Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi


Download 339.5 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1186477
Bog'liq
hammom ogohlantirish







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
MADANIYAT VA SAN’ATNI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI
MADANIY MEROS AGENTLIGI

NAVOIY VILOYATI MADANIY MEROS BOSHQARMASI

210100, Navoiy shahri, Nurofshon ko’chasi 18-a uy tel:79 223 2146






2023 yil “ _____ ” yanvar 01-02/ ________- sonli




Tadbirkor
Hafizov Faxriddinga




Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi, Qiziltepa tumanida joylashgan “Hamom” arxitektura madaniy meros obyekti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli Qarori hamda Navoiy viloyat hokimining 2013-yil 30-martdadagi Q-58 sonli Qarori bilan moddiy madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
30-martdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-sonli Qarorida moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazishga Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalar bilan kelishilgan holda, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashining tegishli xulosasi asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sizga tegishli “Hammom” binosida o‘zboshimchalik bilan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini qilmaslikni, aks holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning
132-moddasi hamda Oʻzbeksiton Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 64-moddasi bilan qanuniy javobgarliklar mavjudligi yuzasidan ogohlantiramiz.
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining
198
5-moddasi bilan ya’ni Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining koʻrsatmalarini bajarmaganlik bo‘yicha javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz.


Hurmat bilan,
Boshqarma boshlig‘i N.Xasanov


Ijrochi: I.Murodov
Tel:99 1255880
Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling