Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob
Vaziyatga qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho byering
Download 48.98 Kb.
|
2 5224645166589022944
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi muammo
- Mahalliy davlat hokimyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi 15-bandida
- Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasi
- Ikkinchi muammoga
- Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
- Uchinchi muammo
Vaziyatga qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho byering.
Kazusni yechishda IRAC tehnologiyasidan foydalanamiz. Yuqoridagi vaziyatda asosiy muammolar: 2019 yil 20 mart kuni Kattaqo'rg'on tuman hokimi tomonidan tadbirkor Q.Toshpo'latovaga buzilgan dorixona o'rniga «Kattaming» mahallasi hududidan 150,0 kv.myetr yer tanlash va ajratish haqida №1296-Q-sonli qarori chiqarishi huquqiy asosga egami? Tanlanayotgan yer bo'yicha hokimlik va tadbirkor kelishuvga erishilmaganligi Turli sabablarga ko‘ra tadbirkorni o‘z yashash hududidan ajratilgan hududning tadbirkorlik uchun noqulayligi sababli boshqa hududdan yer ajratishni so‘rab murojat qilishi. Foydalaniladigan qonun hujjatlari: O‘zbrkiston Resspublikasi Konstitutsiyasining, Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonun, “Mahalliy davlat hokimyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonun, “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 511-son qarori, “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida” Nizom. Birinchi muammo yuzasidan so‘z so‘z yuritar ekanmiz O‘zbrkiston Resspublikasi Konstitutsiyasining 99,104-moddalariga murojat qilamiz. “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashla hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”1 hamda “Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi”2. Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi 15-bandida “Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonunchilikda o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi” deb belgilangan. Shuning bilan bir qatorda Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasi 2-so‘zboshida “Yozma ma’muriy hujjat ma’muriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial organ a’zolari tomonidan imzolanadi va ma’muriy organning muhri bilan tasdiqlanadi” deb belgilangan. Yuqoridagilardan xulosa sifatida aytish mumkinki, 2019 yil 20 mart kuni Kattaqo'rg'on tuman hokimi tomonidan tadbirkor Q.Toshpo'latovaga buzilgan dorixona o'rniga «Kattaming» mahallasi hududidan 150,0 kv.myetr yer tanlash va ajratish haqida №1296-Q-sonli qarori chiqarishi huquqiy asosga ega. Ikkinchi muammoga yechim berish uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 511-son qaroriga murojat qilamiz. Ushbu qarorning a bandiga muofiq: “davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan hamda yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlariga binoan amalga oshiriladi” deb belgilangan. Shu bilan bir qatorda, ushbu qarorning v bandida: “yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbuskori hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining mulkdori o‘rtasida tuziladigan yerni olib qo‘yish munosabati bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi” deb belgilangan. Shuningdek, “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 3-band 2-so‘zboshiga muofiq: “Ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlarining yer uchastkasi olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qarori asosida tashabbuskor hamda mulkdor o‘rtasida Kelishuv tuzilganidan hamda Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiya berilganidan so‘ng qabul qilinadi” deyilgan. Bundan xulosa shuki tanlanayotgan yer bo‘yicha va kompensatsiya bo‘yicha mulkdor bilan kelishuvga erishilmaganligi sababli hokimlikning ushbu hatti-harakati qonunga zid hisoblanadi. Bunga yana bir isbot sifatida “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishining b bandi birinchi so‘zboshida: “davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yilishi” belgilangan. Uchinchi muammo yuzasidan so‘z yuritar ekanmiz, bu yerda ikki tomon o‘rtasida nizo kelib chiqqanini aniq. Chunki mulkdor hokimlik bergan yerdan norozi va buninng ustiga ortada mulkdor bilan kelishuvga ham erishilmagan. Bunday xolatda “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 62, 63-bandlariga muofiq muammo sud tartibida xal qilinadi. Shuni ham takidlash joizki, “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishining b band 3-so‘zboshiga muofiq fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma’muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi belgilab qo‘yilgan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, Turli sabablarga ko‘ra tadbirkorni o‘z yashash hududidan ajratilgan hududning tadbirkorlik uchun noqulayligi sababli boshqa hududdan yer ajratishni so‘rab murojat qilishi huquqiy asosga ega. Umumiy xulosa shuki, yuqoridagi holatda hokim davlat va jamiyat extiyojlari uchun tadbirkorning mulkini olish to‘g’risida ma’muriy akt chiqargan. Ammo ushbu ma’muriy qonuniy tartibga amal qilmaganligi sababl bekor qilinishi kerak. Chunki tadbirkor bilan kelishuvga erishilmagan. Hamda unga mulk to‘liq kompenstsiya qilib berilmagan. Download 48.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling