Til va yozuv masalalari Reja
Download 73.36 Kb.
|
2-mavzu.OTSQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirill yozuvi
- 1993-yil 2-sentabrda
- 220 xil yozuv
Arab yozuvi
Ma’lumki, VIII asr boshlarida O‘rta Osiyoni arablar bosib oldi. Bu davrda mahalliy zardushtiy, ko‘p xudolilik dinlari o‘rnini islom dini egalladi. Arab tili fan va rasmiy davlat tili bo‘lib qoldi, arab yozuvi joriy bo‘la boshladi. VIII asrdan XX asrgacha xalqimiz arab yozuvidan foydalangan. Bu yozuv xalqimiz tarixida eng uzoq (1200 yil) hukm surgan yozuvdir. Arab yozuvida 28 ta harf bo’lib, har bir harfning 4 ko’rinishi bo’lgan, ya’ni so’z boshi, o’rtasi, so’z oxiri va mustaqil ko’rinishlari. Arab yozuvi o’zbek tili tabiati va fonetikasiga u qadar mos kelmagan. Fors-tojik va turkiy xalqlar bu alifboga qo’shimcha 4 harfni (p, ch, g, j) kiritganlar. Bu yozuv ham o’ngdan chapga qarab yozilgan. Ayrim harflar o’zidan keyingi harflarga qo’shilib yozish imkoniyatiga ega emas. Arab yozuviga mansub eng qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga taalluqlidir. Bular: Y.X.Hojib “Qutadg’u bilig” asarining “Qohira” va “Namangan” nusxalari, M.Koshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asari. Kirill yozuvi Arab yozuvidan so’ng, 1929-30-yillardan 1940-yilgacha xalqimiz lotin yozuvidan foydalangan. 1940-yil 8-maydan boshlab kirill yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tildi. Bu yozuv o’zbek tili tovushlar tizimini to’liq ifodalay olmagani uchun unga qo’shimcha shakllar kiritildi (o’(ў), q’(қ), g’(ғ), h(ҳ)). Hozirga qadar bu yozuvdan foydalanyapmiz. Bu alifboning lotin yuzuvi asosidagi hozirgi alifbomizdan farqlari: 1.Kirill alifbosida 2 belgi (ъ,ь) va 33 ta harf, yangi alifboda esa 26 ta harf va 3 ta harfiy birikma mavjud. 2.Kirill alifbosida 4 ta grafema, ya’ni yolashgan unli (ё, е, я, ю) mavjud, bular 2 tovushni ifodalaydi.Yangi alifboda grafemalar yo’q. 3.Kirill alifbosida ng tovishini ifodalovchi maxsus harf yo’q.Yangi alifboda esa bor. 4.Kirill alifbosida qorishiq-portlovchi ц harfi bor. Lotin yozuvi asosidagi alifboda esa yo’q. 5.Kirill alifbosida 2 ta belgi (ь,ъ) mavjud. Lotin yozuvi asosidagi alifboda esa ayirish belgisi o’rnida tutuq belgisi (‘) qo’llaniladi. 6.Kirill alifbosida harflar birikmasi yo’q edi, lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida esa 3 ta harfiy birikma (sh,ch,ng) mavjud. Lotin yozuvi O’zbek xalqi XX asrda 2 marta lotin yozuvi asosidagi alifboni qabul qildi. Ilk lotin alifbosi 1929-1930-yillardan 1940- yilgacha amalda edi. 1993-yil 2-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq 13-sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga ko`ra o`zbek alifbosida 31 harf va 1 (`) belgisi (apostrof) mavjud. 1995-yil 6-mayda yuqoridagi qonunga o`zgartirish kiritish haqda qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko`ra 1993-yilgi alifboga quyidagi o`zgartirish kiritildi. 1) C J harflari alifbodan chiqarildi. 2) S,C,h harflari o’rnida harflar birikmasi sh,ch,ng deb qabul qilindi 3) (`) belgisi alifbo tarkibidan chiqarilib imloviy belgiga kiritildi. 1996-yildan amalda qo’llana boshlagan lotin yozuviga asoslangan hozirgi o`zbek alifbomizda 29ta harf (ular 30 tovushni ifodalaydi), shulardan 6ta unli, 3 ta harf birikmasi bor. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi: Aa Bb Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz O’o’ G’g’ SHsh CHch ng Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etishdan maqsad quyidagilardan iborat: 1) rus yozuviga asoslangan alifbomizdagi kamchiliklarini bartaraf etish; 2) mustaqillika erishib jahonga yuz tutayotgan O`zbekiston Respublikasining xalqaro kommunikatsiya tizimiga kirishni jadallashtirish; 3) chet tillarini o`rganishda qulaylik yaratish; 4) ilg`or texnika va fan yutuqlaridan samarali foydalanish. Hozirda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo’lib, jahon xalqlarining 30% dan ortig’i shu yozuvdan foydalanadi. Download 73.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling