Til va yozuv masalalari mashg’ulot rejasi
Download 140.63 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib oling.
4. Grafika . Orfografiya. Bilib oling. Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va orfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi.
Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun grafema muayyan til yozuv tizimining eng asosiy strukturaviy va funksional birligi sanaladi. Yangi (lotincha) o'zbek yozuvida ham, kirill o'zbek yozuvida bo'lganidek, monograflar ko'pchilikni tashkil qiladi, ularning aksariyati yozma nutq oqimida oddiy grafema sifatida qatnashib, harf va tovush aloqasida simmetriyani - «bir tovushga bir harf» munosabatini ta‟minlaydi. Qiyos qiling: maktab (fonemalar - 6 ta, grafemalar - 6 ta, harflar - 6 ta) - мактаб (fonemalar — 6 ta, grafemalar — 6 ta, harflar — 6 ta) kabi. Bu hoi har ikkala tizim vositasida yozish va o'qish ko'nikmalarining shakllantirilishini osonlashtiradi, shunga ko'ra
yozuv amaliyotining pedagogik aspektida ijobiy baholanishi mumkin. 2. sh, ch, ng, ts kabi digraflarning (analitik grafemalarning) mavjudligi yozma nutq oqimida fonetik-grafik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Qiyos qiling: xushchaqchaq (fonemalar — 9 ta, grafemalar — 9 ta, harflar — 12 ta), shoshilinch (fonemalar — 8 ta, grafemalar — 8 ta,harflar — 11 ta) kabi. Bunday asimmetriya yozish va o'qish ko'nikmalarining shakllantirilishini biroz qiyinlashtiradi, shunga ko'ra yozuv amaliyotining pedagogik aspektida salbiy holat tarzida baholanishi mumkin. Grafika - yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta‟minlaydi. Grafema - grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo'lgan semiotik belgi. Fonografema - grafemalarning fonemalarni ifodalashga asoslangan tipi. Monograf — shaklan bir harfga teng grafema. Poligraf - shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo'shilmasiga teng bo'lgan analitik grafema. Monofonemali grafema - mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema.
Bilib oling. Orfografiya (grek. orthos - «to'g'ri» + grapho - «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me‟yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma‟lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, odam so'zida “d” ning yozilishi «d» grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so'zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi. Savod so'zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi: so'z oxiridagi «d» jarangsiz «t» ga o'tadi (savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) — savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me‟yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya
zimmasiga tushadi. Hozirgi o'zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada qo'shma so'z komponentlarining qo'shilib yoki ajratilib yozilishini, so'z qismlarining satrdan satrga ko'chirilishini, bosh va kichik harflaming qo'llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo'lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi. Adabiy tilning og'zaki shaklida so'z tanlash, gap tuzish va to'g'ri talaffuz me'yorlariga amal qilish qanchalik ahamiyatli bo'lsa,uning yozma shaklida orfografiya me'yorlariga (imlo qoidalariga) amal qilish shunchalik muhimdir. Bunday me‟yorlarga amal qilish yozma nutq mazmunining to'g'ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, yozma nutqda anarxiyaning (boshboshdoqlikning) avj olishiga yo'l qo'ymaydi. Adabiy tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy- madaniy va ma‟rifiy rolini mustahkamlashda buning o'ziga yarasha ahamiyati bor.
23- mashq. Quyidagi she‟riy parchadagi tegishli so'zlarga tutuq belgisini qo'yib kochiring. Shaklim mitti vergul go„yo, Mano, Rano men-la ro„yo. Kaba, qala, vada, surat Meyor-u etibor, jurat Davat, talat, suniy, sanat Mensiz yozilmasdir, albat. Etiroz-u, elon, ezoz Hamisha men bilan hamroz. (R. Jumaniyozov)
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Yozuvlar tarixi haqida qisqa ma‟lumot bering. 2. O‟zbek tili tarixiy taraqiyotida qanday yozuvlardan foydalanga. 3. O„zbek yozuvi qanday rivojlanish bosqichlarini bosib o‟tgan. 4. Grafika haqida qisqacha ma‟lumot bering. 5. Orfografiya nima va u qanday qo‟llanish xususiyatlariga ega? Download 140.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling