Андижон Давлат тиббиёт институтида


II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi


Download 404.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.10.2023
Hajmi404.07 Kb.
#1696843
1   2   3   4   5
Bog'liq
2021 2022 АДТИ рейтинг Низоми 100 баллик

II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi 
4. Nazorat turlari, uni o‘tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan 
institutning markaziy uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har 
bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi.
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga 
ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari 
haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi. 
6. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim 
standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish 
nazarda tutiladi:
joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma 
darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan 
holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish,
uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha 
mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy 
ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda 
ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (og‘zaki so‘rov, test va hokazo) 



o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda (xaftalik o‘quv 
yuklamasi 4 soatdan kam bo‘lmaganda) belgilanadi; 
yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va 
amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. 
Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan og‘zaki so‘rov, test, 
OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov), OTS (ob’ektiv tizimlashtirilgan sinov) 
shakllarida o‘tkaziladi. 
“Nazorat turlarini o‘tkazishda xolislikni ta’minlash maqsadida talabalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning nazorat ishlariga institut tomonidan identifikatsiya 
kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.” 
7. Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan 
komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari 
buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta 
o‘tkaziladi. 
8. Institut rektorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi, ta’lim 
sifatini nazorat qilish bo‘limi (TSNQB), o‘quv–uslubiy boshqarma rahbarligida tuzilgan 
komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib 
boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor 
qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi. 
9. O‘quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko‘ra talabalarni 
keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.

Download 404.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling