Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni


Download 7.12 Mb.
bet13/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

9-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni
Kukun tarkibidagi moddalarning yomon ta'mi, hidi va mazasini niqoblash, rangli moddalarning ifloslantirishini yo‘kotish maqsadida (metilen ko‘ki, riboflavin, faollashtirilgan ko‘mir) hamda dori moddalarni me'da suyuqligi ta'siridan saqlash maqsadlarida elaki dorilar kraxmal yoki jelatinadan yasalgan kapsulalarga joylashtirilishi mumkin (13-rasm).
Kapsulalarga joylangan kukunlar karton kuticha eki shisha idishlarda beriladi. Kukun tarkibiga uchuvchan moddalar kirsa, ular ogzi yaxshi yopiladigan shisha idishlarga solinadi. Tarkibida Zaharli moddalar saqlagan kukunlarni qadoqlashda uning mustaxkamligiga e'tibor berish kerak. Zarurat bo‘lsa ularni surgich yoki mum bilan muxrlash zarur. Dozalanmagan kukunlarni kogoz xaltalarda hamda karton kutichada qadoqlab berish yoki shisha, plastmassa va tunuka idishlarga solish mumkin.
5.Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo‟yilgan talablar.

  1. Bir xilligi. Tayyorlangan poroshok oq qog‘ozga sochilib ko‘riladi (100g). Namuna poroshok massasining chetidan, oldidan, orkasidan olinadi. Xar bir namunada poroshokning miqdori bir xil bo‘lishi kerak.

  2. Zarrchalar o‘lchami. Qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rilganda poroshok zarrachalar o‘lchami bir xil bo‘lishi kerak.

  3. Sochiluvchanligi. Poroshok massalari bir xil bo‘lishi, kotib qolgan nam katmoqlar bo‘lmasligi kerak. Massa oson sochilishi, oqishi kerak.

  4. Mazasi. O‘ziga xos mazali bo‘lishi kerak. Achchiq mazani korregirlash kerak.

  5. Poroshoklarning og‘irligi. Ichish uchun poroshoklar judayam kam (0,1 g kam ) eki ko‘p (1 g ko‘p) og‘irlikka ega bo‘lmasligi kerak. Bu qo‘llash uchun qulaylikka ega bo‘lish uchun.2

Tarozining metrologik tavsifi uning turg‘unligi ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi ko‘rsatkichlami o‘z ichiga oladi.

  1. Turg‘unligi - bu tarozi elkasini muvozanat holatidan chiqib ketib 4-6 marta harakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat xolatini egallashga aytiladi.

  2. Ishonchliligi- bu tarozini o‘lchanadigan modda va tosh o‘rtasidagi muvozanatiga aytiladi

(tosh bilan o‘lchanadigan moddani almashtirib qo‘ygan xolatda ham birinchi muvozanat xolatini ko‘rsatishiga aytiladi).

  1. Doimiyligi - bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir necha marta o‘lchaganda ham, bir xil ko‘rsatkichni ko‘rsatishiga aytiladi.

  2. Sezgirligi - bu tarozining juda kichkina og‘irlikni sezib, o‘z muvozanat xolatidan chiqib ketishiga aytiladi.

Og‘irlik o‘lchov birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Kilogramm platina - irridiy qotishmalaridan tayyorlangan silindrsimon massa. Dorixonada ikkinchi sinf texnik toshlar qo‘llaniladi. Ularga may da (milligramm) - 10 mg dan 1000 mg gacha va yirik (grammli) - lg dan
200 g yoki 500 g gacha bo‘lgan toshlar kiradi.
2 - Ma‘ruza.
MAVZU 2. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida). Ma‘ruza maqsadi: Bo‘yovchi, qiyin maydalanuvchi, to‘zg‘uvchi moddalar, ekstraktlar, efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash.
Reja:

  1. Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

  2. To’zg’uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

  3. Bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

  4. Ekstrakt va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash

  5. Poroshoklarni sifatini tekshirish


Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling