Andijon Davlat peda


Download 0.5 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1580760
Bog'liq
Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna


Andijon Davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna tomonidan o’tkazilgan ochiq dars
B A Y O N N O M A S I

24.04.2023yil Andijon shahri


Qatnashdilar: Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. F.F.Doktori: S.N.Yusupova va kafedra o’qituvchilari X.Ikromov, Poziljonov.J va Axmedova. D


K U N T A R T I B I:

1. Ijtimoiy fanlar kafedrasi stajor o’qituvchisi Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna Matematika-informatika yo’nalishi I bosqich 101-guruh talabalariga Falsafa fanidan Mantiq bilish nazariyasining tadqiqot obe`kti sifatidamavzusida o’tkazilgan ochiq dars muhokamasi.


Eshitildi: Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. F.F.Doktori: S.N.Yusupova so’zga chiqib, kafedra stajor o’qituvchisi Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna Matematika-informatika yo’nalishi I bosqich 101-guruh talabalariga Falsafa fanidan «Mantiq bilish nazariyasining tadqiqot obe`kti sifatida” mavzusida ochiq dars o’tganini va bu darsda o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishganligini aytib o’tdi. Darsda ilmiy manbalarga asoslangan ma’lumotlari tabalar e’tiboriga aniq va sodda qilib yetkazildi hamda talabalar tomonidan yaxshi qabul qilindi va dars qiziqarli o’tildi. Bundan tashqari o’qituvchining nutq malakasi, texnikasi va yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olganligi, mavzu talabalarga mos ravishda ochib berilganligi, auditoriyani boshqarish qobiliyati to’g’risida ham to’xtalib o’tdi.


Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi X.Ikromov so’zga chiqib, Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna darsga yaxshi tayyorgarlik ko’rganligi, talabga javob berishini, axborot qo’lamini ko’p qirraliligi, darsga ijodiy yondoshishni, mavzuning maqsadi va vazifalarini talabalar ongiga izchillik bilan uzviy bog’liqlikda bayon qilganini ta’kidlab o’tdi. Bundan tashqari stajor o’qituvchi Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna darsni uslubiy-texnik jixatdan yaxshi tashkillashtirgan va darsda barcha talabalarni mashg’ulotga jalb qila oldi. Ma’ruzaning texnologik xaritasi, rejasi mavjud va mavzu bo’yicha slaydlardan foydalandi.
Eshitildi: So‘zga kafedra o‘qituvchisi J.Poziljonov chiqdi. U o‘z so‘zida Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna dars jarayonini yaxshi tashkil qilganligi, talabalar bilan ochiq muloqotni tashkil qilganligi shuningdek, biz yosh o‘qituvchilar va talabalar bilan ham sidqidildan ish olib borishi va o‘z tajribalarini o’rtoqlashib o‘z maslahatlarini berib kelishini ta’kidladi.
Qisqacha muhokamadan so’ng yig’ilish quyidagicha. QAROR QILADI
1. Ijtimoiy fanlar kafedra stajor o’qituvchisi Ma’murova Dilaferuz Avazbekovna Matematika-informatika yo’nalishi I bosqich 102-guruh talabalariga Falsafa fanidan «Mantiq bilish nazariyasining tadqiqot obe`kti sifatida” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars mashg’uloti yaxshi deb topilsin.
2. Ochiq dars oliy ta’lim talablariga javob beradi deb hisoblansin.
3. Ochiq dars tahlili asosida Ma’murova Dilaferuz Avazbekovnaning ochiq darsi umumiy __ ball bilan baholansin.


Yig’ilish raisi:

Kotib:
F.F.Doktori: S.N.Yusupova

X.Ikromov











Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling