Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar bilan poroshok tayyorlash
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poroshoklarni sifatini tеkshirish
- Tushuntirish matni
Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar bilan poroshok tayyorlash
Rp.: Atropini sulfatis 0,0002 Sacchari 0,3 Misce fiat pulvis Da tales doses N10 Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin. Tayyorlanishi: hovonchaga 2,8 g qand kukuni solinadi va maydalanadi. Hovonchada taxminan 0,2 g atrofida qand kukunidan qoldirib, -olganini qog‘ozga olib qo‘yiladi. Uning ustiga 0,2 g atropin sulfat trituratidan (1:100) qo‘shib aralashtiriladi, kеyin oz-ozdan -olgan Qand poroshogi qo‘shib bir xil poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,3 g dan mumli qog‘ozga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinib, kеrakli yorli-yopishtiriladi va surguchlab, muhr -o‘yiladi. Yorliqqa: «Poroshok», «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin», «Zahar», «Bolalardan ehtiyot iling» dеb yoziladi. Rеtsеpt dorixonada -oldirilib, bеmor -o‘liga «Signatura» yozib bеriladi. Zaharli modda tagiga -izil -alam bilan chiziladi va bir martalik hamda sutkalik miqdor i tеkshiriladi. Poroshoklarni sifatini tеkshirish 1.Rеtsеptning to‘g‘riligi. 2. Dori moddalar mi-tsori. 3. Tayyorlash tеxnologiyasi. Poroshokning sochiluvchanligi. Poroshokning bir xilligi. -ado-lanishi. Joylashtirilishi. Jihozlanishi va hokazolar. Bularning hammasi poroshokning sifatini bеlgilaydi. Tushuntirish matni XIDF ga asosan rеtsеptda zaharli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarning umumiy miqdori 0,05g dan kam bo‘lganda trituratdan foydalanish tavsiya etiladi. Triturat tarkibidagi indiffеrеnt modtsa sifatida sut qandi tavsiya etiladi. Sut qandining solishtirma og‘irligi ko‘pchilik alkaloidlarning solishtirma og‘irligiga yaqin va u gigroskopik emas. Trituratlar zaharli moddalardan 1:100 (1+99) va kuchli ta‘sir qiluvchi moddalardan 1:10(1+9) nisbatda tayyorlanadi. Trituratlarni tayyorlash zaharli moddalardan poroshoklar tayyorlash qoidasiga to‘la bo‘ysunadi. Triturat solingan idish ustiga uning kontsеntratsiyasi va qanday modda ekanligini ko‘rsatuvchi yorliq yopiiggirilgan bo‘lishi kеrak. Atropin sulfatdan 10 g triturat tayyorlash kеrak, dеb faraz qilaylik. Buning uchun hovonchaga 9,9 g sut qandini solib maydalanadi, havvoncha tagida taxminan 0,1 g sut qandini qoldirib, qolgani qog‘ozga olib qo‘yiladi. Hovonchadagi sut qandi ustiga juda ehtiyotlik bilan 0,1 g atropin sulfat qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va qolgan sut qandini oz-ozdan hovonchaga solib, poroshok bir xil bo‘lguncha yana aralashtiriladi. Atropin sulfat «A» ro‘yxatiga kiradi. lg Atropini sulfatis + 99g Sacchari lactis (ѐки Trituratio atropini sulfatis 1:100 cum saccharo lactis) 0,0001 Atropini sulfatis - 0,01 triturationis. Tayyor trituratni og‘zi jips yopiladigan shisha idishga solib, yuqorida yozilgandеk yorliq yopishtiriladi. Uni zaharli moddalarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda seyfda saqpanadi. Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling