Andijon davlat chet tillar instituti


Download 17.16 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi17.16 Kb.
#1799426
  1   2
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi 1 topshiriq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Mustaqil ish


Davlatimizni yosh avlodni tarbiyalash sog’lig’ini himoya qilish yo’lida olib borayotgan ishlari

Fan: Yosh fiziologiyasi va gigeniyasi


fakultet: ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik
Guruh: 409
Talaba: Qoxorov Azizbek
Davlatimizni yosh avlodni tarbiyalash sog'lig'ini himoya qilish yo'lida olib borayotgan ishlari
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar o‘zining ijobiy samaralarini berayapti. Mamlakatimizda inson va uning sihat-salomatligi haqida g’amxo’rlik qilish davlat siyosatining ustivor vazifasiga aylanib qolgan songgi yillarda aholi orasida sog’lom turmush tarzining hayotiy falsafasini shakllantirishga intilish bir oz bo’lsada jonlandi. Hozirgi kunda sog’lom turmush tarzi masalasi davlatimiz siyosati darajasida o’z yechimiga ega bo’lib bormoqda. Barkamol avlod tarbiyasi uchun intilish yo’lida tashkil etilayotgan qator sport musobaqalari, qurilayotgan sport inshootlari, olib borilayotgan ma’naviy, ma’rifiy tadbirlar, turli sog’lomlashtirish dasturining bajarilayotgani fikrimizning yorqi ifodasidir. Har tomonlama barkamol shaxsni – sog’lom avlodni voyaga yetkazish mamlakatimizda huquqiy davlati va fuqarolik jamiyatini barpo etish nuqtai nazaridan eng zaruriy negiz hisoblanadi. Haqiqatan, barkamol shaxsgina taraqqiy etgan demokratik davlatning haqiqiy faol fuqarosi bo’la oladi. Bu haqda yurtboshimiz: “Sog’lom avlod haqida gapirganda men, avvalo, nafaqat jismoniy shu bilan birga ruxan, fikri sog’lom, qat’iy irodali, yuksak ta’lim olgan, ma’naviy barkamol, jasur va fidokor o’z vatanini jonidan sevadigan insonlarni ko’zda tutaman”,- deb ta’kidlagan edilar. 2014-yilni mamlakatimizda «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilinishi barcha yurtdoshlarimiz tomonidanmamnuniyat bilan kutib olindi. Binobarin, davlat rahbarimiznig bunday oqilona qarorga kelishi mustahkam asoslarga ega. Boisi, mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimizda «sog'lom ona — sog'lom bola» masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Farzandlarimizning hech kimdan kam bo'lmay ta'lim-tarbiya olishlari, o'z bilim va iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada bugungi yosh avlod o'zining intellektual va jismoniy salohiyatlarini ishga solgan holda nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda zafar qozonib, yuksak marralarni qo'lga kiritmoqda. “Sog’lom bola yili” dasturi keng qamrovli dasturlardan biri hisoblanadi. Chunki bu masalada nafaqat bola salomatligi balki uning tarbiyasi, bilim saviyasi, madaniyatini va ma’naviyatini oshirish, dunyo qarashini kengaytirish, jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, bandligini ta’minlash, bo’sh vaqtlarini foydali va samarali ishlarga jalb qilish, qadriyatlarimizni singdirish, bundan tashqari, ona salomatligiga yanada e’tiborni kuchaytirish hamda oilada sog’lom muhitni yaratish va buning uchun shart-sharoitlar ko’lamini kengaytirish masalalarini qamrab olgan. Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab chiqilgan bu dasturlar orqali xalqimizning eng azaliy ezgu niyatlaridan biri - jismonan sog’lom va ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularning baxt-saodatini, yorug’ kelajagini ko’rish kabi istaklarini ro’yobga chiqarishga bel bog’lagan. Hozirgi kunga kelib esa bu dasturlarning yuksak samarasini xis qilmoqdamiz. Albatta, sog‘lom bolani tarbiyalashda aholining tibbiy madaniyati ham muhim o‘rin tutadi, bu masala hanuz dolzarbligicha qolmoqda. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar, avvalo shu muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan. Joriy yilda davlat dasturini amalga oshirish jarayonida bu ishlarning barchasi yanada yuqori darajaga ko‘tariladi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom, mustaqil fikrlay oladigan, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Dastur yetti bo‘lim va 125 banddan iborat bo‘lib, unda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan. Birinchi navbatda, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Bolalarni jismoniy va ma’naviy rivojiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Aholining sanitariyaepidemiologik barqarorligi to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risi”dagi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard so‘m va 302,9 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. Mazkur dasturning bajarilishi mamlakatimiz uchun asosiy maqsadi inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ladi. Mamlakatimizda prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab aholi salomatligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan e’lon qilingan "Oila yili", "Ayollar yili", "Sog’lom avlod yili", "Ona va bola yili", "Sihat-salomatlik yili", "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili", "Mustahkam oila yili" munosabati bilan qabul qilingan davlat Dasturlari o’zaro uzviylik kasb etdi. Bu olijanob maqsad yo’lida qilingan ulkan ishlar bolalarimizning sog’lom tug’ilishi va ulg’ayishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, qolaversa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlardir. Yangi 2014-yilning "Sog’lom bola yili" deb atalishi esa sog’lom ona – sog’lom bola umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirilishi lozim bo’ladigan yana bir qadam deyish mumkin. Xulosa qilib aytganda , “Sog’lom bola yili” davlat dasturiga kiritilgan vazifalar xar tomonlama xalqimizning turmush tarzini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, ijtomoiy tomondan qo’llabquvvatlash , bandligini ta’minlash, tinch va osuda hayotini muxofaza qilish va shu kabi yana bir qancha masalalarni hal qilishga qaratilgan. Yurtimiz qudrati, jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lomligiga bog‘liqdir. Bu tashabbus mamlakatimiz ahli tomonidan iliq kutib olinganligining sababi ham shundan. «Sog‘lom bola yili» davlat dasturi mamlakatimizda ona va bola skriningi, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida samarali bo‘lishiga to‘liq asos bor. Bundayhayotbaxsh islohotlarni amalga oshirishda esa, shubhasiz, yetuk kadrlar salohiyati muhim ahamiyat kasbetadi.Bir so’z bilan aytganda sog’lom bola yilining asosiy maqsad va vazifalari haqida gap borar ekan, “Farzandlari sog’lom yurt qudratili bo’lur, qudratli elning farzandlari sog’lom bo’lur” degan xikmatli iboragaalohida e’tibor qaratilgani bejis emas. Joriy yilning «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilinishi har tomonlama sog'lom avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarimizni izchil davom ettirgan holda, ularni yanada yuqoribosqichga ko'tarishdek ezgu maqsadga xizmat qilishi shubhasiz.

Download 17.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling