Андижон Давлат тиббиёт институтида


Nazorat turlari bo‘yicha saralash ballari quyidagicha


Download 404.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.10.2023
Hajmi404.07 Kb.
#1696843
1   2   3   4   5
Bog'liq
2021 2022 АДТИ рейтинг Низоми 100 баллик

 
Nazorat turlari bo‘yicha saralash ballari quyidagicha; 
joriy nazoratga -50 ball (saralash bali – 28 ball); 
oraliq nazoratga -20 ball (saralash bali - 11 ball); 
yakuniy nazoratga -30 ball (saralash bali – 17 ball). 
Oraliq nazorat o‘tkazilmaydigan fanlardan xar bir nazorat turlari uchun saralash 
ballari quyidagicha; 



joriy nazoratga - 70 ball (saralash bali – 39 ball); 
yakuniy nazoratga - 30 ball (saralash bali – 17 ball). 
20. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir 
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng 
(umumiy balning 55% i, ya’ni 55 ball saralash bali). 
 
IV. Nazorat turlarini o‘tkazish muddati 
21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat 
tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat 
semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi. 
22. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli 
sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, 
navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘ngi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy 
nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. 
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, 
oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi 
o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ruxsatnomasi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng 
ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
23. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari 
ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida 
joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari yig‘indisi 55 baldan 
kam bo‘lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi. 
Institutda semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat 
turlarini har biri bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor 
hisoblanadi. 
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish 
uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba, 
fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar 
safidan chetlashtiriladi. 
24. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi 
natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan 
murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra 
rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi 
tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning 
o‘zida xulosasini bildiradi.
25.Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi 
hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma 
hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi. 

Download 404.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling