Til va yozuv masalalari Reja


Download 73.36 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi73.36 Kb.
#1527791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu.OTSQ

Qadimgi turkiy yozuv
Bu yozuv so’g’d yozuvi asosida yaratilgan. VII—VIII asrlar turk xoqonligi davridir. Bu xoqonlik O‘rta va Markaziy Osiyo, Mo’g‘uliston va Qozog‘istonni o‘z ichiga oldi. 745-yili Sharqiy turk xoqonligi uyg‘urlar tomonidan yemirildi.
Qadimgi turkiy yozuvning dastlabki namunalari O’rxun vodiysi (Mongoliya hududi) va Janubiy Sibirning Yenisey (Enasoy) daryolari bo’yidan topilgan, shuning uchun bu yozuv O’rxun-Enasoy yozuvi deb ataladi. Bu yozuv dulbarchin, run, runik yozuvi deb ham ataladi. Qadimgi turkiy yozuv V-VIII asrlarda iste’molda bo’lgan, ammo XI asrdan keyin bu yozuv butunlay iste’moldan chiqqan. Bu yozuvning yodgorliklari rang-barang, lekin bizgacha ko’proq qabr toshlariga yozilganlari yetib kelgan. Bu yozuvning qog’ozga bitilgan namunasi “Irq bitigi” (Ta’birnoma)dir. Qadimgi turkiy yozuv o’ngdan chapga, yuqoridan pastga qarab o’qilgan.
O’rxun-Enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar N.K.Vidzen, S.U.Remezov, I.Tabbet-Stralenberg, D.G.Messershmidt, M.A.Kastren kabi tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan. 1889- yili N.M.Yadrinsev Mongoliyadagi Qoraqurum shahristoni xarobalaridan 2 ta katta bitiktosh topib oldi. Bu toshlar Kultegin va Bilga xoqonlar sharafiga qo’yilgan bitiktoshlar ekan.
V.V.Radlov V.Tomsen, R.M.Melioranskiy kabi olimlar bu sirli yozuvlarni o’qishga qattiq kirishganlar. Yodgorliklarni 1-bo’lib 1893 yilning 25-noyabrida Vilgelm Tomsen o’qishga muvaffaq bo’ldi, u bitiktoshlar sirini ochganligini e’lon qildi. Bu vaqtda V.V. Radlov 10 ta harfni o’qigan edi. Hozirda ularning 700 ga yaqin namunalari fanga ma’lum.
Uyg’ur yozuvi
745-yili Sharqiy turk xoqonligi uyg‘urlar tomonidan yemirildi, uyg‘ur davlati paydo bo’ldi. Bu davlat 840-yiIgacha davr surdi. Uyg’ur yozuvi so’g’d yozuvi asosida VI-VII asrlarda shakllangan. Ushbu yozuvda 18 ta harf bo’lib, har bir harfning uchtadan ko’rinishi bo’lgan, ya’ni so’z boshi, so’z o’rtasi va so’z oxiri ko’rinishlari bo’lgan. Uyg’ur yozuvi ham o’ngdan chapga qarab o’qilgan. Bu yozuv XV asrgacha arab yozuvi bilan yonma-yon qo’llangan. XV asrdan, ya’ni Shayboniyxon davridan bu yozuv iste’moldan chiqqan, faqat Xitoydagi uyg’urlar orasidagina saqlanib qolgan. Uyg’ur yozuvida yozilgan eng qadimgi turkiy yodgorlik Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarining “Vena” nusxasi. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarining nusxasi, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining nusxasi va Lutfiyning ayrim g’azallari shu yozuvda yozilgan. M.Qoshg’ariy uyg’ur yozuvini “turkcha yozuv” deb atagan.

Download 73.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling