2.3. Elektr maydon kuchlanganligini super pozitsiya prinsipi.
O'tkazgichdagi erkin zaryadlar. Barcha moddalar kabi o'tkazuvchilar
ham atomlardan tashkil topgan. Atom tarkibiga esa musbat zaryadlangan protonlar va manfiy zaryadlangan elektronlar kiradi. Normal holdagi
atom elektronevtraldir. Chunki atom yadrosidagi protonlar soni «electron qobig'ida», yadro atrofida aylanadigan elektronlar soniga teng boladi.
Elektronlar atom da yadroning elektr toitish kuchi ta ’sirida tutib turiladi. Lekin metallar shunday xususiyatga egaki, tashqi ta ’sir natijasida
elektronlar o'z atomlarini osongina tashlab ketishlari va boshqa atom
tom onidan tutib olinmaguncha erkin harakatlanishlari mumkin. O'z
atomlari bilan aloqani yo'qotgan elektronlarga erkin elektronlar deyiladi.
Ularning harakati betartib xarakterga ega boiib, temperatura ko'tarilishi bilan erkin elektronlarning harakat tezliklari ham ortadi. Metall
o'tkazgichda erkin elektronlarning konsentratsiyasi 102N n r 3 atrofida
boladi. Shu bilan birga elektronga qarama-qarshi yo'nalishda u tark
etgan atom, yani musbat ion ham harakatlanadi.
Elektrostatik maydonda o'tkazgich. Agar o'tkazgich tashqi elektrostatik maydonga kiritilsa, o'tkazgichdagi erkin zaryadlarga (elektronlarga va ionlarga) elektrostatik maydon ta’sir qiladi va musbatlari maydon
bo'ylab, manfiylari esa maydonga qarshi harakatga keladi.
Shunday qilib, elektrostatik maydonga kiritilgan neytral o btkazgich kuchlanganlik chiziqlarining bir qismini uzadi. Ular induksiyalangan manfiy zaryadlarda tugab, musbat zaryadlardan yana qayta boshlanadi. Induksiyalangan zaryadlar o'tkazgichning tashqi sirtida taqsim lanadi.Tashqi elektrostatik maydon ta ’sirida o’tkazgich ichidagi zaryadlarning qayta taqsimlanish
hodisasi elektrostatik induksiya deyiladi. 108- rasmdan ko‘rinib turibdiki, induksion 108- rasm. siyalangan zaryadlar maydon ta’sirida o‘tkazgichdagi zaryadlarning siljishi natijasida vujudga keladi va ular siljigan zaryadlarning sirt zichligi (a) deyiladi. O wtkazgich yaqinida elektr siljishi D siljigan zaryadlarning sirt zichligi o g a teng. Shuning uchun ham D vektor elektr siljish vektori deyiladi.
Elektrostatik himoya. Agar tok azgichga biror Q zaryad berilsa,
barcha zaryadlar o'tkazgich sirti bo‘ylab a zichlik bilan taqsim lanadi, ya’ni o'tkazgichning ichida hech joyda ortiqeha zaryadlar bolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |