Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Download 48.98 Kb.
|
2 5224645166589022944
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-moddasi Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi
- -“mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi”
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi bo‘yicha va qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yuqoridagi moddaga asosan tadbirkor albatta o’z faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tkazishi talab qilinadi va qoida tariqasida tegishli davlat organini xabardor qilishi kerak bo’ladi. Aholining e’tirozlari masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, yer berish bo’yicha hokimda vakolat yo’qligi haqidagi e’tirozi o’rinli emas, chunki O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunning 10-moddasi Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi: Viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu subyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor qilishga haqli. Bundan ma’lum bo’ladiki, tuman hokimi fuqarolarga foydalanish uchun, ya’ni tadbirkorlik yuritish uchun yer berishga vakolati bor. Tuman hokimi vakolat doirasidan chetga chiqmagan holda tadbirkorga yer aratdi. Aholining cho’chqaxonadan chiqayotgan badbo’y hid va cho’chqachilik faoliyati aholi yashash manzillaridan uzoqda joylashishi kerakligi bo’yicha bildirgan e’tirozlari mutlaqo o’rinlidir. Bunga asos sifatida O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi to’g’risida”gi qonunning 9-moddasida tadbirkorlarga faoliyati davomida bir qancha majburiyatlar yuklatilgan bo’lib, ular qatorida quyidagi: -“mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi” majburiyati ham yuklatilgan. Undan tashqari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga binoan, “fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasligi shart”ligi bayon qilingan. Bundan shuni anglashimiz mumkinki, fuqaro erkin tadbirkorlik qilish huquqi bor va bu huquqini qo’llash davomida boshqa shaxslarga (yuqoridagi masala bo’yicha aholiga) ziyon yetkazmasligi lozim. Xulosa qilib aytganda, tuman hokimi tadbirkorga qonuniy tarzda yer ajratgan va o’sha hududning iqtisodiy holati, ya’ni tadbirkorlik subyektlarini ko’paytirish aholiga iqtisodiy tomondan foyda keltirishi hisobga olingan, lekin cho’chqaxonadan badbo’y hid taralib, aholiga zarar yetkazish masalasi hisobga olinmagan. Cho’chqachilik faoliyatini aholi yashash manzillaridan uzoqda tashkil qilish maqsadg muvofiq bo’ladi. Aholi hokimdan ushbu tadbirkorlik faoliyatini to’xtatish bo’yicha shikoyat qilishi o’rinli va bu shikoyat qanoatlantirilishi lozim. КАЗУС № 5. Фуқаро Б.Алимовга Тошкент вилояти Бўстонлиқ тумани ҳокими томонидан тумандаги “Илдизий” маҳалласида жойлашган эски мактабга туташ худуддаги ер участкасини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш учун ажратиш ҳақида 30.03.2016 йилда №440 сонли қарори чиқди. 2020 йил туман ҳокими ишдан олиниб янги ҳоким тайинлангандан сўнг худуднинг инвеститциявий жозибадорлигини ошириш мақсадида фуқаро Б.Алимовга ободонлаштириш учун ажратилган ер участкаси тадбиркор Г.Гулиевга пояфзал цехи қуриш учун ажратиб берилди. Туман ҳокими қароридан норози бўлган фуқаро Б.Алимов вилоят ҳокимига мурожаат қилиб туман ҳокими томонидан қабул қилинган қарор қонунга зид эканлигини, ободонлаштириш мақсадида берилган ерлар тадбиркорлик учун берилмаслигини ҳамда ҳоким хатти-ҳаракатлари “Маъмурий тартиб-таомиллар тўғрисида”ги қонуннинг бир қатор нормаларига номутаносиб қабул қилганлигини таъкидлади. Download 48.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling