- Surunkali kechadigan pulьpa yallig`lanishida rentgen tasvirida periodont to`qimasida periodontit xastaligiga xos bo`lgan o`zgarishlarni ko`rish mumkin. Periodont to`qimasining notekisligi, bir muncha kengayganligi surunkali kechuvchi gipertrofik pulьpit va surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun xosdir. Biroq, ko`p ildizli tishlar (molyar) ildizlarining ajralish (bifurkatsiya) sohasidagi qattiq to`qima strukturasidagi buzilish (destruktsiya), siyraklashish, yemirilish faqat granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontitdan darak beradi. Yuqorida zikr etilganlardan (pulьpitga davo) bizga ma’lumki, pulьpa yallig`lanishida davo usullari sut tishlari ildizlarining so`rilish yoki shakllanish holatini hisobga olgan holda tanlanadi. Ildizlarning u yoki bu holatini esa faqat rentgen tasviriga qarab aniqlanadi.
Tish pulpasida kechayotgan distrofik o`zgarishlar pulьpa va ildiz bo`shlig`i devorlarida dentikllarning hosil bo`lishi bilan bog`liqdir. Rentgen tasvirida hosil bo`lgan dentikllar och rangli pulьpa bo`shliqlarida qoramtir dumaloq donachalar shaklida aks etadi. (57- rasm). Ba’zan hosil bo`lgan qattiq strukturali dentikllar pulьpa bo`shlig`ida joylashgan nerv tolalarini siqib, nevralgiyaga xos og`riqlarni paydo qiladi. Xastalikni to`g`ri aniqlashda bizga faqat rentgen tasvirigina yordam beradi. Kamdan - kam hollarda rentgen tasvirida, ba’zan dentin to`qimasining ideopatik (favqulodda kuchli) so`rilish hollari ham uchraydi. - Tish pulpasida kechayotgan distrofik o`zgarishlar pulьpa va ildiz bo`shlig`i devorlarida dentikllarning hosil bo`lishi bilan bog`liqdir. Rentgen tasvirida hosil bo`lgan dentikllar och rangli pulьpa bo`shliqlarida qoramtir dumaloq donachalar shaklida aks etadi. (57- rasm). Ba’zan hosil bo`lgan qattiq strukturali dentikllar pulьpa bo`shlig`ida joylashgan nerv tolalarini siqib, nevralgiyaga xos og`riqlarni paydo qiladi. Xastalikni to`g`ri aniqlashda bizga faqat rentgen tasvirigina yordam beradi. Kamdan - kam hollarda rentgen tasvirida, ba’zan dentin to`qimasining ideopatik (favqulodda kuchli) so`rilish hollari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |