Til va yozuv masalalari Reja


(1.Hamroyev M. Muhamedova D. va b. Ona tili. Toshkent, “Iqtisod -moliya”, 2007. 37-41-b.)


Download 73.36 Kb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi73.36 Kb.
#1527791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu.OTSQ

(1.Hamroyev M. Muhamedova D. va b. Ona tili. Toshkent, “Iqtisod -moliya”, 2007. 37-41-b.)


GRAFIKA
Grafika tilshunoslikning mustaqil bo`limi bo`lib, “grafikos”-yunoncha “yozaman” degan ma`noni bildiradi. Bu bo`limda harf, alifbo, yozuvlar o’rganiladi.
Grafika -- yozma nutqning harflar tizimini o`rganadigan bo`lim.
Tovush va harf
Tovush va harf bir-biridan farqlanadi
1.Tovush og`zaki nutqning eng kichik boshqa mayda bo`laklarga bo`linmaydigan qismi, harf esa yozma nutqning eng kichik birligi.
2.Tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz, harfni esa yozamiz, o`qiymiz va ko`ramiz
3.Tovush fonetikada o`rganiladi, harf esa grafikada o`rganiladi. Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyiladi.
Tovush va harf bir-biriga teng keladi,lekin ayrim hollarda ular teng kelmasligi mumkin.
1. Sh, ch, ng tovushlari 2 ta harf, ya`ni harflar birikmasi bilan ifodalanganda 2 ta harf orqali
1 ta tovush ifodalanadi.
2. j harfi jahon ,jumladan, jo`ja so’zlarida til oldi, jarangli, portlovchi undosh tovushni ifodalasa, jurnal, jirafa, ajdar kabi so`zlarda til oldi jarangli, sirg`aluvchi tovushni ifodalaydi va bunda 1 ta harf, 2 ta tovushni ifodalaydi.
Alifbo
Harflarning ma`lum tartibda joylashgan qatoriga alifbo deyiladi. Alifbo so`zi arab alifbosidagi 1-va 2-(alif, be) harflarining qo`shilmasidan hosil bo`lgan.
Alifboning amaliy ahamiyati quyidagilar:
1.Barcha lug`atlar, ensiklopediya(qomus) alifbo tartibida yoziladi.
2.Turli ro`yxatlar (maktab jurnallari)shu tarzda yoziladi.
3.Mumtoz adabiyotda shoirlar devonida g`azal misralarining tugallanish harfiga qarab alifbo tartibida joylashtiriladi.


4.Orfografiya (imlo)
To’g’ri yozish me’yorlarini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga orfografiya (“orpos”-- to’g’ri, “grafos”—yozaman ) deyiladi.
Tilshunoslikning orfografiya (imlo) bo’limida so’z va qo’shimchalarni to’g’ri yozish qonun-qoidalari o’rganiladi.

Download 73.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling