Andijon davlat pedagogika instituti


Download 37.19 Kb.
bet4/8
Sana10.10.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1697018
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4. Аналитик кимё

13-mavzu. Amperometriya. Amperometrik titrlash, usulning mohiyati. Indikatorli elektrodlar. Indikatorli elektrod potensialini tanlash. Bir va ikki indikatorli qutblangan elektrodlar yordamida amperometrik titrlashlar, titrlash egrilarining ko‘rinishlari.
14-mavzu. Xromatografik analiz usullari. Xromatografiyaning moxiyati. Harakatli va harakatsiz fazalar hakida tushuncha. Harakatli va harakatsiz fazalar agregat holati, ajratish mexanizmi va ishlash mexanizmiga ko‘ra xromatografik usullarning klassifikasiyasi. Xromatografik analizni maqbullashtirish. Xromatografik sifat va miqdor analiz usullari.
15-mavzu. Mass-spektrometriya usuli. Mass-spektrometriya usuli, sinflanishi, analitik tavsiflari, ionlanish manbalari. Detektorlar; Faradey elektrometri va elektron ko‘raytirgich. Organik va noorganik kimyoda qo‘llaniladigan mass-spektrometrlarning farqi. Mass-spektrometriyaning noorganik moddalarning element tarkibini aniqlashda qo‘llanilishi. Organik moddalarning molekulyar massasini topish.
IV.Laboratoriya mashg‘ulotlari buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Talaba laboratoriya mashg‘ulotlarida tegishli fanlardan laboratoriya ishlarini bajaradi. Laboratoriya ishini bajarishdan avval o‘tilgan mavzulardan nazariy qismini koolokvium ko‘rinishida topshiradi.
Laboratoriya ishlari talabalarda “Analitik kimyo” fanini o‘zlashtirishda talaba reaksiyani amalga oshirishning shart-sharoitlari va bajarish usullari, eritmalar tayyorlash, bufer eritmalar va ularning xossalari, kompleks birikmalar, rangli birikmalar hosil bo‘lishi, xromofor nazariya, analiz uchun namuna olish, titrlash egrilarini tuzish, birgalashib cho‘kish, standart eritmalar, titrlash egrilari, ajratish va konsentrlash asoslari, nur yutilishining asosiy qonunlari, optik va elektrokimyoviy analiz usullarini tahlil va tadqiqot qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilishga yo‘naltirilgan.
Laboratoriya mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Analitik kimyo laboratoriyasida mehnat havfsizlik qoidalar. Analitik kimyo asboblari bilan ishlash

  2. I analitik guruh kationlarining xususiy reaksiyalari va aralashma analizi

  3. II analitik guruh kationlarining xususiy reaksiyalari va aralashma analizi

  4. III-analitik guruh kationlarining xususiy reaksiyalari va aralashma analizi.

  5. I-II-III-guruh kationlari aralashma analizi.

  6. IV-V-VI -analitik guruh kationlarining xususiy reaksiyalari va aralashma analizi.

  7. Anionlarning birinchi analitik guruhi, xususiy reaksiyalari va aralashmasi analizi.

  8. Anionlarning ikkinchi analitik guruhi, xususiy reaksiyalari va aralashmasi analizi.

  9. Anionlarning uchinchi analitik guruhi, xususiy reaksiyalari va aralashmasi analizi.

10. Quruq tuzlar aralashmasi analizi.
11. Sifat analizning fizik kimyoviy usullari. Xromatografiya.

  1. Analitik tarozi bilan ishlash. O‘lchov idishlarni hajmini aniqlash.

  2. Gravimetrik analiz. Sulfat ioni miqdorini aniqlash

  3. Asidimetriya. Xlorid kislotaning standart eritmasini tayyorlash. NaOH va Na2CO3 dagi Na miqdorini aniqlash.

  4. Alkalimetriya. NaOH standart eritmasini tayyorlash. NH4+ tuzlaridagi NH4+ miqdorini aniqlash.

  5. Permanganatometriya. KMnO4 ishchi eritmasini tayyorlash. Mor tuzidagi Fye2+ miqdorini permanganatometriya usulida aniqlash.

  6. Yodometriya. Ishchi eritmalar tayyorlash va ularni standartlash. CuSO4· 5H2O dagi Cu2+ miqdorini yodomitriya usulida aniqlash.

  7. Xloridlarni merkurometrik aniqlash.

  8. Kompleksonometriya. EDTA ninig 0.05 N eritmasini tayyorlash ZnSO4 standart eritmasi bialn standartlash. Eritmadagi Zn2+ ioni miqdorini kompleksonometrik aniqlash.

  9. Fotokolorimetriya. Fye3+ tuzidagi Fye3+ ioni miqdorini aniqlash.

  10. Atom-absorbsion spektrofotometriya. Temir miqdorini aniqlash

  11. Potensimetriya. Kuchli va kuchsiz kislotalarni potensiometrik aniqlash.

  12. Konduktometriya. Sirka kislotani bevosita konduktometrik aniqlash


Download 37.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling