Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Abdumannonov Saloxiddin
Download 1.86 Mb.
|
1186647 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili
Bu tariqa dentin qatlamining so`rilishi (rezorbtsiya), tish kovagining ichki qismidan boshlanishi ajablanarlidir. Gistologik tadqiqotlar tish pulьpasida bunday paytda qo`shuvchi to`qima elementlarining ko`payganligini, unda qon tomirlarga boy bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil bo`lganligini va uning atrofini odontoblast hujayralari o`rab olganligini ko`rsatadi. So`rab - surishtirilganda ayrim hollarda xastalangan tish bir paytlar kuchli mexanik ta’sirot ostida bo`lganligini aniqlash mumkin.
Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili
Ayrim hollarda cho`qqi teshigi atrofidagina periodont tirqishining ozroq kengayganligi kuzatiladi. Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodont yallig`lanishida uni o`rab turuvchi qattiq to`qimalar (tsement, dentin, alьveola suyagi, g`ovak suyak) kuchli yemirilish jarayoniga uchraydi. Tish ildizining sathi o`zining silliqligini yo`qotib, unda o`ydim chuqurlar hosil bo`ladi va jimjimali shaklni oladi. Rentgen tasvirida tish ildiznning cho`qqi sohasida parodont to`qimasi (me’yordagi holati)ning buzilganligini, alьveola kompakt suyagining yemirilishini ko`ramiz. Ildiz cho`qqisini o`rab turuvchi suyak to`qimasining notekis to`lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi oqibatida suyakning jarohatlangan zonada nur o`tkazish qobiliyati kuchayganligi kuzatiladi.
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling