Til va yozuv masalalari Reja


Download 73.36 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi73.36 Kb.
#1527791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu.OTSQ


2-mavzu. Til va yozuv masalalari
Reja:
1.Yozuv haqida umumiy tushuncha.
2.O’zbek yozuvlari tarixi. O’zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari.
3.Grafika.
4.Orfografiya.


1. Til va yozuv o’zaro uzviy bog’liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo’lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo’lmaydi. Yozuv jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida vujudga kelgan. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jijatdan chegara bilmaydi, til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. Yozuvning amaliy ahamiyati: 1)yozuv orqali uzoq masofada yashaydigan kishilar aloqa qiladi, yozuv makon, masofa jihatdan chegaraga ega emas; 2)yozuv orqali o`tmishda yaratilgan ma`naviy boyliklarlar bizgacha yetib keldi va kelajakkacha boradi; 3) jamiyat a`zolarining savodxonligini oshiradi.
Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Mesopotamiyada paydo bo’lgan, bu yozuv tarixga mixxat yozuvi deb kirgan.
Yozuvning turlari
Yozuv tarixi 2 bosqichga bo’linadi: 1)logografik yozuv (“logos” - so`z, “grafos” - yozaman”)da bir tushuncha ma`lum bir rasm yoki ramziy belgilar orqali ifodalangan. Logografik yozuvlarda bitta belgi ma`lum bir tushuncha, so`zni ifodalagan bo`lsa, fonografik yozuvda esa bitta belgi bitta tovushni bildiradi. 2) fonografik yozuv (“fone” - tovush, ”grafos” – yozaman, fonetik yozuv) ning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bog`liq.
2.O’zbek yozuvi tarixi
O’zbek xalqi o’z tarixi davomida bir necha xil yozuvlardan foydalangan.
— mixxat,oromiy yozuvi (miloddan avvalgi III—I asrlarda);
— so‘g‘d yozuvi (milodimizning I—VI asrlarida);
— xorazm yozuvi (II—III asrlarda);
— o‘rxun-enasoy yozuvi (V—VIII asrlarda, qadimgi turkiy yozuv);
— uyg‘ur alifbosi (VI—VII asrlardan XII asrgacha);
— arab alifbosi (VII—VIII asrlardan 1929- yilgacha);
— lotinlashtirilgan o‘zbek alifbosi (1929—1940- yillarda);
— rus-kirill yozuvidagi o‘zbek alifbosi (1940- yildan);
— lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi (1996- yil sentabridan).

Download 73.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling