Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Download 48.98 Kb.
bet3/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

KAZUS № 3.
Fuqaro G.G. 1992 yil 30 avgustdan 1994 yil 5 iyulga qadar Toshkent yuridik kollejida o`qigan. 1994 yil 18 oktyabrdan 1999 yil 22 aprelga qadar harbiy sudda turli lavozimlarda ishlagan. 1999 yil 22 apreldan shartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilingan. Mudofaa vazirligining 2003 yil 6 yanvardagi 45-sonli buyrug`i bilan G.G.ga adliya leytenanti maqomi berilib, u ofiserlar tarkibiga kiritilgan. Mudofaa vazirligining 2017 yil 6 maydagi 0262-sonli buyrug`iga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining 2017 yil 31 maydagi 111-sonli buyrug`i bilan G.G. harbiy xizmatdan zaxiraga bo`shatilgan. Mudofaa vazirligining Maxsus komissiyasi tomonidan G.G. o`rta-maxsus o`quv yurtida o`qigan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlagan davrlari uning harbiy xizmatni o`tagan muddatiga qo`shib hisoblanmagan. Shu sababli, G.G. javobgar Mudofaa vazirligi maxsus komissiyasi a’zolarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topib, javobgar zimmasiga harbiy xizmat davriga uning o`rta-maxsus o`quv yurtida o`qigan davrini hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlagan davrlarini uning ish stajiga qo`shish majburiyatini yuklashni so`ragan. Shahar ma’muriy sudining hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan
Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling.
Javob.
Avvalo, bir nechta savollarga javob topishimiz kerak.

  1. Yuqoridagi vaziyat qaysi huquqiy munosabat doirasiga kiradi?

  2. Fuqaro G.G ning ushbu holat bo’yicha ma’muriy sudga Mudofaa vazirligi maxsus komissiyasi ustidan ariza bilan qilgan murojaati to’g’rimi?

  3. G.G ning o`rta-maxsus o`quv yurtida o`qigan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlagan davrlari uning harbiy xizmatni o`tagan muddatiga qo`shib hisoblanmasligi huquqiy asosga egami?

  4. Shahar ma’muriy sudining arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonuniymi?

1)Ushbu vaziyatga e’tibor qaratsak, uning subyektlaridan biri Mudofaa vazirligining 2017 yil 6 maydagi 0262-sonli buyrug`iga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining 2017 yil 31 maydagi 111-sonli buyrug`i bilan harbiy xizmatdan zaxiraga bo`shatilgan fuqaro G.G. Ikkinchi tarafda esa Mudofaa vazirligining Maxsus komissiyasi ushbu holat subyekti bo’lmoqda. Bu yerda Mudofaa vazirligining Maxsus komissiyasi davlat bishqaruv faoliyatining tashqi ko’rinishini amalga oshirishga vakolatli organ sifatida qatnashmoqda. Ya’ni, Mudofaa vazirligining Maxsus komissiyasi G.G uchun muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan ma’muriy hujjat chiqarish vakolatiga ega. Demak, subyektlardan biri ma’muriy organ sifatida ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo’lgan Mudofaa vazirligining Maxsus komissiyasidir.
Ushbu muammoli vaziyatni bemalol ma’muriy-huquqiy munosabat doirasiga kirita olamiz.
Ma’lumki, ma’muriy-huquqiy munosabatlar doirasidagi muammoli holatlarni ma’muriy sudlar hal qiladi. Fuqaro G.G yuqoridagi holat yuzasidan shahar ma’muriy sudga murojaat qilib adashmagan.
3. Bevosita G.Gning harbiy xizmatni o’tagan muddati qanday hisoblanishiga to’xtalamiz. Bunda biz 2019-yil 12-sentabrda qabul qilingan O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING HARBIY XIZMATNI O‘TASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA" qarori asosida tahlilni amalga oshiramiz.Ushbu qarorga 1-ILOVA sifatida beilgan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida"gi NIZOMdagi 2-§ (paragraf)da harbiy xizmat turlari berilgan.

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling