Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Download 48.98 Kb.
bet14/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

Uchinchi muammo Аризада фуқаро А.Ашёев Тошкент шахрида ишлаганлиги туфайли унинг турмуш ўртоғини ўқишини кўчириш узрли сабаб деб ҳисобланишини ва унинг ўқишини кўчиришга рухсат берилишини сўради. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq:
Talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin”. Lekin shu eslatib o’tish lozimki, bizda fuqaro Ashyoyev, Toshkent shahrida doimiy ro’yhatdan o’tgan yoki o’tmaganligi yuzasidan ma’lumot mavjud emas. Agar ushbu holatda Toshkent shahrida doimiy ro’yhatdan o’tgan deb hisoblasak, uning arizasida keltirilgan sabab uzrli hisoblanadi.
Keyingi holatda esa, ushbu turdagi uzrli sabablari mavjud bo’lgan hollarda, murojaat etish muddati shunga mos ravishda belgilangan ya’ni:
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar amalga oshiriladi (yuqorida keltirib o’tilgan sabablar mavjud bo’lganda);
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Demak, vaziyat yuzasidan xulosa qilsak, fuqaro arizasida ko’rsatilgan sabab bo’yicha o’qishni ko’chirish uchun 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar murojaat qilishi mumkin.
To’rtinchi muammo, Ma’muriy organ tomonidan nizom talablariga mos kelmaydigan asosning keltirilishiga oid. Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan qaroriga muvofiq. Oliy ta’lim vazirligi belgilab qo’yilgan qoidalar bo’yicha ish olib borishi lozim edi, ammo, vazirlikning fuqaro Ashyoyevning турмуш ўртоғининг ўқишини кўчириш оширилган контракт асосида амалга оширилишини билдирishi qonunga hilof hisoblandi, ya’ni, vazirlik o’ziga o’zi qoida chiqarib olinishi kuzatilmoqda. Ushbu holatga yechim berish uchun “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi qonunning bir qator nomalariga to’xtalib o’tsak. Ushbu qonuning 54-moddasi (Ma’muriy hujjatning asosliligi)bo’yicha:
Ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan ma’muriy hujjatning barcha haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak.
Ma’muriy hujjatni asoslantirish chog‘ida ma’muriy organ tekshirilmagan yoki ma’muriy ish yuritish jarayonida ma’muriy ishga qo‘shib qo‘yilmagan yoxud ma’muriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar ma’muriy hujjatni qabul qilishda ma’muriy organga ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) berilgan bo‘lsa, ma’muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida u yoki bu ma’muriy ixtiyoriylikka (diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab bo‘lgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etiladi. Bunda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatning ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak”. Ya’ni, ma’muriy organ tomonidan chiqarilgan qaror yuqoridagi norma qoidalarini inkor etmoqda. Shu bilan birga ushbu qonunning 59-moddasi(Ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish)ga binoan:
Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling