Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi


Download 7.12 Mb.
bet215/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, tarozi, tarozi toshlari, tozalangan suv, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shisha idishlar, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tar-atma materiallar.
Asosiy matn
Konsentrlangan eritmalarni tayyorlashda og’irlik-xajm usulidan foydalanamiz. Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya‘ni miksturaning umumiy xajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori xisoblanadi. Miksturaning umumiy xajmi dorixatda keltirilgan suyuqliklar xajmi yig’indisidan iborat bo’ladi. Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy xajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari xajmlarini ayirib tashlab xisoblanadi.
Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo’lmagan quruq dorivor moddalar mikstura tarkibining
3%ni tashkil qilsa, u xolda ularni retseptda ko’rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda eritib olinadi. Mikstura xajmini aniqlaganda quruq modda egallagan xajm xisobga olinmaydi. Agar modda miqdori 3%dan ko’p bo’lsa, albatta o’lchov idishlaridan foydalanish lozim yoki quruq modda eriganda egallagan hajmni xisobga olib tayyorlanadi.
Sharbatlar, xushbo’y suvlar, nastoykalar, suyuq ekstraktlar, etil spirti va boshqalar xajmi bo’yicha oxirgi o’rinda qo’shiladi. qovushqoq (glitserin, moyli va mineral yog’lar, silikonlar, qoramoy va boshqalar) suyuqliklar va uchuvchan (efir, xloroform, efir moylari) suyuqliklar og’irlik bo’yicha o’lchanadi.
Tushuntirish matni
Oling: Natriy gidrokarbonat
Natriy benzoat teng miqdorda 1,0
Tozalangan suv 90 ml
Novshadil – arpabodiyon tomchisi 2ml
A.B.B. 1 osh -. 3 mahal
Texnologiyasi. 100 mlli og’zi yopiladigan idish tozalangan suv bilan chayiladi, unga byuretka moslamasidan 60ml tozalangan suv, 20ml 5% natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20), 10ml 10% natriy benzoat eritmasi (1:10) solinadi. Aralashma o’rtasiga 2ml novshadil – arpabodiyon tomchisi solinadi. Idishni og’zi berkitilib, tozaligi tekshiriladi va jixozlanadi.
Oling: Natriy bromid eritmasi 3% - 90,0
Analgin 0,75
Valeriana nastoykasi 2,0
A.B.B. 1 desert -. 3 maxal
Texnologiyasi. 100ml og’zi yopiladigan idish tozalangan suv bilan chayiladi. Yordamchi idishga 70ml suvda 0,75g analgin eritiladi va oldindan chayilgan paxta tampon orqali tayyorlab qo’yilgan idishga suziladi, qolgan 6,5ml suv paxta orqali solinadi. Ustiga byuretka moslamasidan 13,5ml natriy bromid eritmasi va 2 ml valeriana nastoykasi pipetka orqali solinadi. Og’zi berkitilib jihozlanadi.
Oling: Magniy sulfat 10,0
Tozalangan suv 120,0
YAlpiz nastoykasi 3,0
A.B.B. 1 osh -. Kuniga 2 maxal
Texnologiyasi. Og’zi yopiladigan 150mlli idish tozalangan suv bilan chayiladi. O’lchov idishida 100ml suv olinib,unda 10,0g magniy sulfat eritiladi (isitilgan xolda) va qolgan suv 120mlgacha solinadi, suziladi. Idishga pipetka orqali 3ml yalpiz nastoykasi solinadi. Og’zi berkitilib jixozlanadi.
Miksturalarni sifatini baholash.
Tayyorlangan suyuq dori turini sifatini baholashda quyidagi ko’rsatkichlari bo’yicha baholanadi:
Hujjatlari (retsepti, pasporti), qadoqlanishi, jihozlanishi, rangi, hidi, mexanik zarrachalari yo’qligi, hajmi tekshiriladi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling