Iqtisodiyot fakulteti mustaqil ish fan: Mirkoiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot mavzu
Download 0.51 Mb.
|
Pul bozorida muvozanat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi); 2) qiymat o`lchovi vositasi; 3) jamg’arish ( boylik to`plash) vositasi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI MUSTAQIL ISH FAN: Mirkoiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot MAVZU:Pul bozorida muvozanat. Bajardi:_____________________ Qabul qildi:__________________ TOSHKENT-2023 Reja : 1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari. 2. Pulga bo`lgan talabning klassik va keynscha nazariyalari. 3. Pul taklifi. Bank multiplikatori. 4. Pul bozorida muvozanat. Pul – iqtisodiyot sub`ektlari mulkining bir turi bo`lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko`ra farq qiladi: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya`ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o`zgarmas bo`lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. SHunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz. Odatda pulning uch asosiy funktsiyasi mavjud deb qaraladi. Bular: 1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi); 2) qiymat o`lchovi vositasi; 3) jamg’arish ( boylik to`plash) vositasi. Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to`lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to`lovlar uch yo`l bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to`lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya`ni naqd bo`lmagan pul ko`chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar (veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. Qiymat o`lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O`z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. SHu sababga ko`ra pullar ularga o`tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo`lsa, unda u boylik to`plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko`chmas mulk ham bajarishi mumkin. Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao`hamiyat kasb etadi. Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to`lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. SHu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo`linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o`zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: “M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezervlari; M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo`l cheklari va boshqalar; M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ; M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar” Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko`p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o`ssa, foiz stavkasining o`sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o`sadi. Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo`lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling