Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Мазкур муаммоли вазиятни қонун ҳужжатларига асосланган ҳолда таҳлил қилинг


Download 48.98 Kb.
bet16/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

Мазкур муаммоли вазиятни қонун ҳужжатларига асосланган ҳолда таҳлил қилинг.
Javob:
Ushbu kazusga javob berish uchun, avvalo, muammoli savollarni aniqlashtirib olishimiz zarur.

  • Hokimlik zaxirasidagi yer nima?

  • Tuman prokuraturasi keltirgan asoslar hokim qarorini bekor qilish uchun asos bo’la oladimi?

O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 78-moddasiga muvofiq “yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlar hamda ushbu Qonunning 8-moddasida keltirib o’tilgan yer turlaridan biriga kirmagan yerlardir. Zaxira yerlar tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi”. Demak, yuqoridagi qoidaga ko’ra zaxiradagi yerlar hokimlik tasarrufida bo’ladi. Hamda uni hokimlik O.Ravshanovga “Yoshlar guzari” barpo etish hamda ushbu yerdan foydalanishga berish huquqiga ega.
Yana bir savol kelib chiqadi, Ravshanovga foydalanishga berilgan yerga bo’lgan foydalanish huquqi vujudga kelishi uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Yer kodeksining 33-moddasiga ko’ra “Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasi berish (ajratish) to‘g‘risidagi qaroriga asosan beriladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi”. Ro’yxatga olish esa Davlat kadastrlari to’g’risidagi qonunning 13-moddasi 4-qismiga ko’ra: “Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir”. Ya’ni Ravshanov hokim qaroridan so’ng qarorni davlat reyestrlariga kiritganidan so’ng foydalanish huquqi vujudga keladi.

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling