Til va yozuv masalalari Reja
O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari
Download 73.36 Kb.
|
2-mavzu.OTSQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1956-yil 4-aprelda
- Unlilar Imlosi
O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari
Har qanday o’z yozuviga ega bo’lgan adabiy tildagi so’zlarni yagona tarzda yozishni yo’lga qo’yish uchun imlo to’g’risidagi qonun qabul qilinadi.O’zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidalari qabul qilingan. 1.Kirill yozuvidan foydalanuvchilar uchun 1956-yil 4-aprelda 5 bo’lim 72§dan iborat bo’lgan orfografiya qoidalari qabul qilingan edi. 2.Lotin yozuvidan foydalanuvchilar uchun 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan 7 bo’lim 82§ dan iborat “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” qabul qilindi.Uning bo’limlari: 1.Harflar imlosi 5.Ajratib yozish. 2.Asos va qo’shimchalar imlosi. 6.Bosh harflar imlosi. 3.Qo’shib yozish. 7.Ko’chirish qoidalari. 4.Chiziqcha bilan yozish. Unlilar Imlosi Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o'rin ajratilgan. A a harfi savol, zamon, bahor so'zlarida «o» kabi aytilsa ham bar vaqt «a» yoziladi. 0 o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so'zlarda «a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k. Shuningdek, o ba'zan o'kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k. Ii harfi bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism kabi so'zlarda qisqa aytiladi va «/» yoziladi, badiiy, ommaviy, Lutfiy singari so'zlarda «i» cho'ziq aytiladi, lekin doimo «iy» yoziladi. Uu harfi yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so'zlarda «i»ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan «u» yoziladi. E e harfi e 'lon, ehtirom, fe 'l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so'zlarda old qator, o'rta-keng, lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi: «e», «ё», «ю», «я» harfiari yangi alifboda quyidagicha yoziladi: ye: yetti, yetmish, yetim; yo: yolg'iz, yomon, yong'oq; yu: yulduz, yumshoq, yumuq. ya: yakka, yangi, yaroqsiz. Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so'zlar talaffuzida unlilar orasida «y» undoshi qo'shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi. Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so'zlar o'rtasidagi unlilar yozuvda saqlanadi. Download 73.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling