Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Download 48.98 Kb.
bet21/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

KAZUS №15.
Toshkent shahar Olmazor tumani Istiqlol ko‘chasi 11-uy 1-xonadonda yashovchi fuqaro N.Usmanov 2015 yil o‘zi yashaydigan 1-qavatda joylashgan xonadoniga tutash hududa yashash uchun mo‘ljallangan imorat qurgan. N.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyiga mulk huquqini e'tirof etishni so‘rab, tuman hokimiyati huzuridagi komissiyaga DXA orqali murojaat qilgan. Lekin DXA xodimi komissiya mazkur holatni o‘rganib chiqib, uni taqdim etgan hujjatlarida kamchiliklar borligini, shuningek o‘tgan davr mobaynida mazkur imorat uchun soliq to‘langanligi haqida ma'lumotnomani taqdim etishi hamda arizani ko‘rib chiqqanlik uchun tegishli yig‘imni to‘lashi kerakligini vaj qilib, hujatlarni qaytardi. Lekin N.Usmonov mazkur imorat ro‘yxatdan o‘tmaganaligi sababli soliq to‘lamaganligini aytib, hujjatni komissiyaga taqdim etishini talab qildi. N.Usmonovning hujjatlari mazkur komissiya tomonidan o‘rganib chiqilib, uni bu aksiyada qatnashish huquqi yo‘qligini aytib, uning arizasini rad etdi.
Vaziyatga qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho bering.
Javob:
Mazkur kazusga yechim berishdan oldin undagi muommolarga to‘xtalib batafsil ularni yoritib berishga harakat qilaman.
Davlat organining xususiy shaxs tomonidan taqdim etgan xujjatini qanday hollarda qaytarishhuquqiga ega?
Komissiya tomonidan talab etilgan “ soliq to‘laganlik to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma ” ushbu ishniyechish uchun ahamiyati kattami?
N.Usmonov o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirgan yerida 3 yil davomida soliq to‘lamaganligi uchun qonunchiligimizda bu xususda qanday tartib o‘rnatilgan?
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MA’MURIY TARTIB-TAOMILLAR TO‘G‘RISIDA
Qonunning 37-moddasida: Ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turish deb atalgan bo‘lib, unga ko‘ra “xatolarni to‘g‘rilash va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati berilganda” degan qismkiritilgan. Kazusda esa hujjatda kamchiliklar bo‘lganligi uchun rad etdi deyilgan. Yana ushbuqonunning 32-moddasi rad etish deb atalib, ushbu moddada kazusda rad etilgan holat berilmagan.Demak , komissiya “rad etish” emas balki “ to‘xtatib turishi” mumkin.

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling