13 Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: GIDROFIL MODDALARIDAN SUSPENZIYALAR TAYYORLASHNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI, ULARNING SIFATINI BAHOLASH.
O‘qtish maqsadi: Gidrofil moddalaridan suspenziyalar tayyorlashning xususiy texnologiyasi, ularning sifatini baholash bilan tanishish, ma‘lumotlarni o’rganish.
Mavzuni ahamiyati: Gidrofil moddalaridan suspenziyalar tayyorlashning xususiy texnologiyasi, ularning sifatini baholash ha-ida bilimlarga ega bo‘lish, ma‘lumotnomalar, adabiyotlarni o’rganish.
Vaziyatli masalalar:
Oling: Magniy oksid 1.0
Tozalangan suv 50 ml A.B.B 1 ch.-. 3 maxal ichilsin.
Talaba havonchaga 1.0 magniy oksid tortib solib, unga 0.5 ml suv bilan qo‘shib ezg‘iladi (V.B.Deryagin qoidasi), so‘ngra -olgan suvni qo‘shib paxta tampon or-ali filtrladi. Jihozladi va bemorga berdi. Retseptni talaba to‘g‘ri tayyorladimi?
Oling: Natriy benzoat eritmasidan 3% - 100,0 (1:10)
Kalsiy karbonatdan 0.5
Qand sharbatidan 5.0
B.B. 1 osh -. 3 mahal ichilsin.
Yordamchi idishga 70 ml tozalangan suv olib, ustiga 3,0 ml (1:10) natriy benzoatning eritmasidan qo‘shamiz. Havonchada 0,5 kalsiy karbonat quruq holda, keyin 0,5ml tayyor eritma bilanquyuq massa hosil bo‘lguncha qiynab eziladi. Mayda tepa qismini beriladigan idishga quyiladi va shu jarayon bir necha takrorlanib, modda to‘liq o‘tgunga qadar qaytariladi, so‘ng ustiga 5 ml Qand sharbati quyamiz, jihozlanadi va bemorga beriladi. Retseptda xatolik bormi?
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
1.Dispers sistemalar sifatida suspenziyalarning uziga xosligi nimalardan iborat?
2.qanday hollarda suspenziyalar hosil bo‘lishi mumkin?
3.Suspenziyalar qanday xossaga ega?
4.Suspenziyalar tayyorlashning qanday usullari mavjud? Ular bir- biridan qanday farqlanadi?
5.Gidrofil bukmaydigan moddalardan suspenziyalar qanday tayyorlanadi?
6. Gidrofil bukuvchi moddalardan suspenziyalar qanday tayyorlanadi?
7.Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash qoidasini ayting?
8.Suspenziyalar qanday beriladi va jihozlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |