Til va yozuv masalalari mashg’ulot rejasi
Download 140.63 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yozuv haqida umumiy tushuncha.
2-MAVZU. TIL VA YOZUV MASALALARI
1. Yozuv haqida umumiy tushuncha. 2. O„zbek yozuvlari tarixi. 3. O„zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari. 4. Grafika. Orfografiya. 1. Yozuv haqida umumiy tushuncha. Har so„zki ko'ngildin o„ldi mavjud, Xat bo'lmasa, bo'lgay erdi nobud. ( Munis)
Bilib oling. Yozuv fikrning tashqi shakliy ifodasidir. Yozuv orqali kishilar o„z fikrlarini bir-bir lariga bildiradilar, avlodlarga qoldiradilar. Yozuv orqali biz minglab yillar oldin o'tgan voqealar, shaxslar, ilm va odatlarto„g„risida ma‟lumotga ega bo'lamiz. Ana shunday qiymatga ega bo„lgan yozuv birdan paydo bo„lmagan. Dastlabki yozuv rasmlar orqali (bu xil yozuv piktografîk „pictus“ —chizilgan, „graphe“ — yozaman, yozuv deyiladi) bolgan. Bunda har bir rasm (yoki narsa) biror ma‟no ifodalagan (quyosh — kunduzni, oy —tunni, toshbaqa — baxtni kabi). Yozuvning keyingi davri — ideografik yozuvdir (grekcha „idea“ — tushuncha, „graphe“ — yozaman). Bu xil yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy simvolik shakl olinadi. Piktografik va ideografik (uning birinchi bosqichlarini logografik („logo“— so„z, „graphe“ — yozaman) yozuv ancha murakkab bo‟lib, yuzlab shakllarni chizish va ularning mazmunini bilishni talab etgan. Shuning uchun kishilar yozuvning yangi bosqichi — fonografik (yun. „phane“ — tovush, „graphe“ — yozamari) yozuvga — avvalo ayrim bo„g„inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o„tadilar. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya yozuvi bilan bog„lanadi. Xalqlar fonetik yozuvning turli — lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvlari va ularning ayrim o„zgargan turlari kabi shakllarini yaratganlar. Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog„och, qamish kabi qattiq jismlarga, sokngra pergament va qog'ozga yozilgan. Yozuvlar o„ngdan chapga, chapdan okngga yoki yuqoridan pastga qarab o‟qilishi mumkin.
Download 140.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling