Til va yozuv masalalari mashg’ulot rejasi
Download 140.63 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU
2. O‘zbek yozuvlari tarixi.
Bilib oling. Sobiq Ittifoq tarkibidagi turkiy va boshqa xalqlar (arman, gruzin, Boltiqbo„yi xalqlaridan tashqari) 1940- yil 8- may kuni qabul qilingan farmonga ko„ra rus (kirill) alifbosi asosida tuzilgan alifbodan foydalanib keldilar. Ungacha Okzbekiston va boshqa respublikalarda lotin alifbosi joriy etilgan edi. O„zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928-yil mart oyidagi III sessiyasida lotin alifbosini davlat alifbosi deb qaror qabul qilindi. Sobiq Ittifoq Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi va Xalq Komissarlar Soveti bu qarorni 1929- yil 7-avgustdagi maxsus qarori bilan ma‟qulladi. Lotin alifbosiga o„tishdan avval butun musulmon xalqlari va elatlari arab yozuvini qo„llar ediiar. XX asrning 20- yillari arab alifbosi ma‟lum darajada isloh qilindi. Chunki arab alifbosida unli tovushlarni ko‟rsatadigan alohida belgilar yo‟q edi. Zer-u zabar (harfning osti va ustida qo„llanadigan belgilar) faqat „Qur‟on“ va arab tilda yozilgan diniy asarlardagina qo‟llanar edi. 1921-yil 1- 5-yanvarda Toshkentda chaqirilgan til-imlo qurultoyi, boshqa masalalar bilan birga, arab harflarining so„z boshi, o„ftasi va oxirida qo„llanish shakllarini soddalashtirdi. O„zbek tiliga xos bo„lmagan sod, zod, itqi, izg'iharflari alifbodan chiqarildi, u, o„, i, a tovushlari uchun alohida harflar belgilandi. 1922-yil aprel oyida bo‟lgan maorif va madaniyat xodimlarining ikkinchi qurultoyi ham birinchi qurultoy qarorlarini ma‟qulladi. Eski Turkiston xalqlarijumladan, o„zbek xalqi, qadimdan yuksak madaniyatli xalq sifatida dunyoga tanilgan. Movarounnahrda run, uyg„ur, sug„d, moniy va braxma (braxmon) yozuvlari qollanilgan. Diniy mazmundagi asarlar braxma yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar uyg„ur yoki sug„d yozuvida yozilgan. Qayd etilgan yozuvlarda bitilgan ko„p yozma yodgorliklar hozirgacha saqlanib keladi. Runiy yozuvda — O„rxun-Enasoy tosh bitiklari, uyg„ur yozuvida (uni Mahmud Koshg„ariy „turkcha yozuv“ deb nomlaydi) — qadimgi turkiy yodnomalar (VIII—X asrlar); „Oltin yorug“, „Maytri simit“, budda va xristian diniga oid yodnomalar, yuridik huijatlar esa sug'dyozuvida bitilgan. Moniy yozuvida „Xuastuanift“ yodgorligi yozilgan. Uyg„ur yozuvi, arab yozuvi bilan barobar, XV asrgacha qoilanadi. „Qutadg„u bilig“ning Vena (Hirot) nusxasi (XI asr), „Hibatul haqoyiq“ (XII asr)ning A nusxasi, ,,O„gkuznoma“ning qadimiy nusxasi (XIII asr oxiri), Xorazmiy qalamiga mansub ,,Muhabbatnoma“ (1353- yil) asarining qadimgi nusxasi, „Latofatnoma“, „Dahnoma“, „Mahzanul asror“ (XIV— XV asrlar) kabi asarlarning ayrim nusxasi yoki parchalari uyg„ur yozuvida bitilgan. Uyg„ur yozuvi sug„d yozuvi asosida kelib chiqqan. Runiy yozuvi ham qadimgi oromiy yozuvi asosida kelib chiqqan, degan nazariya hozir asosiy o„rinni egallaydi.
Download 140.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling