Zafar diyor (1912-1946) reja: Zafar diyor hayoti


Download 19.63 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1255408
Bog'liq
ZAFAR DIYOR


ZAFAR DIYOR (1912-1946)
REJA:
1. Zafar diyor hayoti
2. ijod mahsuli
Z afar Diyor 1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumanidagi Samsoqtepa qishlog'ida dehqon oilasida tug‘ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko‘chib keladi. Zafarning otasi dala ishlarida, onasi esa bosmaxonada mehnat qilardilar. 1927-yilda Zafar to‘liqsiz o‘rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o‘qishga kiradi. Texnikumda o‘qib, ko‘proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo‘lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari bilim yurti devoriy gazetasi sahifalarida ko‘rina boshlaydi.
Yigirmanchi yillar oxiri va o‘ttizinchi yillar boshlarida hozirgi „Tong yulduzi" gazetasida, „Yosh kuch“ va boshqa bolalar jumallarida ilk she'rlari chop etila boshladi. Zafar Diyoming birinchi she’ri yosh shoirlaming „Qurilish kuylari" to‘plamida bosilib chiqdi.
Ko‘p o‘tmay, uning birinchi she’rlar to‘plami „Qo‘shiqlar“ nomi bilan 1933-yilda nashr etildi. U Toshkent davlat pedagogika oliygohining til va adabiyot fakultetiga kirib, o‘qishni davom ettiradi. O‘zbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilari asarlarini qunt bilan o‘rganadi.

Zafar Diyor taniqli bolalar shoiri va dramaturg bo‘lgan. Shuningdek, jurnalistik faoliyat ham olib borgan, tanqidiy adabiy ocherklar yozgan va badiiy tarjimalar qilgan. 1941 yildan to umrining oxiriga qadar Zafar Diyor Respublika gazetasida mas’ul kotib hamda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Bolalar uchun yozgan sahna asarlarida ular o‘rtasidagi do‘stlikni ifodalagan.
Zafar Diyor 1912 yil Namangan viloyatining Chust tumanida, kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Avval eski maktabda ta’lim olgan va bolalar uyida tarbiyalangan. 1927 yildan o‘qishni yigitlar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston bilim yurtida davom ettiradi, 1933 yil esa uni a’lo baholar bilan yakunlaydi. Ushbu bilim yurtida adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib qoladi. 1941 yil Zafar Diyor Toshkent Davlat pedagogika institutini tamomlaydi.
1946 yil 14 aprel kuni vafot etgan.
Ko‘pgina she’rlari “Yosh kuch”, “Kolxozchi bolalar” kabi gazeta va oynomalarda chop etilgan. Uning ilk she’riy to‘plami 1938 yil “Qo‘shiqlar” nomi ostida chop etilgan. Tez orada, ketma-ket 1938 yil “Tantana”, 1939 yil “She’rlar”, 1942 yil “Bizning qurolimiz” va “Bizning oila”, 1944 yil “Sovg‘a” kabi to‘plamlari omma yuzini ko‘radi.
Zafar Diyor Ulug‘ Vatan Urushi yillari har xil janrlardagi she’rlarni yozgan. Uning “Qurol bering menga ham!” she’ri H.Olimjonning “Qo‘lingga qurol ol!” asari bilan taqqoslanadi. “Orzu”, “Temurchilar maktubi”, “Otam kelar yaqinda”, “Tabassum”, “To‘qqizinchi may” kabi she’rlari vatanparvarlik, do‘stlik kayfiyatiga to‘yingan bo‘lib, qahramonlik va fidokorlikka chaqiradi.
Uning dramatik asarlari orasida uch qismlik bolalar sahna asari juda mashhur: “Baxtli yoshlik” va “Uch og‘a-ini”. Asarda ijodkor bolalar do‘stligi va qardoshlik tuyg‘ulari haqida yozgan.
Vafotidan so‘ng, 1947 yil “Kichkina bog‘bon haqida doston”, 1948 yil “Chaman”, 1952 yil “Gunafsha”, 1954 yil “Asarlar”, 1958 yil “Qanotli do‘stlar va Suv bilan suhbat” she’riy to‘plamlari chop etilgan

BINAFSHA

Binafshaxon, binafsha


Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog‘ aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko‘ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!
Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling