Ikkinchi masalada, komissiya tomonidan talab etilgan soliq to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma ushbuishdagi ahamiyati xususda ketyapti. Demak, ma‘muriy tartib taomillar to‘g‘risidagi qonun 35-moddasi: Ma’muriy organ faqat ma’muriy ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi. Shundan xulosa qilsak bo‘ladiki, komissiya to‘g‘ri talab qo‘yayapti.
Uchunchi masalaga kelsak, soliq kodeksining 121-moddasi ushbu masalaga yechim bera oladi. Unda ta‘kidlanishicha : Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish yer solig‘ining summasiga ekvivalent miqdorda: jismoniy shaxslarga — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Demak, fuqaro 3 yilning har bir yili uchun yer solig‘ining 3 baravarida jarima to‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |