Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Jelatina-glitserinli asos


Download 7.12 Mb.
bet108/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Jelatina-glitserinli asos. Ushbu asosning X DF da berilgan tarkibi quyidagichadir: jelatina — 1 qism, tozalangan suv — 2 qism, glitserin — 5 qism. Bu asos ko‘pincha qin shamchalarini tayyorlashda ishlatiladi va quyidagicha tayyorlanadi: jelatinaning mayda bo‘laklarini chinni kosachada kerakli miqdordagi suvda 3-4 soat davomida buktiriladi. So‘ngra glitserin qo‘shib aralashtiriladi va bir xil ko‘rinishga kelguncha suv hammomida isitiladi. Shamchalar tayyorlashda jelatin-glitserinli asos miqdori ham xuddi kakao moyi kabi topiladi. Faqat bu asosning zichligi 1,15 g/sm3 ekanligini hisobga olish kerak (kakao moyining zichligi-0,95 g/sm3 edi). Demak, jelatinglitserinli asosning zichligi kakao moyining zichligidan 1,21 marta ortiq ekan (1,15:0,95=1,21).
Ana shu 1,21 soni suvda eriydigan asoslardan moyli asoslarga o‘tish moduli deb ataladi. Moyli asoslardan suvda eriydigan asoslarga o‘tish moduli esa 0,826 (0,95: 1,15=0,826) ga tengdir.
Rp.: Acidi borici 0,2
Massae gelatinosae q.s. ut fiat suppos.
D.t.d. № 20
S. Kuniga ikki mahal bitta shamchadan to‘g‘ri ichakka yuboriladi.
Pasport: Borat kislotasi 4,0 Jelatina 8,75
Tozalangan suv 17,5
Glitserin 43,75
Dorixatda shamcha og‘irligi ko‘rsatilmaganligi uchun qoidaga kura 3 g li qilib tayyorlanishi kerak. Asos miqdorini hisoblash xuddi kakao moyi kabi bo‘ladi. 3,0x20=60 g kakao moyi faraz qilinadi. 0,2x20=4 g dorixat buyicha borat kislotasi olinishi kerak. Borat kislotasi uchun 1/Ko‘=625 bo‘lgani uchun uning egallaydigan hajmi 4,0*0,625=2,5 kakao moyiga teng. 60,0-2,5=57,5 g kakao moyi olinadi. Moyli asosdan jelatin-glitserinli asosga o‘tish uchun o‘tish modulidan foydalaniladi: 57,5x1,21=70 g yoki 57,5x0,826=70 g. Demak, 20 ta shamcha tayyorlash uchun 70 g jelatinglitserinli asos kerak ekan. Asos tarkibiga kiruvchi moddalar nisbatini (1:2:5) hisobga olgan holda jelatinadan 8,75 g, suvdan 17,5 g va glitserindan 43,75 g olinadi.
Avval asos tayyorlab olinadi va issiqligida unga yaxshi maydalangan borat kislotasi vazelin moyi bilan aralshtiriladi. Massa bir oz sovigach, koliplarga quyiladi va yuqoridagi kabi jihozlanadi. Sovun-glitserinli asos. X DF da keltirilishicha, bu asos tarkibi quyidagicha:
Natriy karbonat — 2,6
Stearin kislota — 5,0
Glitserin — 60,0
Ko‘rsatilgan bu tarkib 20 dona sovun-glitserinli shamcha tayyorlash uchundir, ularni glitserinli shamchalar deb ataladi.
Rp.: Suppositoriae Glycerini № 20
M.D.S. Yotishdan oldin 1 shamchadan to‘g‘ri ichakka.
Glitserinli shamchalarni tayyorlash uchun avval kumli hammomda 60 g glitserinni chinni kosachaga solib qizdiriladi va unda 2,6 g kristallik natriy karbonat eritiladi, so‘ng 5 g stearin kislotasi oz-ozdan qo‘shib boriladi. Stearin kislotasini birdaniga qo‘shib bo‘lmaydi, aks holda hosil bo‘layotgan karbonat angidrid gazi pufakchalari korishmani ko‘pirtirib yuborishi mumkin. qizdirish jarayonida kislota va ishqor o‘zaro reaksiyaga kirishib natriy sovuni hosil bo‘ladi. Korishmaning tinik holatga kelishi va gaz pufakchalarini yukolishi sovun-glitserinli asos tayyor bo‘lganini bildiradi. Tayyor asosni oldindan vazelin moyi surtib quyilgan koliplarga quyiladi va sovitiladi hamda yuqoridagi kabi jihozlanadi. Bu shamchalarga boshqa dori modda qo‘shilmagan holda engil surgi sifatida ishlatiladi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling