O‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi 1-kurs talabalari uchun Modul nomi: Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar Ish turi


Download 50 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi50 Kb.
#1439750
Bog'liq
azimov dhn


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH AKADEMIYASI
1-kurs talabalari uchun
Modul nomi: Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Ish turi: Oraliq nazorat
O‘tkazilgan sana: 01.05. 2023-yil


Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi:




Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi

0

1

2

3

4

5


Mustaqil fikrlar, nazariy qoidalar, olimlarning ilmiy qarashlari bayon etilganligi

0

1

2

3

4

5


Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy bayon qilinganligi, normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan foydalanilganligi

0

1

2

3

4

5


Normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va sharhlanganligi, shuningdek matnda grammatik, orfografik va stilistik xatolarning mavjud emasligi

0

1

2

3

4

5



Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:

Umumiy ball

Tekshiruvchi imzosi:___________






















































_______________________ _________


Talabaning F.I.O. Kurs

Modul nomi: Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar


2-kazus
Fuqaro А.R.ning uyi elektr ta’minotidan uzilib qolganligi sababli, u


tuman elektr ta’minoti korxonasiga mazkur nosozlikni bartaraf etishni
so‘rab murojaat qildi. Oradan bir oy vaqt o‘tsada, uning murojaati ko‘rib
chiqilmadi. А.R. ma’muriy bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi viloyat elektr ta’minoti boshqarmasiga, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan murojaati ko’rib chiqilmaganligi holati yuzasidan takroran shikoyat bilan murojaat qildi. Аmmo, viloyat elektr ta’minoti boshqarmasida ham А.R.ning murojaati e’tiborsiz qoldirildi.
Savol:
1) Fuqaro Rasulov mazkur masala yuzasidan qaysi vakolatli davlat organiga murojaat etishi mumkin?
2) Vaziyatga sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifa va funktsiyalaridan kelib chiqib yondashing va huquqiy xulosa bering.

Ushbu kazusda berilgan muammoli vaziyatga javob berishimiz uchun bizga kerak bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjat bu - “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonundir. Birinchi savolga javob beradigan bo‘lsak, fuqaro Rasulov mazkur holat yuzasidan, o‘z yashash manzilidagi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik korxonasiga murojaat qilganiga o‘rinlidir. Keling mazkur holat yuzasidan nega fuqaro Rasulovning murojaatiga rasmiy javob berishmagani haqida muhokama qilsak. Demak, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga binoan murojaatlarga qo‘yiladigan talablar mavjud:


- Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
- Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
- Yozma murojaatda murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Qonunning 28-moddasida “Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Qonunning 29-moddasida esa vakolatli davlat organlari murojaatlarni ko‘rmay qoldirish
Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling