalikning faoliyatini tahlil qilib boradi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni esa taftish komissiyasi aniqlaydi. Taftish komissiyasi hech qaysi boʻg‘inni boshqarmaydi, oʻzi holi ravishda taftish natijalari pirovardida aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga hisob beradi.
Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonaning ijro organi jamiyat kuzatuv kengashining quyi boʻg‘ini boʻlib, u jamiyatda qabul qilingan qarorlar va normativlar hamda belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi. U oʻz navbatida bu ishlarni bosh direktori orqali amalga oshiradi. Korxona bosh direktori jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va u bilan bog‘liq boʻlimlar nazoratini barcha departament boshliqlari orqali amalga oshiradi. Korxonaning kuzatuv va boshqaruv hamda ishlab chiqarish boʻg‘inlari, shuningdek boʻlimlari juda ham aniq rejalashtirilgan.
"Uz-TongHong Ko" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona boshqaruvi oʻziga xos tashkil etilgan. Eng oliy boshqaruv organi aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Korxona kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi orqali boshqaruvni olib boradilar. Kuzatuv kengashi 3 kishidan iborat.
Qoʻshma korxonaning joriy faoliyatiga rahbarlikni ijroiya organ amalga oshiradigan boʻlib, asosiy javobgar bosh direktor hisoblanadi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |