Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Download 48.98 Kb.
bet4/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

2-§. Harbiy xizmat turlari
8. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida quyidagi harbiy xizmat turlari joriy etilgan:
muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
Fuqaro G.G bular orasidan kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tagan. Endi kontrakt bo’yicha harbiy xizmatning qachondan boshlanga hisoblanishiga to’xtalsak, nizomdagi 3-§ da Haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi, muddati va tugashiga oid qoidalar bor.
Uning b bandida kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’taganlar uchun haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi quyidagicha:
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirganlar harbiy xizmatchilar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun.
Fuqaro G.G harbiy xizmatga 1999-yilning 22-aprelidan kirishgan va bu haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi sanaladi.
Mudofaa vazirligining 2003 yil 6 yanvardagi 45-sonli buyrug`i bilan G.G.ga adliya leytenanti maqomi berilib, u ofiserlar tarkibiga kiritilgan.
NIZOMning 18 –bandida quyidagi norma bor:
18. Kalendar hisobida kamida o‘n yil xizmat qilgan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotganda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
oliy ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limidagi bir oy o‘qish muddati bir oy xizmat muddati hisobida;
oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan so‘ng ixtisosligiga mos keladigan lavozimlardagi bir oylik ish staji bir oylik xizmat hisobida.
G.G 2003-yilda ofitserlar tarkibida kirdigan va Mudofaa vazirligining 2017 yil 6 maydagi 0262-sonli buyrug`iga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining 2017 yil 31 maydagi 111-sonli buyrug`i bilan G.G. harbiy xizmatdan zaxiraga bo`shatilgan. Ofitserlar tarkibida 14 yil xizmat qilgan bo’lsa ham , G.G ish stajiga qo’shishni talab qilayotgan o`rta-maxsus o`quv yurtida o`qigan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlagan davrlari xizmat muddatiga qo’shilmaydi. Chunki fuqaro oliy ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limida o’qimagan va oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan so‘ng ixtisosligiga mos keladigan lavozimlarda ishlaganlik bo’yicha talablarga javob bermaydi.
Demak, Mudofaa vazirligining Maxsus komissiyasi tomonidan G.G. o`rta-maxsus o`quv yurtida o`qigan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlagan davrlari uning harbiy xizmatni o`tagan muddatiga qo`shib hisoblanmaganligi qonunga zid emas.
4. Yuqoridagi tahlildan ko’rinadiki, shahar ma’muriy sudining arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonun normalariga asosan qabul qilingan.

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling