Andijon davlat tibbiyot instituti 101-guruh Stomatologiyaning talabasi Melijonov Saidabbosning tayyorlagan taqdimoti


Download 7.32 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.32 Kb.
#1542797
Bog'liq
YURAK FAOLIYATINIG FIZIK ASOSLARI. SUN’IY QON AYLANISH APPARATLARI. LABORATORIYA ISHI № 3. QON BOSIMINI KARATKOV USULIDA O’LCHASH.

Andijon davlat tibbiyot instituti 101-guruh Stomatologiyaning talabasi Melijonov Saidabbosning tayyorlagan taqdimoti

YURAK FAOLIYATINIG FIZIK ASOSLARI. SUN’IY QON AYLANISH APPARATLARI. LABORATORIYA ISHI № 3. QON BOSIMINI KARATKOV USULIDA O’LCHASH.

Reja:

  • Gemodinamika
  • Yurakning ishi va quvvati. Sun‘iy qon aylanish apparati.
  • Yurak fiziologiyasi

Gemodinamika (gemo... va dinamika )— tomirlarda qon oqishi; G. gidrostatik bosim tomirlar sistemasining turli qismlarida turlicha boʻlishi tufayli roʻy beradi (maʼlumki qon yuqori bosimli sohadan past bosimli sohaga tomon oqadi). Bunda asosiy omil yurak qisqarishlari boʻlib, oʻrtacha yoshdagi odamning yuragi har qisqarganda tomirlarga 60—70 ml yoki min.ga 4,5—5 l qon oʻtkazadi.
Yurakning min. lik hajmi deb ataladigan bu jarayon yurak-tomirlar sistemasi faoliyatining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Qon tomirlarining elastikligi, koʻkrak boʻshligʻida bosimning manfiy bulishi, diafragma va skelet muskullarining qisqarishi tufayli qon tomirlar sistemasida toʻxtovsiz oqib turadi. Shuning natijasida kon bilan toʻqimalar oʻrtasida muntazam ravishda moddalar almashinuvi roʻy beradi
Gemodinamika
Puls to'lqini 5-10 m/s va undan ortiqroq tezlik bilan tarqaladi. Demak, sistola davrida (0,3 s atrofida) u 1,5-3 m. masofaga tarqalishi lozim, bu masofa esa yurakdan qo'l va oyoqlargacha bo'lgan masofadan ortiqroqdir. Bu shuni bildiradiki, puls to'lqini fronti qo'l va oyoqlaming oxirgi nuqtalariga aortada bosimning pasayishidan oldin yetib boradi. Arteriyaning yon tomonidan sxematik ko'rinishi
Rasmda ko'rsatidgan:
    • a — puls to'lqini o'tgandan so'ng,
    • b — arteriya orqali puls to'lqinining o'tish payti,
    • v — arteriyada puls to'lqini mavjudligi,
    • g — ko'tarilgan bosimning pasaya boshlashi.
    • Katta arteriyalardagi puls to‘lqiniga qon oqishining pulsatsiyalangan tezligi mos keladi, ammo qonning tezligi (eng katta qiymati 0.3-0.5m/s) puls to'lqini tarqalish tezligidan sezilarli darajada kichikdir.

YURAKNING ISHI VA QUVVATI. SUN‘IY QON AYLANISH APPARATI.


Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanishsistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi. Yurakning qiyosiy morfologiyasi. Yurak qon tomirlarisistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi.
Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yurak vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yurak tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, 1-rasm.
Arteriyaning yon tomondan sxematik ko‘rinishi. soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yurak qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda yurak vazifasini qorin aortasi bajaradi.
Miokardda bir-biriga bogʻliq alohida muskul tolalari bor, ular Yurakning oʻtkazuvchi sistemasini tashkil etadi. Oʻng boʻlmacha devori, yuqori kovak venaning ochilish joyida kovak vena (sinus) "Kis Flyak" tuguni oʻrnashgan. Uning bir qism tolalari 3 tavaqali klapan asosi sohasida boshqa boʻlmachaqorincha (AshafTavar) tugunini hosil qiladi. Undan boʻlmachaqorincha (Gis) tutami boshlanadi.
Bu tutam qorinchalararo toʻsiqda oʻziga tegishli qorinchalarga boruvchi chap va oʻng oyoqlarga ajraladi. Oyoqchalar endokard tagida alohida Purkinye tolalari bilan tugallanadi. Aortaning boshlangʻich qismidan chiquvchi oʻnt va chap toj arteriyalari Yurakni qon bilan taʼminlaydi.
Yurakning yirik venalari, oʻng boʻlmachaga quyiladigan yurak sinusiga yigʻiladi (oʻng boʻlmachaga mayda venalar ham quyiladi). Yurakni adashgan va simpatik nervlar innervatsiya qiladi. Bundan tashqari. Yurak oʻziga xos impuls oʻtkazuvchi yoʻllarga ham ega.

Yurak fiziologiyasi


Yurak faoliyati miokardning ritmik qisqarishiga asoslangan. Yurak qisqarishi sistola, boʻshashishi diastola deyiladi. Yurak avtomatik tarzda qisqaradi.
Miokardning qisqarishini taʼminlaydigan impulslar Yurakning oʻtkazuvchi sistemasida hosil boʻladi. Kovak vena (sinus) tugunida normada minutiga 60—80 marta hosil boʻladigan bu impulslar avval boʻlmacha miokardiga tarqalib, undan boʻlmachaqorincha tuguni hamda Gis tutami va oyoqchalari orqali qorinchalar miokardiga oʻtadi va ular qisqarishiga sabab boʻladi.
Qorinchalarga oʻtish vaqtida impulslarning tezligi pasayadi. Shu sababli qorinchalarnikiga nisbatan boʻlmachalar qisqarishi ilgariroq tugallanadi. Yurakning qisqarish va boʻshashish davri Yurak faoliyati siklini tashkil etadi. Bu sikl boʻlmachalar sistolasi (0,1 sek), qorinchalar qisqarishi (0,33—0,35 sek) va umum (qorinchalar va boʻlmachalar bir yoʻla boʻshashish fazasi) pauza (0,4 sek)dan iborat
Boʻlmachalar qisqarganda ulardagi qon bosimi (oʻng boʻlmachada simob ustuni hisobida 1–2 mm dan 6–9 mm gacha, chap boʻlmachada 8–9 mm gacha) koʻtariladi. Natijada qon boʻlmachaqorincha teshigi orqali qorinchaga chiqadi. Boʻlmachalar qisqarganda qorinchalarga qonning faqat 30% i chiqib, 70% i umum pauza vaqtida bemalol oqib keladi. Qorinchalar sistolasi ham fazalarga boʻlinadi.
Qorinchalar bosimi oshganda boʻlmachaqorincha klapanlari yopiladi, lekin yarimoysimon klapanlari ochilmaydi. Bunda (izometrik qisqarish fazasi) qorinchalarning barcha muskul tolalari qisqarib, tarangligi tobora kuchayadi. Natijada qorinchalar bosimi aorta va oʻpka poyasidagi bosimdan ham oshgach, yarimoysimon klapanlar ochiladi; qon qorinchalardan tomirlarga otilib chiqadi; qonni haydash fazasi shu tariqa boshlanadi
Download 7.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling