15-Amaliy mashg‘ulot Soatdagi suv sarfini aniqlash


Download 52.9 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi52.9 Kb.
#1499428
Bog'liq
15-амалий саноат


15-Amaliy mashg‘ulot
Soatdagi suv sarfini aniqlash
Sanoat oqova suvlarining notekislik koeffitsientlari katta chegaralarda o‘zgaradi va ishlatiladigan texnologik shartlarga binoan qabul qilinadi. Sanoat korxonalarining maishiy oqova suvlarining notekisligi ishchilar ishlaydigan sharoitga, ya’ni sexlarning turiga bog‘liq. Smena davomida “sovuq” sexlarda hosil bo‘ladigan oqova suvlar notekisligi 3,0 ga, “issiq”sexlardan hosil bo‘ladigan oqova suvlar notekisligi esa 2,5 ga teng. Smena davomida bu koeffitsientlarning qiymatlari kuyidagi jadvalda keltirilgan.

Sex turi

Smena soatlari

1-2

2-3

3-4

4-5

5-6

6-7

7-8

8-0

issiq

12,5

6,25

6,25

6,25

18,75

37,5

6,25

6,25

sovuq

12,5

8,12

8,12

8,12

15,65

31,25

8,12

8,12

Oqova suvlarni hisobli sarfi deb hisobli davrda tarmoq va inshootlarni maksimal o‘tkazish qobiliyatini ta’minlovchi sarfga aytiladi.


Tarmoq va inshootlarning hisobida kecha-kunduzlik, soatbay va sekundlik sarflar aniqlanadi. Odatda kecha-kunduz va soatbay sarf m³, sekund sarfi esa - litr birliklarida o‘lchanadi.
Maishiy oqova suvlarning hisobli sarflari qabul qilingan me’yorlar asosida quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi:
Qo‘r.kk = n· N / 1000, m3/kk; (85)
Qo‘r.s = n· N / 24·1000, m3/s; (86)
qo‘r.sek = n· N / 24· 3600, l/sek; (87)
Qmaks.kk = n· N Kkk / 1000, m3/kk; (88)
Qmaks.s = n· N Kum/ 24·1000, m3/s; (89)
qmaks.sek = n· N Kum / 24· 3600 , l/sek. (90)
Bu yerda n - bir kishidan hosil bo‘ladigan oqova suvlarning me’yori, l;
N - aholining hisobli soni, kishi;
Kkk - oqova suvlarni oqizishning kecha-kunduzlik notekislik koeffitsienti;
Qum - oqova suvlarni oqizishning maksimal notekislik koefitsienti.
Maishiy oqova suvlar aholining doimiy turar joylarida, vaqtinchalik turar joylarida (mexmonxonalarda, vokzallarda, davolanish va dam olish maskanlarida), madaniy maishiy muassasalarda va ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladi. Oqova suvlar sarfi ikki uslub yordamida: yuqorida keltirilgan tenglamalar asosida va oqizish moduli orqali aniqlanishi mumkin. Bu uslubda oqova suvlar miqdori aholi yashash joylarining maydoniga praporsional hosil bo‘lishiga asoslangan. Oqizish moduli:
Q0 = n · p / 86400
Bu yerda n - maishiy oqova suvlar me’yori, l/kishi k-k;
Sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan maishiy oqova suvlar alohida hisobga olinadi. Hisobli sarflar eng ko‘p ishchi ishlaydigan smena uchun quyidagicha aniqlanadi:
= (92) Qmaks.sm =
Qmaks.sek = 25 N3 Ks + 45 N4 K s
T 3600
Bu yerda N1, N2 - “sovuq” va “issiq” sexlarda ishlaydigan ishchilar soni;
N3, N4- Maksimal smenada “sovuq” va “issiq” sexlarda ishlaydigan ishchilar soni;
T- smena davomiyligi.
Dushlarda hosil bo‘ladigan oqova suvlarning hisobli sarfi quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi: Qkk = 500 Ns / 1000; (95)
qmaks.sek = 500 Ns / 45· 60; (96)
Bu yerda - Ns dush to‘rlarining soni, ishlab chiqarish toifasiga bog‘liq, dush qabul qiluvchilar sonidan kelib chiqadi; 45 bir soat davomida dushning ishlash muddati, min.
Ishlab chiqarish oqova suvlarining xisobli sarflari mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi va me’yorlarga bog‘liq.
Qk-k = m · M; (97)
qmaks.sek = m · M1· 1000 Kc / T · 3600; (98)
Bu yerda m - mahsulot ishlab chiqarishda oqova suv me’yori m³,
M - ishlab chiqarish unumdorligi;
M1 - maksimal smenadagi ishlab chiqarish unumdorligi;
T - ishlab chiqarish davomiyligi.
Download 52.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling