Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Shamchalarning sifatini baholash


Download 7.12 Mb.
bet109/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Shamchalarning sifatini baholash.
SHamchalar sifatiga baho berishda barcha dori turlaridagi kabi avval tegishli xujjatlar (dorixat,pasport) tekshiriladi. So‘ngra shamchalarning rangi, hidi, yot zarrachalardan holiligi, qanday joylanganligi, qanday idishda va kanaka yorliqlar bilan jihozlanganligi kuriladi. Asosiy e‘tibor karatilishi kerak bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlari quyidagilardir:

  1. Dozalashdagi aniqligi va shakli. Bu ko‘rsatkichlar xuddi dorixatda ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak.

  2. Bir xil aralashganligi - shamchani kundalangiga kirkib kurilganda uning yuzasi bir xil ko‘rinishda bo‘lishi, yigilib qolgan kakao moyi yoki dori modda kuzga tashlanmasligi kerak.

  3. Shamchalar etarli darajada qattiqlikka ega bo‘lishi kerak.

  4. Tayyor shamcha kesimida xavo bo‘shliqlari uchramasligi kerak.

  5. O‘rtacha og‘irlik 20 ta shamchani 0,01g gacha aniqlikda tortib topiladi. O‘rtacha og‘irlikdagi chetlanish 5% gacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pi bilan 2 ta shamcha uchun 7,5% (XI DF) yo‘l quyiladi.

  6. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun erish harorati XI DF da berilgan usul buyicha aniqlanadi (DF XI, 2 bob, 151 bet ―SHamchalar‖ maqolasi).

  7. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun tulik ezilish (deformatsiyalanish) vaqti XI DFda berilgan usul buyicha aniqlanadi. (DF XI, 2 bob, 151 bet ―SHamchalar‖ maqolasi).

  8. Suvda eruvchan asoslarda tayyorlangan shamchalar uchun erish vaqti aniqlanadi, bu vaqt 60 daqiqadan oshmasligi kerak.

  9. Agar Davlat farmakopeyasida biror modda bilan tayyorlangan shamcha uchun xususiy maqola berilgan bo‘lsa, u holda tekshirilayotgan shamcha shu maqoladagi talablarga to‘liq javob berishi kerak.

Shamchalarning to‘liq deformatsiyalanish vaqtini aniqlash. XI DF ko‘rsatmasiga binoan, shamchalarni tulik deformatsiyalanish vaqti Kruvchinskiy kurilmasida aniqlanadi. Bu kurilma o‘zunligi 235mm va diametri 14,7 mm li, urta qismi toraygan (torayish eni 5-6 mm, o‘zunligi 15 mm) shisha naydan tashqil topgan bo‘lib, pastki tomondan rezina qopqoq bilan berkitilgan. SHisha naycha 370 haroratni ta‘minlab turuvchi shisha silindrga joylanadi. SHisha naychaga shamcha solinib, ustiga og‘irligi 30 g, o‘zunligi 180 mm, yuqori diametri 9 mm, pastki diametri 14 mm ni tashqil qilgan shisha naychani kuyamiz va shamcha nayning toraygan qismidan tulik o‘tish vaqtini belgilaymiz. Shamchalarning to‘liq deformatsiyalanish vaqti XI DF talabiga binoan 3-15 daqiqa bo‘lishi kerak.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling