Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob
Download 48.98 Kb.
|
2 5224645166589022944
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob
KAZUS 1 Fuqaro L.Asadov Toshkent shahar ma'muriy sudiga murojaat qilib, arizada keltirilishicha, muqaddam u pensiya rasmiylashtirish maqsadida topshirish lozim bo‘lgan hujjatlarni arxivlardan yig‘ib, tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilganligi, tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi uning 02.02.1993 yildan 01.04.2000 yilga qadar «Uzstroymaterialkontrakttorg» RKBFda amalga oshirilgan mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar fuqaro tomonidan to‘liq taqdim etilmaganligi sababli, uning stajini hisoblashda ushbu yillarni hisobga olinmasligini bildirgan, uning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar mansabdor shaxslar hamda bunga javobgar bo‘lgan xodimlar tomonidan tegishli tartibda yuritilmaganligi sababli, fuqaro mehnat sharoiti va stajiga nomunosib pensiya olishga qarshiligini bildirib, suddan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limining 17.09.2009 yildagi 200/4-sonli qarorini haqiqiy emas deb topib, Toshkent shahar Yunusobod tuman pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxslarining 02.02.1993 yildan 01.04.2000 yilga qadar «Uzstroymaterialkontrakttorg» RKBFda stajini inobatga olishni rad etish ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topib, uning “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning bir qator huquqlari buzilganligini xususan pensiya tayinlashda manfaatdor shaxsligi bois pensiya tayinlash masalasi majlis tartibida amalga oshirilishi kerakligini bildirib, nizoli stajlarni tasdiqlab berish majburiyatini yuklashni so‘ragan. Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob: Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. (Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeks// 26-modda). Bu holatda pensiya jamg’armasi ma’muriy organ bo’lganligi sababli, ish ma’muriy sudga taalluqli bo’lishi mumkin Mehnat stajini tasdiqlash bo’yicha nizo mehnat nizosi bo’lganligi sababli, bu ish Fuqarolik ishlari bo’yicha sudda ko’riladi. Asos: Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir: fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar. (FPK 26-modda) Download 48.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling