Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Download 48.98 Kb.
bet6/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

Javob
Birinchi vaziyatga keladigan bo‘lsak bu holatdagi ma`muriy munosabat nima va ma`muriy munosabatning subyektlari kimlar, obyekti, mazmuni nima?
Ikkinchi holatga keladigan kelsak, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi qarori o`rinlimi?
Birinchi muammoga javob beradigan bo`lsak, yakka tadbirkor Dalayev ning bilan O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi bo’lgan munosabati ya’ni ma’muriy huquqiy munosabat hisoblanadi. Lekin yakka tadbirkor Dalayevning sudga murojaat qilishi bilan bog’liq bo’lgan munosabatini ma’muriy huquqiy munosabat deb hisoblay olmaymiz. Chunki sud bu davlat boshqaruv organi ya’ni ma’muriy organlar qatoriga kirmaydi. Chunki sud davlat boshqaruvi bilan bog’liq bo’lgan farmoyish berish va ijro etish faoliyatini amalga oshira olmaydi va imperativ (umumajburiy) xususiyatga ega bo’lgan qarorlar qabul qila olmaydi, ularning chiqargan qarorlari faqat bir shaxsga yo’naltirilgan bo’ladi. Lekin O`zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo`mitasi esa davlat boshqaruvi organiga kiradi. Shuning uchun Dalayevning Turizm qo`mitasi bilan bo`lgan munosabatini ma’muriy huquqiy munosabat deb olishimiz mumkin.
Ma`muriy huquq munosabat subyektlari- yakka tadbirkor Dalayev, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi
Obyekt- O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi litsenziya to`g`risidagi qarori
Mazmuni- O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi litsenziya tugatish to`g`risidagi qarorining asosli yoki asossizligi.
Ikkinchi vaziyatga javob beradigan bo`lsak, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi qarorori qanchalik to`g`ri? “Turizm” to`g`risidagi qonunning 5-bobi 20-moddasida shunday deyiladi: 1.turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyatdir.
2.Turistik mahsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turoperatorlik faoliyatidir.
3.Turistik mahsulotni targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turagentlik faoliyatidir.
4.Turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatni vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
5.Turoperatorlar va turagentlarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
6.Ekskursiya faoliyati yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan va joylashtirishga (tunab qolishga) doir xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutmaydigan, madaniy meros obyektlari, diqqatga sazovor joylar va boshqa obyektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalar tashkil etishga doir turistik faoliyatning elementidir.
Bu qonunning 6-qismi ayniqsa kazusga javob bo`ladi. Ya`ni ekskursiya faoliyati 24 soatdan oshmasligi va tunab qolishni nazarda tutmasligi kerak.Yakka tadbirkor Dalayev sayyohlar uchun joyni bron qilmasligi kerak edi. Bu uning xatosi. Shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash “ to`g`risidagi qonunning 23-moddasida litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda litsenziya tugatiladi deyiladi. Bu yerda yakka tadbirkor Dalayev litsenziya to`g`risidagi qonunni qo`pol ravishda buzdi. , O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi litsenziyani tugatish to`g`risidagi qarori o`rinlidir.

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling