Til va yozuv masalalari Reja


Download 73.36 Kb.
bet10/10
Sana17.06.2023
Hajmi73.36 Kb.
#1527791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu.OTSQ

KO'CHIRISH QOIDALARI
1. Satrga sig'may qolgan so'zlar keyingi qatorga bo'g'in asosida ko'chiriladi: tad-birkor, tadbir-kor, kol-lej, ma'-lum, ta'-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo'g'inda qoldiriladi).
2. So'z boshida kelgan yolg'iz unli hech vaqt yakka o'zi qoldirilmaydi: e '-lon emas e'lon, u-ka emas uka, mudofa-a emas mudo-faa singari.
3. So'z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko'chiriladi: dia-gramma, mono-grafi-ya,foto-grafiya kabi.
4. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pu-chuq, de-ngiz kabi.
5. Qisqartma so'zlar, yil, oy, raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga ko'chirilmaydi: O'zMU, ToshDPU, 2001, 19, XXkabi.
6. 10-«A» sinf, 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko'rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi.
Qo’sh undoshlar talaffuzi va imlosi
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlar deyiladi. M,ammo, katta, hissa, jizza, tizza.
*Ikki, chaqqon kabi so’zlarda qo’sh undoshlar aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
*Million, artilleriya, trillion,komissar kabi so’zlarda qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.
* Gramm, metall kabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi.
*Bunday undoshlar bilan tugagan so’zlarga qo’shimcha qo’shilganda qo’sh undoshlarning biri yozilmaydi.M,gramm+i=grami, metall+ga=metalga.
*Talaffuzda qo’sh undoshlardan birini aytmaslik adabiy talaffuz maromiga ziddir, ayniqsa, o’zbek tilida bu holat ma’no farqlashga ham xizmat qiladi:sodda—soda, modda—moda, billur—bilur(bilar ma’nosida).
Qator undoshlar
Bir bo’g’inda yonma-yon 2 xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir.M,traktor, broker, krem, stakan, stol, stul.
*So’z bosidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga 1 qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham, yozilmaydi:t(i)raktor,b(i)roker; (u)stol,(u)stul.
* Go’sht, do’st, barg kabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qoladi.
*Paxta, nimcha, o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan 2ta undosh mavjud, lekin bular qator undosh emas, chunki so’z bo’g’inga ajratilganda ular ajralib ketadi:pax-ta, tax-ta, nim-cha.
*O’zbekcha so’zlarning fonetik tuzilishidagi o’ziga xoslik shundaki, so’z boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi.Shuningdek, so’zning oxirida ham st(ost,ust),lt(yilt,milt),rt(to’rt,turt,qurt) kabi qo’sh undoshlardan tashqari, boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi.
*So’z oxirida qator undosh kelgan go’sht, musht(sht), daraxt, baxt(xt),barg(rg) kabi so’zlar fors-tojik tilidan o’tgan.
Download 73.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling